Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/122
tarix18.02.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#101073
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala



1


2


3


4
I. PSIXOLOGIK TRENING HAQIDA TUSHUNCHA. UNING 
MAQSAD VA VAZIFALARI 
1.1. Trening haqida tushuncha
 
Keyingi yillarda jamiyatdagi insonlar salomatligi muammosi davlat siyosati darajasiga 
ko’tarilishi bilan birga quvonarli hol shundan iboratki, har bir kishi o‘z salomatligiga nisbatan ongli 
munosabatda 
bolmoqda. 
Salomatlik 
deganda 
nafaqat 
jismoniy 
balki, 
Prezidentimiz 
ta’kidlaganlaridek, “...har tomonlama, ya’ni ham jismonan, ham ruhan, ham ma’nan” soglom 
bo’lishiga e’tibor berilayotganligi bizning yutugimizdir.
Psixologiyada shaxsga boigan e’tibor nihoyatda katta bo’lib, buning birgina isbotini 
“shaxs” atamasining o‘zinigina ilmiy jihatdan talqin etuvchi 50 dan ortiq ta’riflar mavjudligi bilan 
izohlash mumkin. Shunga qaramasdan shaxs rivojlanishi, shaxs barkamolligiga berilgan 
tushunchalar anchagina tarqoq holda bo’lib, turli psixologik maktablar bu tushunchani turlicha 
talqin etadilar. Lekin ularning barchasi shaxs barkamolligining asosida ruhiy salomatlik yotishini 
ta’kidlashgan.
Barcha davrlarda, barcha xalqlarda insoniyat va jamiyatning asosiy boyligi, qadriyati 
sifatida jismoniy va ruhiy salomatligi tan olingan. Qadimdanoq jismoniy va ruhiy salomatlik 
tabiblar va faylasuflar tomonidan insonning erkin faoliyat yuritishi hamda kamolotining asosiy 
sharti sifatida tushunilgan.
Insonni bio-energo-informasion tizim sifatida qaraladigan bo'lsa, bu piramidal tizim tana, 
psixika va ruhiy elementlardan tashkil topgan mukammallik sifatida qabul qilinadi. Bu uchlikdan 
bittasining buzilishi butun bir tizimning barqarorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, inson 
salomatligining qay darajadaligi ko‘pgina omillarga: nasliy, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va hatto 
sog‘liqni saqlash tizimiga ham bog‘liqdir. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga 
ko‘ra, 10-15 % oxirgi omil (sog‘liqni saqlash tizimi)ga bog’liq, 15-20 %ini - genetik omillar, 25 
%ini - ekologik omillar va 50-55 %ini esa - insonning hayot tarzi belgilab beradi. Shunday qilib, 
inson salomatligining qay darajada bo’lishi asosan insonning o‘zigagina bog’liq bo’lib, uning hayot 
tarzi, qadriyatlari, ustanovkalari, ichki dunyosi va atrofdagilarga boigan munosabati asosiy rol 
o‘ynaydi. Bugungi kunda mutaxassislar tomonidan otkazilayotgan aksariyat treninglar aynan shu 
sohaga qaratilgan bo’lib, ularning soni juda ko'pdir. Kitob rastalariga chiqarilayotgan kitoblarning 
bir qismi treninglarning qanday o'tkazilishi, trenerga qo‘yiladigan talablarga doir ma’lumotlar bilan 
boyitilgandir. Ulardan foydalanish uchun ularni ma’lum bir klassifikasiyaga keltirish
umumlashtirish lozim boiadi. Shunga ko‘ra, zamonaviy adabiyotlar tahlili asosida trening haqida 
aniq bir ma’lumotga ega bo‘lish mumkin boladi.
Ma’lumki, trening atamasi bugungi kunda juda ko‘p ishlatilrtioqda. Hatto bu atama bugungi 
kunning eng urf bo‘lgan va ommaviylashgan atamalaridan bin bolib qoidi desak, xato boTmaydi.
Bugungi kunda odamlar orasida trening atamasini tushunishda ikki xil yondashuv mavjud 
bo‘lib, birinchi toifadagilar aksariyat shu sohadan xabardor bo‘lgan kishilardir. Ular treningni 
istalgan hayotiy muainmolami yecha oladigan “sehrli tayoqcha” sifatida qabui qilishadi, ikkinchi 
toifadagilar esa bu sohadan xabardor bolmagan yoki bu sohani tan olmaydiganlar bolib, ular 
treningni vaqt va mablag‘ni bekorga sarflashdan boshqa narsa emas, deb tushunishadi.
Hatto bir xil maqsadda oikazilgan maium bir trening mashg‘ulotida ishtirok etgan bitta 
guruhdagi kishilaming treningga bergan bahosi ham turlicha bo’lishi kuzatiladi.
Xo'sh, trening nima o’zi? Bu atama treningda bir marotabagina ishtirok etgan kishi uchun 
hech qanday ta’riflashsiz tushunarlidir. Treningda ishtirok etmaganlar uchun esa bu atamani 
tushuntirish anchagina murakkab kechadi. Treningda ishtirok etmagan kishiga trening haqida 
gapirib berishni go‘yoki yetilib pishgan olchani yemagan kishiga uning mazasi va ta’mini 
tushuntirishga hai*akat qilishga qiyoslash mumkin, ya’ni uning mazasini to’liqligicha tushuntirib 
boimaydi va buni shu mevani yeb Wrgandagina bilish mumkin, xolos. Xuddi shuningdek trening 
haqida bilish, uni nima ekanligini his qilish uchun hech boimaganda bir marotaba trening 
mashg
l
ulotlarida ishtirokchi sifatida qatnashib ko‘rish lozim.
1.2. Treningga berilgan ta’riflarning mazmuni
 
Treningga ta’rif berish yoki uni tushuntirishda turli mualliflar tomonidan turlicha 


5
yondashuvlar mavjuddir. Masalan, GJ.Makshanov «Trening - bu amaliy psixologiyaning faol 
metodlariga asoslangan psixologik ta’sir amaliyotidir» deydi.
S.V. Petrushina esa bu atamaga quyidagicha tavsif beradi: “Trening - ijtimoiy- psixologik 
kompitentlikni rivojlanishiga qaratilgan guruhiy amaliy psixologiya sohasidir”.
O.Gorbushinaning fikriga ko‘ra, “Trening - bu shaxsni o‘zgartirishga qaratilgan va 
hissiyotlarga boy bo‘lgan mashg‘ulotdir”
Treningni klassik psixologiya yo‘nalishiga ko‘ra ma’nosi shunday: “Shaxsning o‘zini 
anglashi, guruhlarda shaxslararo munosabatlar va muloqotga kirishish ko‘nikma va malakalarini 
shakllantirishga qaratilgan guruhiy metodlar yig‘indisidan iborat bo‘lgan mashg'ulot”.
Treningni psixologik ta’sir sifatida qaragan L.A.Petrovskaya shunday ta’riflaydi: "Butun bir 
trening mashg‘uloti yoki har bir alohida mashg'ulot o'zaro ta’sirlardan iborat bo’padi. O‘zaro ta’sir 
metodlari guruh^oki shaxsda ma'lum bir o‘zgarishlarni hosil qilishga yo‘naltirilgandir".
Trening atamasini tushuntirishda quyidagicha qarashlar ham mavjuddir;
Trening tushunchasi ta’lim, rivojlanish va o‘qitish tushunchalari yordamida aniqlashtiriladi. 
O‘qitish va trening tushunchalarini bir-biri bilan aralnshlirish kerakmas, lekin ayrim paytda trening 
o‘qitishning ma’lum bir shakli Imoblansa, ba’zida esa o‘qitishni treninglar orqali amalga oshirilishi 
ko‘pchilik tomomdan tan olinadi.
Shulami hisobga olgan holda, trening tushunchasini o‘qitish, rivojlunish kabi tushunchalar 
bilan uzviy bogTiq ekanligini ta’kidlash mumkin. Shunday ekan, trening o‘qitishning bir usuli 
sifatida rasmiy ta’limning O‘rnini bosish uchun enias, balki uni toTdirish uchun xizmat qiladi. Agar 
treningni mashq sifatidu lushunilsa, u holda ta’limiy faollikning shakllaridan biri hisoblanadi va 
ta’lim dnsturiga kirib boradi. Aynan shu ma’noda u oliy ta’limdan keyingi taTimning turli 
tizimlurkla ham keng qo‘llaniladi.
Ammo sof psixologik ma’noda psixologik treninglar yuzasidun ish olib borgan 
mutaxassislaming fikrlari boshqacharoq boTib, ulaming aksuriyali trening mashg‘ulotlari o‘yin va 
mashqlar orqali amalga oshirilishigu huiuda trening jarayonida ko‘nikma, malakalar hosil 
qilinishiga e’tibor qaratganlar. Jumladan,
I Vachkovning fikriga ko‘ra, “Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar - bu psixologik 
ta’siming ma’lum bir yo‘nalishi boTib, guruhiy ishning faol usullarini qodlash asosida o‘tkaziladi”. 
Devid Li esa: “Trening tushunchasining mohiyatini “Guruhiy treninglar - ikki yoki undan ortiq 
kishilar ishtirok etadigan va ishtirokchilarda bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilishga qaratilgan 
har qanday larayondir”, deb tushuntiradi.
Yana bir ta’rif: “Trening - insonning bilimlari, ko‘nikmalari va ustanovkalarini 
rivojlantiruvchi rejalashtirilgan va tizimga solingan o‘qitish mashg‘ulotlari bo‘lib, bu
mashg‘ulotlar natijasida inson bir yoki bir necha faoliyatni birvarakayiga bajara olish 
yodlarini o‘rganadi”
Psixologiya tarixida trening o‘qi-tishning keng tarqalgan shakli faol ijtimoiy-psi- xoogik 
treninglar bo‘lib, L.A.Petrovs- kiy ijtimoiy-psixgik treningga ta’rif berar ekan, uni quyidagicha 
izohlaydi: “Trening - shaxslararo munosabatlardagi ijtimoiy ustanovkalar, tajribalar, bilim, 
ko‘nikma va malakalami rivojlantirishga qaratilgandir, shuningdek, u muloqotda kompetentlikni 
rivojlantirish vositasi hamdir”
G.A.Kovalev esa treningni “...ijtimoiy psixologik o‘qitishning aktiv ijtimoiy didaktik 
yo‘nalishidir”, deb ta’riflaydi.
Trening — guruhiy ishlashning faqatgina informasiyalar almashishning intensiv shakli bo‘lib 
qolmasdan, balki ishtirokchilarda shaxsiy tajriba va amaliy ko‘nikmalami shakllantirishga 
yo‘naltirilgan mashg‘ulotdir. Trening jarayonida turli xil muammo va vaziyatlami “o‘ynash” 
natijasida bu vaziyatlami tahlil qilish, o‘ziga xos tajribaga ega bo‘lish asnosida ishtirokchilar 
hayotdagi ayni shu vaziyatlarda nima qilish kerakligini anglab oladilar.
Trening termini ingliz tilidagi “train”, “training” so‘zlaridan olingan bo‘lib, ko‘plab ma’nolarga 
ega, ya’ni: o‘qitmoq, tarbiyalamoq, mashq (trenirovka) qilmoq kabi ma’nolarga ega. Xuddi shunday 
ko‘p ma’nolilik treningning ilmiy talqiniga aynan mos keladi.
Trening so‘zining lug‘aviy ma’nosi “mashq qilish”, “takrorlash” ma’nolarini bildirsada, 


6
psixologik trening haqida gap ketganda, bu atama ko‘pchilik tomonidan “muammolaming yechimi 
topiladigan mashg‘ulot” sifatida qabul qilinishini yuqorida ta’kidlab oTdik. Bu sohada ish olib 
borgan olimlarning fikrlaridan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, aslini olganda trening 
mashg‘ulotIari kishilaming muammolarini hal qilmaydi, balki shu muammolaming asosini taxlil 
qila olish uchun lozim bo‘Igan ko‘nikma va malakalami hosil qiladi. Ya’ni, bizningcha TRENING 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə