|
![](/i/favi32.png) Psixologiyasi. Pedagogik psixologiyaRivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.GPedagogik psixologiya
— ta’lim va tarbiya jarayonlarining psixologik
qonuniyatlari hamda pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlarini
o‘rganuvchi psixologiya fani sohalaridan biridir.
Psixik taraqqiyot qonuniyatlari
- bir yosh davridan boshqa davrga
o'tishda inson psixikasi va xulq-atvorida yuzaga keluvchi o‘zgarishlar va
ularning sabablarini tavsiflab beruvchi qonundir.
Psixik rivojlanishning revolutsion o‘zgarishlari
— bir yosh davridan
ikkinchi yosh davriga o‘tishda inson xulq-atvori va psixikasida yuzaga
keluvchi jadal hamda chuqur qayta qurishdir.
Psixik rivojlanishning situativ o‘zgarishlari
— inson xulq-atvori va psi
xikasida tashkil etilgan yoki maxsus tashkil etilmagan ta’lim-tarbiya ta’si-
ri ostida yuzaga keluvchi, ya’ni vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar.
Psixik rivojlanishning evolutsion o‘zgarishlari
- bir yosh davridan ik
kinchi yosh davriga o‘tishda inson xulq-atvori va psixikasida sekinlik
bilan amalga oshadigan, barqaror o‘zgarishlar.
Reprezentativlik
— tanlov guruhining o‘rganilayotgan sifatlar maj-
muyini ishonchliligini va to‘g‘riligini ifodalovchi mezon.
Rivojlanishning senzitiv davri
- bir yosh davrida psixikaning muayyan
tomonlari samarali rivojlanishi uchun optimal imkoniyatlar davri.
Rivojlanishning omillari
- bolaning psixikasi va xulq-atvori rivojla-
nishini belgilovchi omillar tizimi.
Rivojlanish sharoitlari
- shaxsning shakllanishi bog‘liq bo'lgan
omillar. Rivojlanish sharoitlariga inson atrofidagi kishilar, ular orasida-
gi shaxslararo munosabat, moddiy va madaniy madaniyat predmetlari
va boshqalar kiradi.
Rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari
- insonda yuzaga keluv
chi yangi ehtiyojlar bilan uni qondirish imkoniyatlari o'rtasidagi zid-
diyat.
Dostları ilə paylaş: |
|
|