Protsessingda uch amal bajariladi



Yüklə 23,34 Kb.
səhifə5/7
tarix20.05.2022
ölçüsü23,34 Kb.
#87482
1   2   3   4   5   6   7
RNK

Poliribosomalar. Oqsil sintezi jarayonida ribosoma bir vaqtda matritsa polinukleotidlarining faqat chegaralangan bo`lagi bilan bog`langan. Ayni vaqtda ular RNK ni nukleazalar tomonidan parchalanishdan ham saqlaydilar. Bundayparchalar 20 dan 60 tagacha nukleotid qoldiqlariga teng, mRNKning kodlovchi tartibining uzunligi 300 nukleotid qoldiqlariga baravar. Mana shu mulohazalar asosida ancha vaqtlardan beri mRNK dagi kodlovchi tartibni o`qish uchun ribosoma matritsa bo`yicha birin-ketin 5¹-uchidan 3¹-uchiga o`tib borishi (yokio`zi orqali mRNK ni tortib o`tkazishi) kerak deb hisoblanadi. Demak, ribosomalar mRNK dan yurib, 5¹-uchi bo`shashi bilan yangi ribosomalar unga tizilib boradi, binobarin bir qancha ribosomalar bir vaqtda ayni axborotni o`qiydilar. Bunday ishlovchi ribosomalar kompleksi (4 tadan 20 tagacha) ga poliribosoma deb aytiladi. Poliribosomalar hosil bo`lganligi hisobiga mRNK ning ko`p nusxasiga hojat yo`q. Shu bilan bir vaqtda bitta ribosomadan foydalanganga nisbatan oqsil sintezi tezroq boradi. 1 sekundda polipeptid zanjir bitta aminokislotaga uzayadi, hujayraning jadal o`sish davrida esa 1 sekundda 20 ta aminokislotagacha oshadi. Ribosomadan mRNK ajralgandan so`ng u o`sha zahotiyoq sitoplazmadagi ribonukleazalar tomonidan gidrolizlanadi. Shu sababli sintezi amalga oshgan oqsilning yangi biosintezi uchun mRNK yana yangidan hosil bo`lishi kerak.

11.3. Oqsilning translyatsiyadan keyingi o`zgarishlari. Translyatsiya borishi jarayonidayoq oqsillar uchlamchi strukturaga ega bo`la boshlaydilar va sintezlangan oqsil ribosomadan ajralib chiqqandan keyin shakllanish oxirigacha yetadi. Bir qism oqsillar oldbirikmalar (o`tmishdoshlar) shaklida sintezlanadi. Ular hujayra sitoplazmasida chegaralangan darajada proteolizga uchraydi. Polipeptid zanjiri oqsilning o`ziga xos biologik faol konformatsiyasini olish uchun avval pprotsessing, ya’ni translyatsiyadan keyingi modifikatsiya davrini o`tishi kerak. Bu modifikatsiyalar turli oqsillarda turlicha o`tadi va polipeptid zanjirining turli qismiga tegishli bo`lishi mumkin. Ma’lumki, prokariot hujayralarda barcha ppolipeptidlar sintezi N-formilmetionindan, eukariotlarda esa metionin qoldig`idan boshlanadi. Lekin bu aminokislotalar polipeptid zanjitdan maxsus fermentlar ta’sirida chetlatiladi va to`la shakllangan oqsil molekulasida bo`lmaydilar. Ba’zan N-uchki aminokislotalarning aminoguruhi atsetillanadi, ba’zilarida C-uchki aminokislota o`zgarishlarga uchraydi. Modifikatsiyaning boshqa turlari ba]zi polipeptidlarning N-uchida bo`ladigan 15-30 aminokislotalardan iborat signal qatorni chetlatish, gidroksiaminokislotalar – serin, treonin va tirozinni ATF yordamida fosforlash (masalan kazeinda), aspartat va glutamat kislotalar qoldiqlariga qo`shimcha dikarbon kislotalarni qo`shish, ayrim aminokislotalar, maslan, lizinni metillash bilan bog`liq. Bu shakldagi modifikatsiyalar ko`pincha oqsil zarrachasining zaryadini o`zgartiradi, boshqa komponentlar bilan o`zaro ta’sirini kuchaytiradi, oqsil molekulasiga xos spetsifik sifatni belgilaydi. Glikoproteidlarning tuzilishida polipeptid zanjirining ma’lum qismlariga aspartat kislota yoki serin va treonin qoldiqlariga uglevod zanjirlari fermentlar yordamida birikadi. Ko`p oqsillarda sistein qoldiqlari orasida disulfid bog`lar tuzilib, polipeptid zanjiri ichida yoki zanjirlar orasida ko`ndalang bog`larning paydo bo`lishi ham translyatsiya tugagandan keyingi o`zgarishlar oqibatidir.

Mana shu shaklda yetilgan ba’zi oqsillar hujayra sitozoliga o`tib, o`z joylarini oladilar, boshqalari hujayraning turli organellalariga yo`naladilar va ularning strukturasiga kiradilar, uchinchilari hujayradan ajralib (sekretsiya), boshqa joylarga transport qilinadi, masalan, gormonlar.




Yüklə 23,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə