Prostoy xleb



Yüklə 2,88 Mb.
səhifə62/66
tarix29.11.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#140628
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
Qo\'llanma 11.10.2023

XMLni WWW internet tarmog‘ida aks ettirish
XML-hujjatni internet brauzerlarda foydalanuvchi o‘qiy olishi uchun, uni o‘zgartirishning uch xil usuli keng tarqalgan:
CSS stillarni qo‘llash;
XSLT o‘zgarishlarni tatbiq qilish;
Ixtiyoriy dasturlash tilida XML-hujjatga ishlov berish dasturini tuzib chiqish.
CSS yoki XSL ishlatilmasa, XML–hujjat ko‘pchlik veb-brauzerlarda odiy tekst bo‘lib ko‘rinadi.
Internet Explorer va Mozilla Firefox kabi ba’zi brauzerlar XML-hujjat strukturasini daraxt ko‘rinishida ko‘rsatadi.
CSS stillarni tatbiq qilish
Jarayon xuddi HTML-hujjatni aks ettirish uchun CSS stillarni qo‘llagan bilan bir xil.
XML-hujjatni brauzerda aks ettirishda CSS ni qo‘llash uchun uchun, hujjat o‘zida stillar jadvaliga ko‘rsatkich havolasini saqlashi kerak bo‘ladi. Masalan:





XSLT o‘zgarishlarni tadbiq etish
XSL – XML-hujjat ma’lumotlarini qanday shakllantirish yoki o‘zgartirishni aniqlab beradigan texnologiya hisoblanadi.
Hujjat brauzerda aks ettirishga yaroqli formatga o‘giriladi.
XSL texnologiya eng ko‘p brauzerlarda qo‘llaniladi, lekin XSL yordamida ixtiyoriy boshqa formatlarga, masalan VRML, PDF tekst formatlariga ham o‘girish mumkinligini unutmaslik kerak.
XSL transformatsiya (XSLT) vazifasini bermoq uchun, tarmoqning mijoz tomonida XMLning quyidagi ko‘rinishdagi instruksiyasi bo‘lishi talab qilinadi;



XML lug‘ati
XML o‘ziga xos abstrakt til bo‘lgani uchun, XML lug‘ati ishlab chiqilgan.
Mazkur lug‘at dasturchilarga teglar nomi va ularning atributlarining cheklangan to‘plamini ishlatishga kelishish imkoniyatini beradi.
XHTML – ko‘pchilik brauzerlar tushunadigan, ana shunday ilk lug‘atlardan biri hisoblanadi.
XHTML dan ko‘pincha CMS kontentlarini saqlash va taxrirlashda foydalaniladi.
Ma’lumotlarni uzatishda ishlatiladigan CommerceML, xCBL va cXML kabi tijorat lug‘atlariyam mavjud.
Bundan tashqari, insonlarga mo‘ljallanmagan va ancha murakkab SOAP ma’lumotlarni uzatish protokoli kabi maxsus lug‘atlar ham ishlab chiqilgan.


XML ma’lumotlarni saqlash

Axborot olamida o‘zaro XML ko‘riniishidagi ma’lumotlar almashinishi soni ortib borishi bilan, saqlanadigan XML-hujjatlar hajmi ham tez sur’atlarda o‘sib bormoqda.
Ko‘pgina veb-saytlar ma’lumotlarni saqlanadigan joyda XML dan foydalanadilar. saqlanayotgan ma’lumot foydalanuvchilarga ko‘rsatilishidan oldin HTML yoki XHTML o‘zgartiriladi. Microsoft InfoPath va W3C XForms kabi dasturiy mahsulot va texnologiyalarning yangi avlodlari Microsoft Access yoki SQL Server larni o‘zining ma’lumotlarni saqlash joyi sifatida tanlab, XML-ma’lumotlar bilan ishlashni boshlayapdilar.
Shuningdek, ruxsatsiz foydalanishdan muxofazalangan konfidensial ma’lumotlarni saqlashda ko‘pincha XML dan foydalaniladi.
Ma’lumotlarni XML ko‘rnishida saqlashning o‘zi kifoya qilmaydi, shuningdek ma’lumotlar xavfsizligi va kengayishini ham tadbirini qilib borish lozim.
XML ma’lumotlarni saqlash joyi

XML ko‘rinishidagi ma’lumotlarni saqlash haqida gap ketganda, ish samarasi muhim omillardan biri hisoblanadi.
Agar XML hujjat oddiy matnli hujjat sifatida saqlanadigan bo‘lsa, qanday qilib unga samarali ishlov berishni ta’minlash mumkin?
Saqlanayotgan ma’lumotlar hajmi gigabaytlar bilan o‘lchanganda, xotirada butunlay joylashadigan hujjatning ob’ekt modelini (DOM) hosil qilish samarasiz hisoblanib, o‘zgacha yondashuvlarni izlash kerak bo‘ladi.
Saqlanayotgan XML ma’lumotlar hajmini o‘sib borishi bilan, katta hajli ma’lumotlar orasidan kerakligini izlab topish samarasini oshirish yanada muhimroq ahamiyat kasb etayapdi.
XML ma’lumotlarni saqlashda qanday usul qo‘llanishidan qat’iy nazar, ma’lumotni izlab topish tezligini oshirish uchun, ularni indekslash zarurligi yaqqol ma’lum.
Saqlanayotgan ma’lumotlar orasidan biror-bir to‘plamni ajratib olish amaliyoti ko‘p qo‘llaniladi.
Internet tarmog‘ida ishlayotganda, ma’lumot almashish tezligi muhim ahamiyatga ega. XML ko‘rinishdagi ma’lumotlar bazasidan foydalanilganda, bunday ma’lumotlar bazasi kerakli tezlikni ta’minlab bera oladimi?
Bundan tashqari XML ma’lumotlar bazasi yetarlicha ishonchli ishlashi talab qilinadi.


XML va relyatsion ma’lumotlar

XML dan zamonaviy ma’lumotlar bazasida foydalanish masalasiga o‘tishdan avval, relyatsion va XML ma’lumotlar strukturasini qisqacha solishtirib chiqamiz.
Relyatsion ma’lumotlar bazasida axborot ustun va satrlardan iborat jadvallarda saqlanadi. Ustunlarda jadvalning barcha yozuvlari bo‘yicha bir xil ko‘rinishdagi ma’lumotlar saqlanadi. Jadvalning har-bir yozuvi satr ko‘rinishida taqdim etiladi.
Jadvaldagi satrlar tartibi ma’lumotlarning hech qanaqa tartibi bilan bog‘liq emas. Aksincha, XMLda hujjatning joriy ichki tartibi XPath ga o‘xshash funksiyalar qaytargan position() ma’lumotlarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Faqat eng sodda relyatsion ma’lumotlargina bitta jadvalda saqlanishi mumkin. Odatda relyatsion ma’lumotlar bazasi murakkab mantiqiy bog‘lanishlar bilan o‘zaro bog‘langan jadvallardan iborat bo‘ladi.
Har xil jadvallardagi ma’lumotlar o‘zaro kalit maydonlar bilan bog‘lanadi.
Odatda bunday kalit maydon sifatda yozuvning ID nomerli maydoni qatnashishi mumkin. Ma’lumotlar orasidagi bog‘lanish “birga-bir” (masalan, bitta farzandning bitta otasi bo‘ladi), “birga-ko‘p” (masalan, bitta otaning bir nechta farzandi bo‘lishi mumkin), “ko‘pga-ko‘p” (masalan, bitta tovar bir nechta buyurtmalarda bo‘lishi va bitta buyurtmada har xil tovar bo‘lishi
mumkin) tarzida bo‘lishi mumkin.
Har qanaqa bunday bog‘lanishlar ma’lumotni bir-nechta o‘zaro bog‘liq jadvallarda bo‘lib saqlanishidan kelib chiqadi.
XPath, DOM yoki XML Infoset ma’lumotlar modelidan ko‘rinib turganidak, ichki ierarxiyaga ega bo‘lgan XML-hujjatlardan farqli o‘laroq, relyatsion ma’lumotlar bazasi ierarxiyaga ega emas.
XML ma’lumotlar quyidagi misoldan ko‘rinib turganidek ichki tartibga ega:







XMLning ichki ierarxiyasi XML–hujjatni to‘g‘ri tuzilganligini aniqlaydigan sharti hisoblanadi.


Shu kabi oddiy ma’lumotlarni relyatsion ma’lumotlar bazasida saqlash ularning tartibini yo‘qolishiga olib keladi.


Indekslar

Hujjatlarni saqlaydigan joyi uchun o‘rinli bo‘lgan yana bir masala – bu so‘rovlardir. Saqlanayotgan barcha ma’lumotlar ichidan faqat ma’lum bir qismini ajratib olish so‘rovlar shaklida amalga oshiriladi. So‘rovni amalga oshirish uchun, ma’lumot so‘ralayotgan atributi bo‘yicha indekslangan bo‘lishi kerak.
Masalan, agar hujjatlarning katta kolleksiyasi ichidan, ma’lum avtor tomonidan yozilgan barcha hujjatlarni tezda ajratib olish zarur bo‘lsa, buning uchun ma’lumotlarning avtori atributi bo‘yicha indekslash kerak bo‘ladi.


XML va ma’lumotlar bazasi

Relyatsion ma’luotlar bazasi – ma’lumotlarni saqlashning mashxur usullaridan biri. Bunday usul uzoq vaqtdan beri strukturalangan ma’lumotlarni saqlashda izchil ishlatilib, bu vaqt mobaynida ancha mukammallashtirilgan. Ko‘p sonli dasturchilar ulkan hajmdagi ma’lumotlarni saqlashda aynan shu ma’lumotlar bazasidan foydalanishi ham bejiz emas. Shu sabablarga ko‘ra XML va relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini birgalikda ishlatish mumkin bo‘ladi.


Nazorat uchun savol va topshiriqlar




  1. XMLni ta’riflab bering.

  2. SGML nima?

  3. Ma’lumotlarni saqlashda XMLning roli qanday?

  4. XML hujjat ma’lumotlari qanday strukturada bo‘ladi?

  5. XML va relyatsion MB birgalikda qay tarzda ishlatiladi?



  1. Yüklə 2,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə