"psixologiya"


 Upravlenie - eto nauka i iskusstvo. A. Fayol, G. Emerson, F. Teylor, G. Ford.  M., 2002



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/180
tarix16.02.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#100890
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   180
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

 
5. Upravlenie - eto nauka i iskusstvo. A. Fayol, G. Emerson, F. Teylor, G. Ford. 
M., 2002
 
6. Upravlenie personalom. YUNITI, 1998 
7. Gamilton. YA.S. “CHto takoe psixologiya”.
 
“Piter”, 2002. 
8. Ananev B.G. “CHelovek kak predmet poznaniya”. “Piter”, 2001. 
9. Drujinina V. “Psixologiya “. Uchebnik. “Piter”, 2003.
10. Burlachuk F. Psixodiagnostika. “Piter”, 2002. 
11. Ayzenk M . Psixologiya dlya nachinayuщix. “Piter”, 2000. 
 
Mavzu yuzasidan internet tarmog‘i bo‘yicha veb-saytlar ro‘yhati: 
1. www.expert.psychology.ru
2. www.psycho.all.ru
3. www.psychology.net.ru
4. www.psy.piter.com
 
 


66 
6-MAVZU: RAHBAR QOBILIYATINING PSIXOLOGIK 
KOMPONENTLARI 
Aniqlashtirilgan o’quv maqsadlari
. Talaba bu mavzuni to’la
o’zlashtirgandan so’ng: 
- Rahbar qobiliyatining psixologik komponentlarini
va xususiyatlarini biladi; 
-
Boshqaruvning qonuniyatlarini
,
klassifikasiyasini va ahamiyatini aytib 
beradi;
-
Boshqaruv tamoyillari
va funktsiyalarini
sanaydi; 
- Menejer
atamasi uchun klaster tuzadi. 
Tayanch so’z va iboralar:
Reaktiv boshqaruv, maqsadli boshqaruv,
 
rahbarlik sifatlari, boshqaruv 
qonuniyatlari, boshqaruv tamoyillari, boshqaruv funktsiyalari, menejer, 
muomala madaniyati, intellekt, liderlik, superliderlik.
Asosiy savollar:
 
 
1. Rahbarlik sifatlari. 
2. Boshqaruv qonuniyatlari. 
3. Boshqaruv tamoyillari. 
4. Boshqaruv funktsiyalari. 
5. Menejer faoliyatini tashkil etish. 
 
1. Rahbarlik sifatlari 
Yuqorida aytib o’tilganidek rahbarda tug’ma qobiliyat bo’ladi deb ham 
aytib bo’lmaydi, ikkinchi tomondan, rahbar vaziyatga qarab stixiyali tarzda 
tarbiyalanib ketaveradi, deb ham bo’lmaydi. Minglab shaxs sifatlari ichida 
ko’plari rahbarlik uchun qulay va ma’quldir. A.V. Petrovskiy ana shunday ijobiy 
sifatlardan bir yarim mingini sanab chiqqan. Lekin ularning barchasini 
umumlashtiradigan, albatta bo’lishi lozim bo’lgan ayrim sifat, qobiliyatlar 
borki, ular haqida qisqacha to’xtalib o’tmoq lozim. 
Avvalo, har qanday rahbarda intellekt — aql-zakovatning ma’lum 
normasi bo’lishi kerak. Bu norma yaxshi rahbar uchun o’rtadan yuqori 
bo’lmog’i maqsadga muvofiqdir, chunki geniy darajasidagi intellektga ega 
bo’lgan rahbar bilan ishlash xodimlar uchun qator noqulayliklarni keltirib 
chiqarishini, bunday aql-zakovat qolganlarning ijobiy rivojlanishiga psixologik 
to’siq bo’lishini amaliyot va hayot ko’rsatdi. Rahbardagi o’rtadan yuqori 
intellektni qoplab ketadigan yana boshqa muhim sifatlar borki, ular boshqarish 
ishining samarasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
Masalan, rahbarning mustaqil fikrlilik, topqirlik, tashabbuskorlik sifatlari. 
Chunki, ayrim hollarda xato qilsa ham, rahbar original fikrlar aytib, yo’l-
yo’riqlar ko’rsata olishi, har bir aytilgan fikr, qilingan ishga mustaqil baho bera 
olishi zarur. 
Chunki mustaqillik shaxs qiyofasini belgilovchi muhim psixologik 
xususiyatdir. 
Rahbarda mustaqillik bo’lsa, unda o’ziga ishonch ham bo’ladi, bu esa o’z 


67 
navbatida rahbardagi sub’ektiv talablar darajasining yuqori bo’lishiga olib 
keladi. Ko’pincha, rahbarning boshqalarga talabchanligi haqida gapiriladi, lekin 
yaxshi rahbar avvalo o’z-o’ziga nisbatan talabchan bo’lishi kerak. O’z-o’zini 
baholash va shu asosda boshqalarga nisbatan munosabatlar tizimini ishlab 
chiqishi muhim bir omildir. 
Har qanday rahbar uchun universal, kerak bo’lgan hislatlardan yana biri 
tom ma’noda ‘‘ziyoli" bo’lish yoki, boshqacha qilib aytganda, madaniyatli 
bo’lishdir. Boshliq o’zidagi madaniyatni avvalo muomalada, odamlar bilan 
bo’ladigan kundalik muloqotlarda namoyon etmog’i lozim. Muomala
madaniyati — bu o’rinli, aniq, qiska, samimiy gapirish san’ati va ikkinchi
tomondan, suhbatdoshni tinglash qobiliyatidir. Chunki, boshliq bilan xodimlar 
o’rtasida kelib chiqadigan shaxsiy ziddiyatlarning asosida yo tinglay olmaslik 
yoki gapni to’g’ri yo’sinda gapira olmaslik yotadi. O’zganing o’rniga tura olish, 
uning his-kechinmalariga sherik bo’lish, empatiya hissining borligi, dialoglarda 
sabr-toqatlilik va boshqalar muloqot madaniyatining muhim tomonlaridir. 
Jamoa faoliyatini va o’z faoliyatini rejalashtirish qobiliyati rahbar uchun 
muhim
 
bo’lgan talablardan biridir. Chunki rejalashtirish asosida o’z-o’zini 
boshqara olish va boshqalarni tashqi faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda 
boshqara olishni ta’minlovchi muhim psixologik xususiyat yotadi. Rejalashtirish 
— bu o’ziga xos kelajakni ko’ra olish kobiliyati, kelajak obrazi bo’lib, bu narsa 
shaxsning qanchalik kamol topganligi va maqsadga intiluvchanligining muhim 
belgisidir. Bu juda murakkab psixologik jarayon bo’lib, u shaxsning o’z 
diqqatini qanchalik omilona tarzda boshqarishi, uni faqat muhim narsalarga 
qarata olishi, vaqtdan tez foydalana olish, ortiqcha ishlardan o’zini
tiyish, qo’l 
ostidagilarga, imkoni boricha, ularning qobiliyatlariga qarab ish buyura olish va 
nihoyat, buyurgan ishni o’z vaqtida nazorat qilib, so’rab olish imkoniyati bilan 
bog’liq. O’z ishini puxta rejalashtirish qobiliyatiga ega bo’lgan rahbar realistik 
tafakkurga ega bo’lmog’i, ya’ni har qanday sharoitlarda ham o’sha muammo 
yoki ishga taalluqli barcha alternativ variantlardan eng to’g’risi va maqsadga 
muvofiqini tanlay oladigan, ishni to’g’ri tashkil eta bilgan, ya’ni eng kam kuch 
va vaqt sarflab ishni uddalay olgan, noaniq yoki tasodifiy vaziyatlarda ham ish 
taktikasini to’g’ri yo’lga yo’naltira oladigan odam bo’lishi kerak Bundan 
tashqari, yaxshi rahbar uchun oldida turgan ishning har bir alohida 
detallarigacha tasavvur qilib, uni amalga oshirishning barcha bosqichlari va 
vositalarini oldindan ko’ra bilish qobiliyati ham zarur. Shunday taqdirdagina u 
ishga dadil kirishishi, o’zgalarni o’z ortidan ergashtirishi va ishlab chiqarishda 
yuksak ko’rsatkichlarga erishishi mumkin. 
Yuqorida aytib o’tilgan rahbarlik sifatlari ichida eng muhimi, tabiiyki, 
psixologik mahoratni talab etgani — odamlar bilan ishlash mahoratidir. Jamoa 
a’zolari bilan samarali ishlash uchun esa boshliq ularning psixologiyasini, har 
bir a’zo psixologiyasini va guruh psixologiyasini yaxshi bilishi zarur, chunki 
‘‘o’zgalar psixologiyasini bilish ular ustidan hukmronlikning yagona yo’lidir", 
— deb yozishgan edi ingliz olimlari. Ijtimoiy psixologiyaning bu borada ham 
yaxshi vositasi — ijtimoiy psixologik trening uslubi borki, uning yordamida 
odamlar 
bilan 
ishlovchilar 
jamoani 
boshqarishning 
turli 
usullariga 


68 
muvaffaqiyatli tarzda tayyorlanmoqdalar. 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə