Pul aylanishi va uning tarkibiy qismlari Reja


Naqd pulsiz hisob – kitob tashkil etilishi va tamoyillari



Yüklə 41,79 Kb.
səhifə6/12
tarix29.01.2022
ölçüsü41,79 Kb.
#83239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Pul aylanishi va uning tarkibiy qismlari Reja

4. Naqd pulsiz hisob – kitob tashkil etilishi va tamoyillari
Naqd pulsiz hisob – kitoblarni tashkil etish va amalga oshirishni banklar olib boradi. Maxsus banklar xalk xujaligi tarmoklari korxonalariga hisob – kitob xizmatini kursatadi. Markaziy bank bu hisob – kitoblarni yuritish bo’yicha tartib qoidalarni ishlab chiqadi.

Naqd pulsiz hisob – kitoblar quyidagi unsurlarni o’z ichiga oladi:

1. Naqd pulsiz hisob – kitoblarni olib borish va amalga oshirishning asosiy tamoyillari;

2. Hisob – kitob shakllari;

3. Hisob – kitob xujjatlari;

4. To’lov turi;

5. To’lov navbati va manbalari;

6. Hisob – kitob qatnashchilari;

7. Hisob – kitob qatnashchilarining xuquq va majburiyatlari va boshqalar

Naqd pulsiz hisob – kitoblar quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:

1. Korxona va tashkilotlar o’z pul mablaђlarini (qarzga olganlarini ham) banklarda saqlashi zarur;

2. Barcha naqd pulsiz hisob – kitoblarni bank orqali o’tishi;

3. Xo’jalik subyektlari hisob – kitoblar shakllarini erkin tanlashlari va uni shartnoma orqali mustahkamlab qo’yishlari.

4. Xo’jalik subyektlarining hisob – kitoblar bo’yicha shartnomaviy munosabatlariga bankni aralashmasligi;

5. Tovarlar va xizmatlar uchun to’lovlar to’lovchining roziligi bilan amalga oshirilishi;

6. To’lovlar xo’jalik subyektlarining hisob varaqasidagi mablaђlari hisobidan, ba’zida (agar korxona kredit olishi mumkin bo’lsa) bank krediti hisobidan amalga oshirilish.

7. Mol yetkazib beruvchining hisob varaђiga pul mablaђlarini o’tkazish mazkur mablaђlarning mol sotib oluvchining hisob varagidan chiqarilgandan keyin amalga oshiriladi;

8. To’lovchi tegishli xuquqga ega bo’lsa to’lovni qisman va tulik rad etishi.

Xo’jalik subyektlari pul mablaђlarini saqlash va hisob – kitoblar olib borish, kassa operasiyalarini amalga oshirish uchun tegishli bank bo’linmalarida o’zlarining hisob varaqlarini ochadi.

Byudjet hisob varaqlari byudjet kassasini ijro etish operasiyalarini bajarish, to’lovlarning tushumi va xarajatlarni aks etirish uchun ochiladi.

Ssuda hisob varaqlari ma’lum tartibda rasmiylashtiriladigan ssudalar (kreditlar) bo’yicha ochiladi.

1997 yildan hisob – kitob va joriy hisob varaqlari urniga depozit hisobvaraqlari, ya’ni talab kilib olinadigan depozit hisob varaqlari joriy etilgan. Depozit – bank muassasalarida saklash uchun quyilgan pul mablaђlari yoki qimmatli qoђozlar ma’nosini bildiradi.



Yüklə 41,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə