Psixologiyaning predmeti



Yüklə 19,67 Kb.
tarix29.09.2017
ölçüsü19,67 Kb.
#2413

Aim.uz

Psixologiyaning predmeti

Reja:


1. Psixologiya nimadan bahs etadi?

2. Psixologiya tarixi.

3. Psixikaning fiziologik mexanizmlari.

4. Psixikaning aks ettirish va boshqaruvchilik vazifalari.

5. Ong xossalari haqida tushuncha.

Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar:


Assotsiatsiya - psixik hodisalar o`rtasidagi aloqa bo`lib, u aniq qonunlar asosida shakllanadi.

Assotsiativ psixologiya – XVII - XIX asrlarda Angliyada vujudga kelgan yo`nalish bo`lib, assotsiatsiyani asos qilib ish olib borgan.

Bixeviorizm - XX asr boshlarida AQSHda vujudga kelgan yo`nalish bo`lib, asoschilari D.Uotson va e.Torndayk.

Vyurtsburg maktabi - XX asr boshlarida nemis psixologlari tomonidan tuzilgan maktab. Ular tafakkurni tadqiqot ob`ekti qilib olgan. Asoschilari Byuler, Ax va boshqalar.

Geshtal’t psixologiya - nemischa “shakl” degan ma`noni bildiradi. Asoschilari Vertgeymer, V. Keler, K. Koffka. SHakl-fenomen, idrok va murakkab psixik hodisalarni yaxlit holda o`rgangan.

Introspektiv psixologiya – introspektsiya (o`z - o`zini kuzatish) metodini psixologiyaning asosiy metodi qilib olgan oqim.

Psixologiya - psixik faktlar va uning mexanizmlari haqidagi fan.

Psixika - ruxiy jarayonlar, bilish faoliyatlari, individual psixologik xususiyatlarni aks ettiruvchi va boshqaruvchi xossa.

Parapsixologiya - idrok qilish shakllarini tadqiq qilgan soha bo`lib, u hozirgacha muammolidir.

Freydizm (psixoanaliz) - XX asrda paydo bo`lgan, asoschisi avstriyalik psixiatr Z.Freyd. Predmeti instinktiv mayllar. Ongning rolini inkor qiladi.

Funktsional psixologiya - psixika va shaxsni alohida psixik funktsiya sifatida o`rgangan yo`nalish.

  1. Psixologiya nimadan bahs etadi?


O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyingi siyosiy, iqtisodiy islohotlar bilan bir qatorda ma`naviyat sohasida ham o`zgarishlarni amalga oshirish ehtiyoji vujudga keldi. YAngi jamiyat odamlardan yangicha fikrlashni, o`z - o`zini milliy jihatdan anglab etishni, istiqlol tafakkuriga ega bo`lishni taqozo etadi. Prezidentimiz I. A. Karimov ta`kidlab o`tganlaridek, “Islohotlar hayotni, hayot esa insonlar tafakkurini o`zgartiradi.” Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi qonunini amalga oshirish, undan kelib chiqadigan vazifalarni hal qilish ko`p jihatdan turli darajadagi psixologik muammolarning echilishi bilan bog`liq. Zamon talabiga mos keladigan, raqobatbardosh, yuksak e`tiqodli, ma`naviy jihatdan yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, professional faoliyatlarga oid muammolarni hal etish uchun zarur ko`nikma va malakalarga ega mutaxassislarni tayyorlashda psixologiya fanining o`rni va ahamiyati beqiyosdir. Psixologiya grekcha “psyuxe”- “jon, rux”, “logos” - “ta`limot”, “fan” degan so`zdan kelib chiqkan bo`lib, psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlari haqidagi fandir. Psixologiya psixikani o`rganadi. Psixik faktlarga quyidagilar kiradi: - bilish faoliyatlari: diqqat, nutq, faoliyat; - bilish jarayonlari : sezgi, idrok, xotira, tafakkur va xayol; - ruxiy holatlar yoki shaxsning hissiy-irodaviy sohasi - hissiyot, iroda; - ruxiy xususiyatlar yoki shaxsning individual-psixologik xususiyatlari: temperament, xarakter, qobiliyatlar.

Professor V.Karimovaning fikricha, psixika - inson ruxiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruxiy olamni) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya`ni bilishimiz, anglashimizni ta`minlaydi. Professor M. G. Davletshin fikricha, psixika deganda oliy darajadagi materiyaning (miyaning) xususiyati tushunilib, u ob`ektiv borliqni aks ettirilishida namoyon bo`ladi, sub`ekt faoliyatni ma`lum maqsad asosida yo`naltiradi hamda xulq -atvor negizida shakllanadi. Psixika bu aks ettirishdir. Jonli va jonsiz tabiatda aks ettirishning o`ziga xos usullari mavjud. Aks ettirishni “Venna diagrammasi” interfaol usuli yordamida quyidagicha ifodalash mumkin:



Jonsiz materiya uchun aks ettirishning mexanik, kimyoviy va fizik turlari xosdir. Masalan, ko`zguning aks ettirishi, suvdagi tasvir va boshqalar. Jonli materiya uchun aks ettirishning fiziologik, psixik aks ettirish turlari xos bo`lib, ong va o`z - o`zini anglash uning eng yuqori bosqichidir. Psixik aks ettirish quyidagi xususiyatlarga ega:

1. Ob`ektiv borlikni to`g`ri aks ettirish imkoniyatini beradi;

2. Shaxsning faoliyati davomida mukammallikka erishib boradi;

3. Doimo rivojlanib va shakllanib boradi;

4. Shaxsning individualligi orqali namoyon bo`ladi.


2. Psixologiya tarixi


Psixologiya haqidagi fikrlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk davrlarda psixologik xususiyatlarni jonning ishi deb tushunilgan. Jonning o`zini esa odam tanasidagi maxsus ikqilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar “animizm” deb atalgan (anima - jon). Jon o`z mohiyatiga ko`ra olovsimon uchqunchadan (Geraqlit) yoki olov atomidan (Demokrit) iborat deb tushunilgan.

Platonning “ideyalar tug`ma bo`ladi” degan g`oyalar psixologik fikr taraqqiyotiga juda katta hissa qo`shdi. Platon ta`limotiga ko`ra, “ideyalar” abadiy va o`zgarmas mohiyatdir, ularning tabiiy olamidan tashqarida oliy olam mavjud bo`lib, ularni odam ko`zi bilan ko`ra olmaydi. Platon psixologiyada “dualizm” oqimining asoschisi hisoblanadi. Dualizm ta`limoti moddiy va ruxiy olam, tana va psixikaning bir-biriga bog`liq bo`lmagan holda mavjud bo`lib, azaldan qarama - qarshi narsalar deb tushuntiradi. Platonning dualizmi uning shogirdlaridan Arastu (Aristotel’ eramizdan oldingi IV asr- 384-322 yillar) tomonidan bir muncha muvaffaqiyatli bartaraf etildi. Aristotelning “Jon haqida” asari o`sha davrdayoq psixologiya maxsus fan sifatida maydonga kela boshlaganligidan dalolat beradi.

Ana shu tufayli psixologiya jon haqidagi fan sifatida maydonga kelgan. Hozirgi kunda psixologiya fani o`z mazmunini batamom o`zgartirgan. Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo`lib rux va jonli tananing ajralmasligini isbotlab berdi. Jon qismlarga bo`linmaydi, lekin u faoliyatning oziqlanishi, his etishi va harakatga kelishi aql - idrok kabi turlarga oid qobiliyatlarda namoyon bo`ladi. Birinchi qobiliyatlar o`simlik uchun, birinchi va ikkinchisi hayvonlar uchun, uchinchisi odamlar uchun xosdir. O`simliklar, hayvonlar ruxi va aql - idrokli odam ruxi ta`limoti bilan Arastu oliy qobiliyatlar va ularning negizida paydo bo`lishini bildiradigan rivojlanish tamoyilini joriy etdi. Arastu organizmning tabiatdan olgan qobiliyatlarni faqat o`zining xususiy faolligi orqali ro`yobga chiqarishga asoslangan holda xarakterning faoliyatda shakllanishi to`g`risidagi nazariyani ilgari surdi. Geraqlit, Demokrit, Aflotun, Arasto`larning ta`limotlari keyingi asrlarda psixologik g`oyalarni rivojlanishida tayanch nuqta bo`lib hisoblanadi. Asta - sekin rux haqidagi tushuncha hayotning barcha ko`rinishlariga emas, faqat hozir biz psixika deb atayotgan darajaga nisbatan qo`llanila boshlandi. Psixika kategoriyasining zamirida ong haqidagi tushuncha maydonga keldi.

Sharqda psixologik qarashlarning paydo bo`lishida buyuk Sarq mutafakkirlarining roli katta bo`lgan. Ular orasida - Al Xorazmiy (783-850 yillar), Al Forobiy (873-950 yillar), Abu Rayxon Beruniy (973-1048 yillar), Abu Ali Ibn Sino (980-1037 yillar), Mirzo Ulug`bek (1394-1449 yillar) kabilar o`zlarining inson psixikasi va yosh avlodni tarbiyalashga doir boy fikrlar va qarashlarini meros sifatida qoldirganlar. Ular orasida ayniqsa Abu Ali ibn Sinoning mantiq, metafizika, tabiiy fanlar (ayniqsa tibbiyot) haqidagi fikrlari o`sha davr ilmiy taraqqiyotiga katta hissa qo`shdi. U maxsus psixologik muammolar bilan shug`ullangan olimlardan biridir. Uning rux haqida, asab tizimi haqidagi qarashlari katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sinoning temperament (asab tizimi) xususiyatlariga qarab yondashish zarurligi haqidagi fikrlari ming yildan so`ng ham, zamonaviy psixologiyada o`z qimmatini yo`qotmagan. Abu Ali ibn Sino dunyoda birinchi bo`lib psixoterapevtik usullarni qo`llab ko`rgan olimlardan biridir.


3. Psixikaning fiziologik mexanizmlari


Psixika miyaning xususiyatidir. “Sezgi, fikr, ong, maxsus sur`atda tuzilgan materiyaning oliy mahsulidir”. Inson miyasi uzoq evolyutsion taraqqiyot mobaynida rivojlanib, takomillashib borgan. Uning og`irligi 1350-1400 g. bo`lib, 14-15 milliard hujayradan iborat. Inson miyasining funktsional tuzilishini A.R. Luriya 3 ta blokka ajratadi: I - blok - energetik blok, u miya pustloq qismining normal ishlash tonusini ta`minlaydi. Miya po`stining yuqoridagi qismida joylashgan. II - blok axborotni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash bloki (Ikkala yarim sharlarining orqa qismiga, tepa, chakka va ensa qismlariga joylashgan). III - blok faoliyatni dasturlashtirish, boshqarish va nazorat qilishni ta`minlaydi (peshona qismiga joylashgan). Nerv hujayrasi va uning o`simtalari, ularni qoplovchi pardalar neyron deb ataladi. Neyronning asosiy vazifasi qo`zg`aluvchanlik va o`tkazuvchanlikdir.

4. Psixikaning aks ettirish va boshqaruvchilik vazifalari


I.M. Sechenov o`zining “Bosh miya reflekslari” (1863) kitobida shunday fikrni ilgari suradi: “ongli va ongsiz hayotning hamma aktlari o`zining yuzaga kelish jihatidan reflekslardan iboratdir”.

Psixikaning asosiy vazifalarini “Venna diagrammasi” usuli yordamida quyidagicha ishlab chiqish mumkin:



Psixik (ruxiy) jarayonlar organizm hayotida aks ettiruvchilik, signallik va boshqaruv funktsiyasini bajaradi. Organizmning boshqaruv faoliyati organizm xatti - harakatlariga, muhit o`zgarishlariga muvofiqlashtirish va shu yo`l bilan organizmning muhitga to`g`ri, qulay moslashib olishiga imkon beradi. I.M. Sechenov psixik faoliyatning ruxiy jihatdan boshqarilishi reflektor xarakterga ega ekanligi haqidagi g`oyani ilgari suradi. Nazariy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo`lgan bu g`oyalarning to`g`riligini I. P.Pavlov tajribada isbotladi. I.P.Pavlov oliy nerv faoliyati qonuniyatlarini kashf etdi. Uning ana shu qonuniyatlari haqidagi barcha qarashlarini umumlashtirilgan holda ikki xil signal tizimi haqidagi ta`limot deb atash mumkin. I.P. Pavlov hayvonlarda birinchi signal tizimini (ranglar, hidlar, obrazlar) insonlarda, ikkinchi signal tizimini signallar signali, ya`ni so`zlar tashqil qilishini aniqlagan.


5. Ong xossalari haqida tushuncha


Ong psixikaninng eng yuksak darajasi bo`lib, u faqat insongagina xosdir. Ong ijtimoiy tarixiy sharoitda odam mehnat faoliyatining tarkib topishida til yordamida boshqa kishilar bilan doimiy munosabatda bo`lishi natijasidir. Bu ma`noda ong mutafakkirlar ta`kidlab o`tganlaridek, ijtimoiy mahsulotdir. Ongning birinchi xossasi, bu - ong anglash demakdir. Inson ongi tevarak - atrofdagi taqi olamga doir bilimlar yig`indisidan iboratdir. Anglash taqi olamdagi narsalarni tushunish. Ong tarkibiga muhim bilish jarayonlari kiradi. Ongning ikkinchi xossasiga binoan, ongda ob`ekt bilan sub`ekt o`rtasidagi aniq farq o`z ifodasini topadi, ya`ni odam “men” degan tushunchani “men emas” tushunchadan farqini ajratadi. Odam o`zini bilish qobiliyatiga ega bo`lgan, ya`ni psixik faoliyatini, o`z - o`zini tekshira oladigan yagona mavjudotdir. Ongning uchinchi xossasiga asosan ong yordami bilan odamning maqsadni ko`zlash faoliyati ta`minlanadi. Faoliyat maqsadlarini yaratish ong vazifasiga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab ko`riladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarish yo`llari hisobga olinadi. Ongning to`rtinchi xossasiga asosan turli munosabatlardan ongli ravishda turli his - tuyg`ular yuzaga keladi. Ong kishilar munosabatlarining yig`indisidir. Ongni yuzaga kelishining asosiy sharti, vositasi - tildir. Psixikaning eng quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik bu shunday psixik jarayonlar va holatlar yig`indisiki, unda inson o`z xatti -harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Bo`nga tush ko`rish, ba`zi patologik hodisalar, alahlash, gallyutsinatsiya kabilar kiradi. Xulosa qilib aytganda, psixologiya hayot faoliyatining o`ziga xos shakli bo`lib, psixik rivojlanishning qonuniyat va mexanizmlarini o`rganuvchi fandir. Psixologiya fanining asosiy vazifasi psixik hodisalarni o`rganish va ilmiy asoslashdir. Psixik hodisalar ma`lum qonuniyatlarga bo`ysunadi. Psixologiya shunday qonuniyatlarni ochishga, ularni tarkib topishi va rivojlanishini ochishga qaratilgandir. Ushbu qonuniyatlarni bilish, ularni boshqarish, tashqil etish, ta`lim - tarbiya jarayonini to`g`ri olib borishga yordam beradi.
Yüklə 19,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə