Pul aylanishi va uning tarkibiy qismlari Reja



Yüklə 41,79 Kb.
səhifə3/12
tarix29.01.2022
ölçüsü41,79 Kb.
#83239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Pul aylanishi va uning tarkibiy qismlari Reja

Monetar siyosat: xarakatdagi pul miqdorini belgilash, uni qat’iy nazorat qilish; tijorat banklari faoliyatini ko’zatib borish: kredit emissiyasini bajarib borish; davlat oltin – valyuta zaxirasini yaratish va foydalanishni ko’zda tutadi.

Davlat xarajatlari va soliqqa tortish bo’yicha chora – tadbirlar ko’rish orqali mamlakatdagi ijtimoiy – iqtisodiy muammolarni yechishga qaratilgan siyosat fiskal siyosat deyiladi.

Fiskal siyosatning asosiy vazifasi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish uchun davlat pul fondlarini markazlashgan tarzda tashkil etish va ishlatish orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash.

Fiskal siyosat avtomatik va diskresion siyosatga bo’linadi. Avtomatik deganda xukumat tomonidan qo’shimcha chora – tabirlar belgilamay mavjud iqtisodiy mexanizm orqali iqtisodiy o’zgarishlarga moslashuvchan siyosat tushuniladi. Soliq to’zilmalarini iqtisodiy kon’yuktura o’zgarishiga boђliqligi va boshqalar.

Diskresion (lotincha dissrecio – o’z qaroriga qarab amal qiluvchi) siyosat davlat tomonidan yalpi milliy mahsulotning real xajmiga, bandlik, iflyasiya va iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatish maqsadida davlat tomonidan aniq chora – tadbirlarni belgilash tushuniladi. Doimiy amal qiluvchi qonunlar, qoidalar, me’yorlarga kushimcha ravishda yoki ularni o’zgartirish bo’yicha tezkor tarzda majburiy chora – tadbirlar ko’riladi (soliq reformasi va boshqalar).

Umuman olganda fiskal siyosat ijtimoiy ximoya usullarini, byudjet daromadlari va xarajatlarini rejalashtirish, iqtisodiy rivojlanish sur’atlarini oshirish siyosati, narx – navoni pasaytirishga ta’sir ko’rsatish kabi chora – tadbirlarni o’z ichiga oladi.




Yüklə 41,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə