|
Proposal title here second line carol bellamy 20 november 2002
|
səhifə | 1/3 | tarix | 22.03.2024 | ölçüsü | 7,62 Kb. | | #181228 |
| 1.Ravish - Reja:
- RAVISHNING LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI.
- 2. RAVISHNING MA’NO GURUHLARI:
- Holat ravishlari va ularning xususiyatlari;
- 2) Payt ravishlari va ularning xususiyatlari;
- 3) O`rin ravishlari va ularning xususiyatlari;
- 4) Sabab ravishlari va ularning xususiyatlari;
- 5) Maqsad ravishlari va ularning xususiyatlari;
- 6) Miqdor ravishlari va ularning xususiyatlari;
- 7) Daraja ravishlari va ularning xususiyatlari;
- 3. Ravishning tuzilishiga ko‘ra turlari
RAVISH TURKUMINING TA’RIFI Harakatning belgisini, belgining belgisini, shuningdek, predmet va harakatning noaniq miqdorini ifodalaydigan so`z turkumi ravish deb ataladi. 1) Atrofga asta razm solib, sekin qamishlar orasidan bosh chiqardi. 2) Shu topda uning ko'ziga bu notanish bola nihoyatda badbashara, nihoyatda yovuz bo'lib ko'rindi. 3) Bolasining, erining, o'zining taqdiri to'g'risida juda ko'p o'yladi. 4) Ko'p narsalarni xotiriga keltirdi. RAVISHNING LEKSIK XUSUSIYATLARI 1. Ravishlar holat, payt, o`rin, sabab, maqsad, miqdor, daraja kabi ma’nolarni bildiradi. 2. Ravishlar harakat-holatning belgisini qanday ifodalashiga ko`ra turli ma’no guruhlariga bo`linadi. 3. Ravish turkumiga kiradigan ayrim so`zlar ko`pma’nolilik xususiyatiga ega: yaqindan ko`rdi – yaqindan ko`maklashdi. 4. Ravish turkumiga kiradigan ayrim so`zlar sinonimlik xususiyatiga ega: zo`rg`a – arang. 5. Ravish turkumiga kiradigan ayrim so`zlar omonimlik xususiyatiga ega: zo`rg`a (arang) – zo`rg`a (sal). RAVISHNING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI - 1. Ravishlar belgini darajalab ko`rsatish xususiyatiga ega: ko`p – ko`proq – juda ko`p.
- 2. Ravishlar yasalish xususiyatiga ega: mardona, bir mahal.
- 3. Biror so‘z bilan bog‘langanda, o‘z shaklini o‘zgartirmaydi, ya’ni so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarni olmaydi: tеz yurdi;
- 4. Otlashish xususiyatiga ega: Ko‘pi ketib, ozi qoldi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|