Psixologik trening asoslari



Yüklə 2,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/190
tarix21.05.2022
ölçüsü2,48 Mb.
#87506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190
fayl 776 20210505

Birinchidan,
axborotlashgan 
jamiyatga 
o’tganligimiz 
tufayli 
axborotlarning ko’pligi aynan inson manfaatiga aloqador ma’lumotlarni 
saralash, u bilan to’g’ri munosabatda bo’lishni taqozo etadi. 
Ikkinchidan,
turli 
kasb faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruhining ko’payishi, ular o’rtasida
 
munosabatlar va aloqaning dolzarbligi axborotlar tig’iz sharoitida oddiygina 
muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi muloqotni talab etadi. 
Uchinchidan
, hozirda shaxslarni ruhiy salomatligini saqlash maqsadida hissiy – 
emotsional zo’riqishlarni oldini olish va bartaraf etishni rivojlantirish kabilar 
dolzarb masalalardandir. 2019-2025 yillarda O’zbekiston Respublikasi 
aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish to’grisidagi konsepsiyning qabul 
qilinishi va uni amalga oshirish maqsadida barcha ta’lim - tarbiya muassasalari, 
korxona va tashkilotlar, oila institutlari, hamda mahalla uyushmalarida aholini 
ruhiy zo’riqishlarini bartaraf etish, natijada aholining salomatligini, ish 
unumdorligini oshirish keng targ’ib qilinmoqda. Bu boradagi ishlarni amalga 
oshirishda psixologik treningning o’z orni va ahamiyati katta.
Trening guruhlarda muloqotning madaniy obro’li bo’lishni rivojlantirish 
maqsadida olib boriladigan psixologik ishlarning faol usuli, ya'ni guruh-guruh 
bo’lib munozara, bahs, rolli o’yin va boshqa o’yinlarni o’tkazishga qaratilinadi. 
Shuningdek, hozirgi davrda ijtimoiy psixologiyaning dolzarbligi va 
uning jamiyatdagi sodir bo’layotgan barcha jarayonlarga aloqadorligi uning 



tadbiqiy sohalari doirasini ham kengaytirdi. Psixologik trening avvalo shaxs 
yoki gruhni samarali muloqot malakalariga o’rgatish va ulardagi komminakativ 
bilimdonlikni oshirish usullarini va ularni amaliyotga tadbiq etish chora 
tadbirlarini ishlab chiqadi.
Inson o’z hayotida shaxsiy tajriba, ijtimoiy 
malaka va ko’nikmalarni ortirib borishi jarayonida hosil bo’ladigan, bevosita 
shakllanadigan ijtimoiy bilimdonlik yoki kommunikativ sovodxonlikdan farqli 
psixologiya fanida ushbu jarayonlarni maqsadli shakllantirish, shaxs va yaxlit 
guruh faoliyatiga talluqli ijtimoiy fazilatlarni zudlik bilan shakllantirish uchun 
qo’llaniladigan uslublar majmui mavjud. Ularni qisqacha qilib ijtimoiy 
psixologik trening (IPT) yoki psixologik trening deb ataladi. 
Trening tushinchasi ingliz tilidan kelib chiqqan bo’lib, “

Yüklə 2,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə