Psixologiya fanining rivojlanish tarixi


www.scientificprogress.uz



Yüklə 468,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü468,99 Kb.
#153459
1   2   3   4
Abdusalimova Iroda Sherzod qizi

www.scientificprogress.uz
Page 150


SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 
ǀ 
ISSUE 3 
ǀ 
2023 
ISSN: 2181-1601 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
 
qoniqish, nikoh motivlari, oila qurishning o‘zbeklarga xos bo‘lgan yosh xususiyatlari, 
yosh o‘zbek oilalaridagi psixologik mojarolar va ajralishlarning sabablarini sistematik 
tarzda o‘rgangan ilmiy ishidir. Bu tadqiqotda ilgari hech o‘rganilmagan ilmiy 
ma’lumotlar to‘plandiki, ularga ko‘ra, o‘zbek oilasining qurilishiga sabab bo‘ladigan 
asosiy motiv—bu 

“Farzandli bulish”, (birinchi o‘rinda), ikkinchi o‘rinda 
“Jamoatchilikning gap-so‘ziga qolmaslik”, uchinchi o‘rinda “Ota-ona va qavmi-
qarindoshlarning istaklarini bajo etish” va hokazolar aniqlandi. N.Sog‘inovning 
to‘plagan ma’lumotlari yosh oilalar, mojaroli oilalar va yoshlar tarbiyasi bilan mashg‘ul 
bo‘lganlar uchun muhim ilmiy yo‘l-yo‘riqdir. 
Bundan tashqari, oxirgi yillarda katta guruhlar psixologiyasiga oid qator tadqiqotlar 
o‘tkazildi. Masalan, V.M.Karimovaning o‘zbek xotin-kizlari ijtimoiy tasavvurlarining 
o‘zgarishi mexanizmini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqoti (1987), E. Usmonovning 
o‘zbek ayollarining suitsidal (ya’ni o‘z-o‘ziga o‘t qo‘yish) xulq-atvorining ijtimoiy-
psixologik sabablarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqoti (1993), E. No‘‘monovaning 
o‘zbek oilalaridagi reproduktiv ustanovkalarning xususiyatlariga bag‘ishlangan, 
M.Zokirovaning erkak va ayollardagi rollar hakidagi tasavvurlarning o‘ziga xosligini 
o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqoti, M.Toshpo‘latovning o‘zbek yoshlaridagi 
ijtimoiy xulq-atvorning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o‘ziga xos qirralarini o‘rganishga 
qaratilgan ishlari va boshqalar shular jumlasidandir. Bu tadqiqotlar natijasida yaqin 
kelajakda yangi etnopsixologik konsepsiya shakllanadi va bu respublikamizdagi ilmiy 
ishlarning rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi.
[2] 
O‘zbekistonda psixologlar oldida juda muhim tadqiqot mavzulari mavjudki
ularda hozirgi mustaqillik sharoitida shaxs va turli ijtimoiy guruhlar psixologiyasida 
ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, turli yosh, demografik etnik professional guruhlarga 
mansub bo‘lgan kishilarning ijtimoiy tasavvurlari, ular asosida ijtimoiy xulq-atvorni 
ilmiy boshqarish asoslari ishlab chiqilishi lozim. YA’ni, ishlab chikarish ijtimoiy 
psixologiyasi, boshqarish psixologiyasi, guruhlar psixologiyasi hamda ommaviy psixik 
jarayonlarning ta’siri masalalari o‘zbek psixologlaridan o‘z echimini kutmoqdaki, 
ularda ilg‘or fan yutuqlaridan foydalanilgan holda xududning milliy o‘ziga xos qirralari 
ishlab chiqilishi kerak. 
Hozirgi zamon psixologiyasi boyib, turli-tuman bo‘lib bormoqda, oxirgi yillarda 
psixologiyaning yangi sohalari: antropologik psixologiya, akmeologiya, tahdid va 
terrorizm psixologiyasi, xristianlik psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, davriy 
psixologiya, biokonstitutsion psixologiya, «buyukshunoslik» psixologiyasi, o‘sish 
psixologiyasi, tirik hayot psixologiyasi, kvant psixologiyasi, tergov psixologiyasi, 
badiiy qabul etish psixologiyasi, psixologik adabiyotshunoslik, eshitish qobiliyatlar 
psixologiyasi, ko‘zi ojiz kar-soqovlar psixologiyasi, kitobxonlar va kitob psixologiyasi, 
mavh etish psixologiyasi, tushlar va tush ko‘rish psixologiyasi, sevgi psixologiyasi
Uzbekistan 

Yüklə 468,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə