Psixologik trening asoslari



Yüklə 2,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/190
tarix21.05.2022
ölçüsü2,48 Mb.
#87506
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190
fayl 776 20210505




 
 
 
 
 
 
 
PSIXOLOGIK TRENING 
ASOSLARI 
 
 



Ushbu o’quv qo’llanmada ayni kunda psixologiyaning muhim sohasi 
bo’lgan, ta’limda esa innovatsion texnologiya sifatida keng qo’llanilayotgan 
psixologik treningning predmeti, oldiga qoygan maqsad va vazifalari, tarixi, 
qonunlari, tamoyillari, qo’llaniladigan trening mashg’ulotlarining mohiyati, 
turlari, tashkil etish usullari, hamda trening mashg’ulotlaridan namunalar 
keltirilgan. Shuningdek, qo’llanmada trening o’tkazuvchi va ishtirokchilar duch 
kelishi mumkin bo’lgan muammolar, ularni bartaraf etish uchun tavsiyalar ham 
berilgan. 
 
 



KIRISH 
 
Barkamol avlod kamoloti g’oyasini turmushga tadbiq etish uchun 
istiqlolning dastlabki kunlaridanoq milliy ma’naviyat, milliy ta’lim va tarbiya 
muammolarini hal etishga jiddiy e’tibor qaratilinib kelinmoqda. Ma’lumki, 
ta’lim – tarbiya ongning mahsuli va uning darajasi bo’lishi bilan birga, rivojini 
ham belgilaydigan omildir. 
Mamlakatimiz 
Prezidenti 
Shavkat 
Mirziyoyevning 
mamlakatimiz 
fuqorolariga qarata “Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni 
barpo etishni bugundan boshlaydigan bo’lsak, uni aynan innovatsion g’oyalar, 
innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak” degan fikrlari zamirida 
yoshlarni keng intellektual salohiyatga ega qilishda ta’limning barcha sohalarida 
tub burilishlarni taqozo etadi. 
Zamonaviy jamiyat o’zining tez va chuqur o’zgaruvchan tavsifiga ega 
bolib, bunday o’zgarishlar jamoatchilik tuzilmalari, jumladan, mustaqil 
davlatlar, shaxs va jamiyat o’rtasidagi munosabatlar, ta’lim – tarbiya 
jarayonlarda yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Shunday ekan kishilarni muloqot 
jarayonida teran fikrlash, hozirjavoblik, ta’sirchanlik, samimiylik, empatiya
kirishuvchanlik, muzokaralar tashkil qiluvchanlik, raqobatbardoshlik kabilarni 
shakllantirish va rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ijtimoiy – psixologik trening insonlar o’rtasida sog’lom munosabatlarga 
erishishni hosil qilish uchun ijtimoiy amaliyotning turli sohalariga kirib 
bormoqda. Uning diagnostik tahlili, psixokarreksion imkoniyatlari kadrlar 
faoliyati: mutaxassislarni, psixolog, pedagog, psixaterapevtlar, korxona va 
tashkilot boshqaruvchilar, tadbirkorlarni ish faoliyatiga samarali ta’sirini 
ko’rsatadi. 
Shiddatli bir payitda yoshlarni zamon talabiga mos, teran fikrlovchi, turli 
vaziyatlarda o’zining oqilona tafakkuri orqali ishtimoiy muhitga ta’sir 
ko’rsatuvchi, keng dunyoqarashga ega qilib tarbiyalashdek masalalarni 
psixologiya sohalariga ham yuksak vazifa qilib yuklaydi. 
Zero, 
milliy 
psixologoyamizda 
psixologik 
trening 
predmeti 
umumpsixologik nazariy va amaliy jihatdan har tomonlama chuqur izlanishlarga 
muhtoj, dolzarb muammolardan biri sanaladi.Psixologik trening asoslari fani 
milliy qadriyatlarimizga, etnopsixologik xususiyatlarimizga moslashtirilgan turli 
mashg’ulotlarni tashkil etish muammosini hal etish yo`llarining psixologik-
pedagogik, ilmiy va uslubiy jihatlarini o’ziga xosligini yoritishni maqsad qilib 
olganligi bilan tavsiflanadi. 



O’quv qo’llanmada fanga kirish, predmeti, maqsad va vazifalari, 
tamoyillari, guruhiy treninglarni tashkiliy jihatlari, bosqichlari, trenerga 
tavsiyalar, muloqot, shaxsni rivojlantiruvchi, barkamollashtiruvchi, stressni 
bartaraf etuvchi va mutaxassislani o’smir xulq – atvori bilan bog’liq 
muammolarning echimiga oid masalalar keltirilgan. 
Shuningdek, o’quv qo’llanmada psixologik trening asoslarini fanlar 
tizimidagi o`rni, ijtimoiylashuv va ijtimoiy nazorat, muloqotchanlik, ijobiy xulq 
tuzilmasini rivojlantirish, affektiv jabha buzilishlarining oldini olish va 
korreksiyalash, kasbiy yo’nalganlikni shakllantirish va treninglarga oid 
nazariyalarning turli yondashuvlarga ko`ra tahlili kabi bir qator masalalar 
yoritilishini qamrab olgan. Ayniqsa, shiddatli fan texnika davrida shaxslarni 
muammolar atrofida bardoshli, vaziyatlardan teran tafakkurli ishbilarmonlik 
asosida hatti-harakatlarining uyg`unlashuvi atroflicha yoritilgan. 
Mazkur o`quv qo`llanma pedagokika – psixologiya ta’lim yo’nalishi 
talabalari, bolalar va o’smirlar bilan ishlovchi mutaxassislar, kasbiy faoliyat 
sirlarini egallamoqchi bo’lgan kishilar, psixologiya, pedagogika satsiologiya, 
ijtimoiy ish, huquq, tibbiyot va deviantologiya sohalari bilan shug`ullanuvchilar, 
shuningdek, ota-onalar, uchun mo`ljallangan 

Yüklə 2,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə