Psychikos „ruhiy yoki



Yüklə 24,93 Kb.
səhifə1/4
tarix13.03.2023
ölçüsü24,93 Kb.
#102401
  1   2   3   4

Psixika (qadimgi yunonchaψῡχικός, psychikos — „ruhiy“) yoki ruhiyat — yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)ning voqelikni alohida shaklda aks ettirishdan iborat xususiyati. Asosan, sezgi, tasavvur, tafakkur, irodaviy xatti-harakat va boshqa subyektiv obrazlarda aks etadi. Psixika materiyaga nisbatan ikkilamchi, xreila. Bu psixikaning mavjudlik usuli (psixika miya xususiyati)da va uning mazmuni (psixika — obyektiv olamning subyektiv obrazi)da koʻrinadi. Psixika materiya taraqqiyotining muayyan bosqichida — tirik organizmlarda sezuvchanlikning alohida shakli yoki his qilish qobiliyati paydo boʻlishi bilan vujudga kelgan. Tirik mavjudotning morfologik-fiziologik tuzilishi murakkablashuvi, unda nerv sistemasining vujudga kelishi va taraqqiy etishi, bosh miya, uning katta yarim sharlarining shakllanishi va takomillashishi jarayonida rivojlangan. Psixikaning oʻziga xos organi insonda va oliy darajada rivojlangan hayvonlarda bosh miyadir. Psixika — subyektivlik bilan obyektivlikning birligidir. Psixik faoliyat doimo muayyan subyektga xos boʻlib, uning individual xususiyatlari bilan bogʻlangandir. Ayni vaqtda psixika obyektiv olamning muayyan manzarasini yaratuvchi miya inʼikos faoliyatining real jarayoni sifatida obyektivdir. Psixika psixik jarayonlar, holatlar va insonning psixik xususiyatlarining zohiriy birligidir. Psixika rivojining oliy shakli — inson psixikasidir. Uning paydo boʻlishi va rivojlanishida insonga xos boʻlgan atrofdagi olam bilan oʻzaro munosabatga kirishish usuli — mehnat hal qiluvchi rol oʻynagan. Inson psixikasi faqat biologik taraqqiyotning emas, ijtimoiytarixiy taraqqiyotning ham mahsulidir. Ijtimoiy, mehnat amaliyoti oliy, faqat insongagina xos psixika shakli — oyagni vujudga keltirdi. Inson psixikasining eng muhim xususiyati — ishlar, hodisalar va boshqalarni oldindan koʻra bilish va oʻzi nima qilishini rejalashtirishdan iborat. Inson obyektiv voqelikdagi predmetlar va hodisalarni tajribaga asoslanib idrok qiladi. Insonning psixik faoliyati asosida birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro taʼsiri yotadi. Psixikaning muhim tomoni uning reflektorlik tabiati, yaʼni reflekslar hosil boʻlishi, bu jarayonning toʻxtovsiz va qatʼiy kechishidir. Real psixika faoliyat koʻrinishida mavjud. Faoliyatda u shakllanadi, namoyon boʻladi va bilib olinadi. Inson psixikasining shakllanishida taʼlim va tarbiya muhim rol oʻynaydi. Taʼlim va mehnat jarayonida har bir shaxs psixikasining individual rivojlanishi yuz beradi, bu insoniyat toʻplagan moddiy va maʼnaviy boyliklarni oʻzlashtirishdan iboratdir. Psixikani psixologiya oʻrganadi[1. Psixikaning filogenetik taraqqiyoti


1) psixikaning taraqqiyot bosqichlari.
Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to organik materiyaning yuksak hamda murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bo`lmish aks ettirish xususiyatiga, ya`ni turli ta`sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga egadir. Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning o`zaro mexanik fizik va kimyoviy munosabatlari tarzida namoyon bo`lishi mumkin. Tirik materiyaga o`tishda harakatning shakli sifat jihatdan o`zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik shakllari xosdir. Tirik materiya taraqqiyotining ma`lum bosqichida aks ettirishning sifat jihatidan yangi shakli bo`lmish psixika yuzaga keladi. Hamma tirik organizmlar, o`simliklardan tortib hayvonlargacha evolyutsiyaning barcha bosqichida aks ettirishning biologik shakli bo`lgan seskanuvchanlik xususiyatiga ega. Seskanuvchanlik - tirik organizmlarning biologik ahamiyatiga ega bo`lgan ta`sirlarga javob qaytarish qobiliyatidir. Sodda, bir hujayrali tirik organizmlarda elementar seskanuvchanlik xususiyati bor bo`lib, ular tashqi muhit ta`siriga harakat bilan javob qaytaradi, muhit ta`sirida hujayra protoplazmasininng xususiyati o`zgaradi. Biologik omillarga maxsus harakatlar bilan reaktsiya qilish usullariga tropizm deb ataladi. Tropizmlar har xil bo`ladi, fototropizm - tirik organizmning issiqlik ta`siri ostida harakat qilishga moyilligidir, xemotropizm - ma`lum fizik - ximiyaviy muhitni tanlab olishga moyilligidir, topotropizm tirik organizmning mexanik qo`zg`atuvchi ta`siri ostida harakatlanishdir. Tropizmlar o`simliklarning o`z-o`zini boshqarishiga imkon beradi. Hayvonlarda ta`sirlanishning yangi turi - sezuvchanlik yuzaga kelgan. YUksak tashqil topgan hayvonlarda sezuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi a`zolari tarkib topadi. Narsalarning organizm uchun aslida befarq, ya`ni organik ehtiyojlarini qondirmaydigan belgilari (hidlari, shakllari, ranglari) signallik ahamiyatiga ega bo`ladi. Hayvonlarda o`simliklarga qaraganda sezuvchanlik tufayli ancha ko`p ta`sirlarni aks ettirish vujudga keladi. Masalan, infuzoriyalarning ular uchun neytral (befarq) bo`lgan yorug`likka reaktsiya qilishlari kuzatilgan. Tajriba quyidagicha o`tkazilgan: suv to`ldirilgan nayga sodda hayvonlar joylashtirilib, naychaning bir tomoni isitilgan, Bir hujayrali hayvon termotropizmga ega bo`lganlari tufayli tezlik bilan naychaning iliq tomoniga o`tib olganlar. Naychaning bir tomoni isitilish bilan birga bir vaqtda yoritilib ham borilgan. Oddiy sharoitda yoruqlikka neytral munosabatda bo`luvchi infuzoriyalarga yorug`lik bilan birgalikda ular uchun qulay bo`lgan issiqlik bir necha marta ta`sir ko`rsatilgan taqdirda infuzoriyalar issiqlik ta`siridan qat`iy nazar yorug`likka to`planaverganlar. Bu sensor bosqich bo`lib hisoblanadi. Sensor bosqich uchun xarakterli xususiyat shundan iboratki, bu bosqichda organizm narsalarning o`zini emas, balki alohida xususiyatlarini aks ettiradi. Bunday aks ettirish evolyutsion taraqqiyotning quyi darajasi - to`rsimon va ganglioz asab tizimiga ega hayvonlarda kuzatiladi. Masalan: Biror bir hashorot o`rgimchak to`riga tushishi bilan uni o`z ipi bilan o`ray boshlaydi.
Ko`pgina tajribalardan ma`lum bo`lishicha, o`rgimchak uchun faqat bir xususiyatlar, to`r orqali beriladigan tebranish, vibratsiya ahamiyatlidir. Tebranish to`xtashi bilan o`rgimchak ham o`lja tomon harakatlanishdan to`xtaydi. Keyingi bosqich pertseptiv yoki idrok qilish bosqichi deb ataladi. Bu bosqichga mansub hayvonlar atrof - muhitning ayrim xususiyatlarini emas, balki ularni butun narsalar sifatida aks ettiradi. Keyingi bosqich - intellektual bosqichi (aql) bo`lib, yuksak darajada rivojlangan hayvonlarga, ya`ni odamsimon maymunlarga xosdir.
2) hayvonlarning xatti - harakat tiplari.
Instinktlar - hayvonlarning o`z ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan tug`ma murakkab harakatlaridir. Masalan: ko`p qushlar juda ustalik bilan in yasar ekan, material tanlash va inni pishiq qurish yo`lida xilma - xil harakatlarni bajaradi. Qaldirg`och, o`rgimchaqlar, asalarilarning in yasashlari bo`nga misol bo`la oladi. Hayvonlarning biologik ehtiyojlariga qarab, ularning instinktiv harakatlarini quyidagi turlarga bo`lish mumkin: ovqatlanish instinkti, saqlanish instinkti, nasl qoldirish instinkti va poda - poda bo`lib yashash instinkti kabilar. Instinktlar mashq qilish yoki o`rganish yo`li bilan hosil bo`lmaydi, ular biologik irsiyat sifatida o`tadi. Instinktlarning nerv - fiziologik asosi - shartsiz reflekslardir.Ular ma`lum sharoitdagina qulay hisoblanadi. Agar sharoit o`zgarsa instinktlar foydasiz bo`lib qoladi. Masalan: qushlarga tuxum o`rniga boshqa narsani qo`yib qo`yilsa, bosib yotaveradi. Instinkt har bir turdagi hayvonlar uchun nasldan naslga o`tib o`zgarmay qoladi. Ko`nikma hayvonlarning individual hayoti davomida paydo bo`ladigan harakatlardir. Masalan: o`rgangan it qo`l o`zatilsa, oldingi oyog`ini beradi, it eshikni oyog`i yoki tumshug`i bilan ochadi. “o`yinga to`shadi”, keyingi oyoqlari bilan tikka yuradi, ot aravaga kiradi. Bunday harakatlar ko`nikma deb ataladi. Hayvon instinktiv harakatlar yo`li bilan qanday ehtiyojlarini qondirsa, hosil qilingan ko`nikma yo`li bilan ham shu ehtiyojlarini qondiradi. Hayvonlarning ko`nikmalari, instinktlar asosida, shuningdek, ilgari hosil qilingan shartli reflekslar asosida vujudga keladi. Hayvonlarning ko`nikmasi “o`rganish” yo`li bilan hosil bo`ladi. Masalan: bo`rilar o`z bolasiga qidirish, ov qilishni o`rgatadi. Uy hayvonlarini odam “o`rgatganda” ularda ko`nikma hosil bo`ladi. Kishilarning hayvonlarda shu tariqa ko`nikmalar hosil qilishiga o`rgatish - “dressirovka” deb ataladi. Hayvon biologik taraqqiyoti qanchalik yuqori bosqichda tursa, ko`nikmalar shunchalik tez hosil bo`ladi. Hosil bo`lgan ko`nikmalar mustahkamlanishi instinktiv harakatlar shaklida avloddan -avlodga o`tishi mumkin.
Ayrim narsalar o`rtasida murakkab munosabatlarning aks ettirilishi intellektual harakatlarning asosini tashqil etadi. Quyidagi tajriba intellektual harakatga misol bo`la oladi. Qarg`aning ko`zi o`ngida bitta ichi bo`sh trubaga ipga bog`langan ovqatni, ya`ni bir parcha go`sht kiritilgan. Qush ovqatning truba ichiga kirganini, keyin ikki truba o`rtasidagi ochiq joydan o`tib, ikkinchi trubaga o`tib ketganini ko`rib turgan. Shundan keyin qarg`a darhol trubaning oxiriga yugurib borib, ovqatning trubadan chiqishini kutib turgan.
Bu misol yuksak taraqqiy etgan hayvonlar narsalar o`rtasidagi munosabatlarni payqay olishini va mazkur vaziyatga qarab, ular natijasini oldindan, ya`ni harakat qilayotgan narsalarning qaerda paydo bo`lishi mumkinligini hisobga ola bilishini ko`rsatuvchi dalildir. Maymunlar intellekti (aql) ularning murakkab masalalarni echa olishlari bilan ajralib qolmay, balki ular faoliyati yo`nalishi bilan ham ahamiyatlidir. (chunki ular 81 xil ovkat turi bilan ovqatlanadi). Instinktlar va ko`nikmalar tashqi ta`surotlarga bir xil javob qaytarish mexanizmi sifatida hayvon organizmini ortiqcha zo`r berishdan saqlaydi. Hayvon bir necha marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan vaziyatlardagina masalani hal qilishning eng yuksak darajadagi usullariga, ya`ni intellekt bilan ish ko`rish usullariga murojaat qiladi. Maymunlarda har qanday narsani sinab ko`raverish jarayonida konkret amaliy tafakkur sodir bo`ladi. YUksak taraqqiy etgan hayvonlar to`dasida o`zaro munosabatning ma`lum shakli mavjuddir. Hayvonlarning to`daga birlashuvi o`z navbatida shu to`da a`zolarining o`zaro aloqa bog`lashlari uchun zarur “til” ni albatta keltirib chiqaradi. Hayvonlarning qiyofa, suykalish va tovush signallari shaklidagi “tili” mavjud.

Yüklə 24,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə