Psixologiya



Yüklə 44,36 Kb.
səhifə1/4
tarix12.04.2023
ölçüsü44,36 Kb.
#105129
  1   2   3   4
4-mustaqil ish Biznes etikasi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI





MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
PSIXOLOGIYA” FAKULTETI
IJTIMOIY VA IQTISODIY FANLAR” KAFEDRASI
BIZNES EIKASI” FANIDAN

MUSTAQIL ISH


Topshirdi: 140-20 guruh talabasi A. Suyundukov


Qabul qildi: B.Muxtorov
Jizzax 2023


Mavzu: Axborot texnologiyalari, etika va biznesReja:
1. Etiket qoidalari va ularning biznesmenlar uchun ahamiyati.
2. Biznesmenlar imiji va ijobiy taassurot qoldirish yo’llari.
3. Biznes korxona etikasi.
4. Biznes korxonalarida so’zlashishga qo’yiladigan etik talablar.
1. Etiket qoidalari va ularning biznesmenlar uchun ahamiyati.
Inson jamiyat mahsuli hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, u boshqalardan ajralgan holda hyech qachon va hyech qayerda yashay olmaydi, baxtli bo’laolmaydi. Shu boisdan ham “odam odam bilan tirik” deb bekorga aytilmagan. Halq tajribasiga asoslangan bu ibora juda ham chuqur ma’noga ega, chunki odamlar bir–birlari bilan gaplashmasa, o’zlarining xursandchiliklarini, his–tuyg’ularini va g’am–g’ussalarini boshqalar bilan baham ko’rmasa, ular yashay olmaydilar. Munosabatga tushish orqali odamlar o’z fikrlarini, atrof–muhitga, voqyea va hodisalarga hamda boshqalarga bo’lgan munosabatlarini bildirishadi. Bundan tashqari odamlar bir–birlari bilan muloqot qilish jarayonida sodir bo’layotgan voqyealar va hodisalar, boshqa masalalar, hatto o’ziga bo’lgan izzat–hurmat darajasi to’g’risida ma’lumotlar oladi, ya’ni o’zining qiziqishlari bo’yicha ma’lumotlarga bo’lgan talabini qondiradi. Boshqalar bilan munosabatga tushishning eng muhim tomonlaridan biri yana shundan iboratki, odam ijobiy energiya oladi, uning kayfiyati yaxshilanadi, hayotga va o’z kasbiga bo’lgan qiziqishi yanada oshadi. Shuning uchun ham odamlar azaldan bir–birlari bilan yaxshi munosabatda bo’lishga va yaqin yashashga harakat qilishib kelishgan. Odamlarning bir jamiyatda tinch–totuv yashashining va turli sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishining aosida ming yillar davomida shakllangan va ushbu jamiyatda qabul qilingan urf–odat qoidalari (bir–birlari bilan muloqotga tushish, yurish–turish va turli vaziyatlarda o’zini tutish) va rasm–rusumlarga itoat qilish yotadi. Bugungi kunda har bir soha xodimlari uchun etiket qoidalari shakllangan va ularning hayotida katta o’rin tutadi. Xizmat turlari doiralarida xizmat etiketiga amal qilinadi. Xizmat etiketi umumfuqarolik etiketining bir turi hisoblanib, xizmat ko’rsatish va ishlab chiqarish sohalarida faoliyat qiladigan xodimlarning turli vaziyatlarda uchrashuvlarida munosabatga tushish, yurish–turish va kiyinish qoidalarini o’z ichiga oladi. Biznes–etiket xizmat etiketining bir turi hisoblanadi. U biznes faoliyatida itoat qilinishi kerak bo’lgan qoidalar majmuidan iborat. Biznes–etiket qoidalari biznesmen uchun o’ta katta ahamiyatga ega. Ularni o’rganib, egallab olish, birinchidan, biznesmen uchun madaniyat belgisi hisoblanadi, ikkinchidan, ularga rioya qiladigan kishilarning faoliyati muvaffaqiyatli bo’ladi. Biznes–etiket qoidalarini bilmaydigan va uning natijasida hamkorlar va hamkasblari bilan muomala qila olmaydigan biznesmenlarning ishlari tez bitmaydi, bitsa ham qiyinchiliklar bilan bitadi, faoliyat natijasi esa doimo yaxshi bo’lavermaydi. Shu sababli ham o’zini madaniyatli deb hisoblaydigan biznesmenlar etiket qoidalarini yoshligidan boshlab butun umri bo’yicha o’rganishadi. Hozirgi vaqtda etiket qoidalari boshlang’ich maktabdan boshlab o’rganiladi.
. 2. Biznesmenlar imiji va ijobiy taassurot qoldirish yo’llari.
Biznesmenlar boshqa fuqarolarga nisbatan moddiy ta’minlangan, muloqot, tijorat va tadbirkorlik qoidalarini yaxshi biladigan shaxslar hisoblanadi va doimo halq nazari ostida bo’ladi. Shu sababli ham biznesmenlar o’zlari to’g’risida ijobiy taassurot qoldirishiga, hamkorlar va halq oldida o’z mavqyeining ortib borishiga katta e’tibor berishlari lozim. Halqaro tajribada biznesmenlar to’g’risidagi ijobiy taassurotlar majmuiga ularning imiji deyiladi. Imij tushunchasi lotincha “imago” so’zidan olingan bo’lib, tom ma’noda timsol va o’xshash degan ma’noni beradi. Keng ma’noda esa qandaydir shaxs, firma, tovar mahsuloti to’g’risida jamoat ongida shakllangan tasavvur, qiyofa yoki timsol tushuniladi. Tasavvur, qiyofa, timsol yoki siymo (bundan keyin taassurot yoki tasavvur deyiladi) umumiy ibora bo’lib, biznesmenlarning tashqi qiyofasi, kiyimi va kiyinishi, tozaligi, yurish–turishi, hatti–harakati, muloqot qilish va har xil vaziyatlarda etiket qoidalari bo’yicha o’zini tuta olish kabi tushunchalarni o’z ichiga oladi. Shuning uchun ham biznesmenlar, umuman odamlar, to’g’risidagi umumiy tasavvur ularning hamkorlar va boshqa suhbatdoshlar bilan muloqotga tushish, tashqi qiyofasini, kiyinishini, maxsus tadbirlarda, jamoat joylarida, ko’chada va uyda yurish–turishlarini hamda hatti–harakatlarini kuzatish natijasida shakllanadi. Biznesmen to’g’risidagi shakllangan umumiy tasavvurning to’planib va jamoat ongida o’rnab qolishida ommaviy axborot vositalari, tanish–bilishlari hamda biznesmen faoliyati va korxonasi to’g’risidagi reklama katta ahamiyatga ega. Ijobiy tasavvurning shakllanishida biznesmenning tashqi qiyofasi va kiyinish tarzi katta rol uynaydi. Shu sababli ham biznesmenning tashqi qiyofasini shakllantirish, yuz–ko’z tuzilishiga qarab kiyimlari rangini, bichilishini va tikilishini tanlash hamda uni kiyish masalalari bo’yicha maxsus mutaxassislar shug’ullanadi. Ular imijmeykerlar deb ataladi. Imijmeykerlar deganda davlat arboblari, siyosatchilar, artistlar, biznesmenlar kabi kishilarning reklamasi bilan shug’ullanadigan, obro’sini oshirish, shuhratini mustahkamlash uchun samarali imij strategiyasini, taktika va texnologiyasini ishlab chiqaradigan mutaxassis kishilar tushuniladi.

Yüklə 44,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə