Psixologiya kafedrasi


-MAVZU: O’QITUVCHI PSIXOLOGIYASI. PEDAGOGIK QOBILIYATLAR



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə146/206
tarix26.10.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#131851
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   206
3-kurs Matem Majmua

13-MAVZU: O’QITUVCHI PSIXOLOGIYASI. PEDAGOGIK QOBILIYATLAR
REJA
O‘qituvchining o‘rni va uning vazifalari, o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tibor qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi aniqlanadi. Mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”nihayotga tatbiq etish jarayonida o‘qituvchining yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishida jamiyat oldida javobgarligi yanada ortib boraveradi.
Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to‘g‘ri hal qilish vazifasi o‘qituvchiga bog‘liqdir.
Zamonaviy maktab o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi sinfdagi o‘quv jarayoni tashkilotchisidir. O‘qituvchi o‘quvchilar uchun dars paytida, qo‘shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari holatlarda ham kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir. Ko‘pchilik o‘qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo‘lib hisoblanadilar.
Zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lishi kerak va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.
O‘qituvchi maktabning pedagog jamoa a’zosi sifatida maktab,hayoti faoliyatini uyushtirishda bevosita ishtirok etib, turli fan o‘qituvchilari va sinf rahbarlarining metodik birlashmalarida ishlaydi, topshiriqlarni bajaradi. Har bir o‘qituvchi, o‘quvchilarning ota-onalari va jamoatchilik oldida ma’ruzalar o‘qib, suhbatlar olib borar ekan, demak, u pedagogik bilimlar tag‘ribotchisi hamdir. Vazifalarning shu qadar ko‘pligi uchun ham jamiyatning o‘qituvchilar oldiga qo‘yadigan talablari tushunarlidir.
Ma’lumki, pedagogik faoliyat – kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir.
Jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablardan eng muhimi o‘qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog‘liq xislatlariga qaratilgan.
O‘qituvchining eng muhim xislatlari quyidagilardan iborat:

  • o‘qituvchining o‘z Vataniga sodiqligi, bolalarni sevishi, ularni insonparvarlik ruhida tarbiyalash istagi, o‘z yurti, ona tilisi, o‘z xalqining tarixi va uning madaniyatini sevishi, davlatining mustaqilligi g‘oyasida yashashidan iboratdir;

  • ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etishi;

- oliyjanobligi, aqli, farosati, ma’naviy pokligi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha yuksak maqsadlarni bolalarga singdirib borishi;
- o‘zini qo‘lga ola bilishi, sabr-toqatli, bardam, matonatliligidir.
Jamiyatning o‘qituvchi oldiga qo‘yadigan asosiy talablari quyidagilardir:
- shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg‘onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustakkillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o‘z Vatani tabiatga va oilasiga bo‘lgan muhabbati;
- keng bilimga ega bo‘lishi, turli bilimlardan xabardor bo‘lishi;
- yosh va pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, yosh fiziologiyasi hamda maktab gigienasidan chuqur bilimlarga ega bo‘lishi;
- o‘zi dars beradigan fan bo‘yicha mustahkam bilimga ega bo‘lib, o‘z kasbi, sohasi bo‘yicha jahon fanida erishilayotgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo‘lishi;
- ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi;
- o‘z ishiga ijodiy yondashishi;
- bolalarni bilishi, ularning ichki dunyosini tushuna olishi;
- pedagogik texnika (mantiq, nutq, ta’limniig ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo‘lishi;
- o‘z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib
borishi.
Har bir o‘qituvchi ana shu talablarga to‘la javob bera oladigan bo‘lishiga intilishi shart.
O‘qituvchi jamiyat tomonidan qo‘yilgan talablar bilan bir qatorda o‘z faoliyatida, tevarak-atrofidagi kishilar, maktab ma’muriyati, hamkasblari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari undan nimalarni kutishini ham esdan chiqarmasligi lozim.
O‘qituvchining o‘z ishidan nimanidir kutayotganligining o‘ziyoq muhim ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kutishlar, garchand jamiyat tomonidan o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablarga kelsada, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Lekin bu talablar hamma vaqt ham bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha xalq ta’limi bo‘limlari va maktab direktorlari o‘qituvchining ayrim xislatlari naqadar muhimligini har xil baholaydilar. Jumladan, xalq ta’limi bo‘limlarining mudirlari o‘qituvchidan birinchi navbatda o‘z fanini yaxshi bilishini va dars berish metodikasini mukammal o‘zlashtirishini talab qilsalar, maktab direktorlari o‘qituvchiga qo‘yiladigan bunday talablarni uchinchi o‘ringa qo‘yadilar. SHu bilan birga xalq ta’limi bo‘limlarining mudirlari o‘qituvchilarning o‘quvchilar va ota-onalar, maktab jamoasi bilan qanday muloqotda bo‘lishni bilishini naqadar ahamiyatga ega ekanligiga unchalik e’tibor bermaydilar. Maktab direktori esa, bunday xislatlarni o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar ichida birinchi o‘ringa qo‘yadilar.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə