24.6.
Agar chempion
muddatdan oldin aniqlansa,
kubok hamda medallar
klubga keyingi rasmiy uy yoki safar uchrashuvida topshiriladi.
24.7.
O‘zbekiston Superligasida ikkinchi va uchinchi o‘rinni
egallagan
klublarga 50 dona “kumush” va “bronza” medallar topshiriladi.
24.8.
U-21 chempionatida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan klublarga 35 donadan
“oltin”, “kumush”, “bronza” medallari beriladi.
24.9.
Pro ligada 1-o‘rinni egallagan klubga Pro liga kubogi taqdim etiladi.
24.10.
U-18 chempionatida dastlabki uch o‘rinni qo‘lga
kiritgan
klublarga 35 donadan “oltin”, “kumush” va “bronza” medallari beriladi.
24.11.
Ayollar Oliy ligasida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan klublarga 35
donadan “oltin”, “kumush”, “bronza” medallari beriladi. Chempion jamoa kubok
bilan taqdirlanadi.
24.12.
Ayollar Birinchi ligasida g‘olib bo‘lgan jamoaga birinchilikning ko‘chma
kubogi beriladi.
24.13.
U-16, U-14 hamda ayollar U-16 chempionatlarida
dastlabki uch
o‘rindan joy olgan jamoalarga mos ravishda 30 donadan “oltin”, “kumush” hamda
“bronza” medallari taqdim etiladi.
24.14.
Taqdirlash atributikalari O‘zPFL hisobidan tayyorlanadi.