Pul aylanishi va uning tarkibiy qismlari Reja


Naqd pulsiz hisob – kitob shakllari



Yüklə 41,79 Kb.
səhifə7/12
tarix29.01.2022
ölçüsü41,79 Kb.
#83239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Pul aylanishi va uning tarkibiy qismlari Reja

5. Naqd pulsiz hisob – kitob shakllari
Hisob – kitoblar shakli deganda xuquqiy me’yorlarda ko’zda tutilgan hisoblashuv xujjatlarining turi va xujjat aylanishi tartibi bilan farq qiladigan mablaђlarni naqd pulsiz utkazish shartlari tushuniladi.

Hisob - kitob operasiyalari banklar tomonidan korxona uchun ochilgan hisob varaqlaridan mijoz bilan hisob – kitob xizmati kursatish yuzasidan to’zilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 1998 yil 27 iyundagi 60 – sonli «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob – kitoblar to’ђrisida Nizom»ga asosan xo’jalik yurituvchi subyektlar o’rtasidagi naqd pulsiz hisob – kitoblar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

- to’lov topshiriqnoma - №0505411002;

- to’lov talabnoma - №0505411001;

- akkreditivga ariza - №0505411009;

- inkasso topshiriqnoma - №0505411013;

- hisob – kitob cheki - №0505411005;

- memorial order - №0505411008;

- plastik kartochkalar bilan hisoblashish

Korxonalar o’ziga qo’lay bo’lgan hisob – kitob shaklini erkin tanlashi mumkin. Hisob – kitoblarning qaysi shaklini qo’llash mumkinligini, to’lovning to’lash tartibi, to’lovchi bilan mablaђ oluvchi o’rtasida to’ziladigan shartnomada kursatiladi.

Yukoridagi shakllar bo’yicha qullaniladigan xujjatlar Markaziy bankning quyidagi talablari va andozalariga mos kelishi lozim:

- hisob-kitob xujjatining raqami;

- xujjat to’ldirilgan sana, oy, yil;

- to’lovchining nomi;

- to’lovchining hisob varaq raqami;

- soliq to’lovchisining identifikasiya raqami (chek va akkreditivlarda kursatilmaydi);

- to’lovchi bank nomi;

- to’lovchi bank kodi;

- oluvchining nomi;

- oluvchining hisob raqami;

- oluvchi bank nomi;

- oluvchi bank kodi;

- to’lov so’mmasi miqdori (yozuvda ham ko’rsatiladi);

- to’lovning maksadi (cheklarda ko’rsatilmaydi);

Bulardan tashqari hisob-kitob cheklarida qo’shimcha ravishda quyidagilar kursatiladi;

- chekning seriyasi va raqami;

- jismoniy shaxs pasportining seriyasi va raqami;

- chekning oxirgi amal qilish sanasi

Shu kabi akkreditiv bo’yicha arizada quyidagilar kushimcha ravishda kursatiladi;

-amal qilish mudatti;

- akkreditiv ochilayotgan shartnoma raqami va sanasi;

- buyurtma raqami;

- buyurtma sanasi;

- tovar yoki xizmatning nomi;

- akkreditiv bo’yicha to’lovni amalga oshirishda asos bo’lgan xujjatning turi;

-qo’shimcha shartlar

Xujjatlar imzo quyish xuquqiga ega bo’lgan mansabdor shaxslarning o’z qo’li bilan qo’ygan imzosi va korxona muxri mavjud bo’lganda qabul qilinadi.

Xujjatlarni buyash, chizish va tozalashga yul quyilmaydi.

Naqd pulsiz hisob – kitob shakllarining muhim turlaridan biri to’lov topshiriqnoma hisoblanadi.

To’lov topshiriqnoma mijoz o’z hisobvaraђidan unga xizmat kursatuvchi bankka ma’lum bir so’mmani boshqa mijozning hisobvaraђiga o’tkazish to’ђrisidagi topshiriђidir.

Topshiriqnomalar bilan tovarlar, ish, xizmatlar va boshqa to’lovlar bo’yicha hisob – kitoblar amalga oshiriladi.

O’zbekiston Pochta va telekommunikasiya agentligi orqali (pensiyalar, alimentlar va boshqalar) mablaђlarni oluvchilarga to’lov topshiriqnomalari bilan junatishda ilova qilinishi lozim bo’lgan barcha xujjatlar (junatmalar ro’yxati, ma’lumotnomalar va boshqalar) mijozlar tomonidan bevosita O’zbekiston Pochta va telekommunikasiya agentligi korxonalariga taqdim etiladi.

Topshiriqnomalar bank tomonidan to’lovchi hisob varaђida mablaђlar bo’lgandagina (agar shartnoma va boshqa me’yoriy xujjatlarda boshqalar ko’zda tutilgan bo’lmasa) qabul qilinadi.

To’lov topshiriqnomalari bankga to’lovchi va oluvchiga bitta bank xizmat qilsa 3 nusxada (bank uchun, to’lovni oluvchi va to’lovchiga) taqdim etiladi, agar har xil banklar xizmat qilsa 4 nusxada to’ziladi.

Elektron to’lovlar tizimi orqali olingan elektron to’lov topshiriqnoma mablaђlarni oluvchi bankda 2 nusxada qabul qilinadi:

- bir nusxasi bankning kunlik xujjatlariga tikiladi.

- ikkinchi nusxasi mablaglar oluvchining shaxsiy hisob varagidan olingan kuchirmaga ilova qilinadi.

To’lov topshiriqnomaning sanasi uni bankka takdim etilgan sana bilan bir xil bo’lishi kerak, ular mos kelmagan xolda to’lov topshiriqnoma ijro uchun qabul qilinmaydi (byudjetga va byudjetdan tashqari fondlar bo’yicha fondlar bo’yicha to’lovlar bundan mustanosno).


Yüklə 41,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə