Pul-kredit tizimi davlatning pul kredit siyosati Reja: Bank tizimi



Yüklə 81 Kb.
səhifə2/6
tarix28.11.2023
ölçüsü81 Kb.
#137440
1   2   3   4   5   6

2. Pul-kredit siyosati


Pul-kredit siyosati deganda, to’liq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o’zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi.Uning yordamida xar qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasini hayotga tadbiq etadi.
Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari iqtisodiy o’sish, to’liq bandlikni, baholarning hamda to’lov balansining barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Bu maqsadlarga erishish uchun milliy valyutani muomaladagi pul massasi, foiz stavkasi va milliy valyuta almashinuv kursining optimal kattaliklarini ta’minlab turish zarur bo’ladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Markaziy Bank qator vazifalardan foydalanadi.
Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib ko’rsatiladi:

  1. Hisob stavkasi;

  2. Majburiy zaxiralar normasi;

  3. Ochiq bozordagi operatsiyalar.

Markaziy bank ular yordamida pul yoki asosan bank depozitlari ko’rinishidagi pul massasiga yoki foiz stavkasiga ta’sir o’tkazadi, taklifini o’zgartiradi va shular orqali pul-kredit muomalasini tartibga solib turadi.
Ochiq bozordagi operatsiyalar — Markaziy bank tomonidan davlat obligatsiyalarini (qimmatli qog’ozlarni) tijorat banklari va aholidan sotib olish va ularga sotish bo’yicha operatsiyalardir. Markaziy bank tijorat banklaridan yoki ahodidan bu qimmatli qog’ozlarni sotib olar ekan, tijorat banklari zaxiralarini sotib olingan obligatsiyalar miqdori hajmida ko’paytiradi. Bu zaxiralar pul bazasiga kiradi, ya’ni yuqori quvvatli pullar bo’lganligi uchun pul taklifi multiplikativ ko’payadi. Markaziy bank tijorat banklari va aholiga obligatsiyalarni sotish bilan zahiralarni hamda tijorat banklarining kredit berish qobiliyatini kengaytiradi. Bu holda pul taklifi qisqaradi.
Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muhim vositalardan biri — bu hisob stavkasi siyosatidir. Hisob stavkasi yoki qayta moliyalash stavkasi deb Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudaning foiz stavkasi tushuniladi.
Amaliyotda, davlatlar hisob stavkasi siyosatini ochiq bozordagi operatsiyalar siyosati bilan muvofiqlashtirilgan holda olib borishga harakat qiladilar.
Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan yana biri — bu, majburiy bank zaxira me’yorini o’zgartirish siyosatidir. Majburiy zaxiralar — bu, kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir. Ular mijozlar tomonidan o’z omonatlarini talab qilib olganda zarur bo’ladi. Zaxira normasi ikki
asoslanishi, monetaristlar fikricha esa, pul taklifining darajasiga asoslanishi lozim. Keynschilar bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlat aralashuvi shart deb xisoblashadi, monetaristlar esa uni ortiqcha deb hisoblaydilar.
Keynschilar pul taklifining YaIMga ta’sirini quyidagi ketma-ketlikda amalga oshadi deb hisoblashadi: pul taklifining o’zgarishi foiz stavkasining o’zgarishiga olib keladi, u esa o’z navbatida, investitsiyalarga bo’lgan talabning o’zgarishi orqali ishlab chiqarish hajmiga, ya’ni YaIMga ta’sir etadi. Monetaristlar esa pul miqdorining o’zgarishi bilan YaIM o’zgarishi o’rtasida yaqinroq aloqa mavjud, ya’ni pul miqdorining o’zgarishi bevosita YaIM o’zgarishiga olib keladi, deb hisoblashadi.
Buni ular pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi bilan izohlaydilar:
M x V = R x Y
Agar R x Y = nominal YaIM bo’lsa, unda tenglamani quyidagicha yozish mumkin bo’ladi:
M = YaIM / V;
Bu erda: M - pul taklifi;
V - pulning aylanish tezligi yoki aylanishlar soni;
R - tovar va xizmatlarning o’rtacha bahosi; Y - real YaIM.
Bunda monetaristlar pulning aylanish tezligini barqaror deb hisoblaydilar, keynschilar esa, aksincha, nobarqaror deydilar.
Hozirda mavjud bo’lgan monetaristik siyosatning modellari bu ikki yondashuvni sintez qilgan, ya’ni, bu yondashuvlarning ijobiy jihatlarini qo’shib, o’zida aks ettiradi. Pul kredit siyosatining uzoq muddatli maqsadlariga erishish uchun monetaristik yondashuv ko’proq ishlatiladi. Shu bilan birga qisqa muddatli davrlarda esa davlat foiz stavkasiga ta’sir etish usulidan voz kechmaydi.
Davlatning pulga bo’lgan talab va taklifi o’zgarishi borasidagi siyosatini monetar siyosat deb yuritiladi. Bu siyosat monetarizm nazariyasiga asoslanadi. Uning bosh g’oyasi iqtisodiy o’sishni bozor mexanizmi ta’minlaydi, bu mexanizmning asosiy vositasi pul, degan xulosadan iborat. Pulga bo’lgan talab va
Davlat o’z xarajatlarini qoplash uchun pul emissiyasini amalga oshirib, uni ko’paytirib, muomalaga kiritishi mumkin. Lekin uni tovar va xizmatlar massasi bilan ta’minlay olmasa pulning qadrsizlanishi kuchayib boradi. Demak, qog’oz pullar oltinga, chet el valyutasiga nisbatan qadrsizlanadi. Binobarin, pul miqdori asosan ishlab chiqarish holatiga, narxga, pul aylanishi tizimiga bog’liq bo’lib, unga nisbatan davlat jiddiy yon-dashadi. Iqtisodiyotni tartibga solish uchun davlat muomaladagi pul miqdorini o’zgartirib, uni normal holga keltirib turadi.
Markaziy Bank bir vaqtning o’zida ham pul massasini, ham foiz stavkasini o’zgartirmasdan ushlab turolmaydi. Pulga talab o’sgan xolatlarda maqsad foiz stavkasining barqarorligini ta’minlash bo’lsa Markaziy Bank pul taklifini oshirishga majbur bo’ladi. Bu tadbir yumshoq pul kredit siyosati deb yuritiladi. Pul massasining ko’payib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun pul taklifini cheklash siyosatini qo’llash foiz stavkasining ko’tarilishiga olib keladi va bu siyosat kattiq pul kredit siyosati deb yuritiladi.
Agar pulga talab inflyatsiya ta’sirida ko’paysa qattiq pul kredit siyosatini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. Maboda pulga talab ishlab chiqarish va daromadlarning o’sishi oqibatida oshsa yumshoq pul kredit siyosatini qo’llash o’rinlidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiyotga aralashivi yanada oshadi. Xususan, davlat iqtisodiyotga kredit tizimi orqali faol ta’sir ko’rsata boshlaydi.
Bunda ssudaga beriladigan pul miqdorini o’zgartirish uchun foiz vositasidan foydalanadi. Ma’lumki, kredit munosabatlarida Markaziy bank markaziy zaxira tizimi vazifasini o’taydi va ular davlat ta’sirida bo’ladi. Davlat kreditga bo’lgan talab va taklifni mar-kaziy zaxira tizimi orqali o’zgartiradi. Ushbu jarayonni uch xil yo’l bilan amalga oshiradi.
Birinchidan, davlat markaziy zahira tizimi orqali banklar mablag’ining qarzga beriladigan va zahirada turadigan qismlari ulushini o’zgartiradi.
Ikkinchidan, markaziy zaxira tizimi o’zi boshqa banklardan oladigan foizlarni o’zgartiradi. U boshqa banklarga past foiz hisobidan qarz berib, ularga moliyaviy yordam ko’rsatadi. Imtiyozli qarz olish banklarga quvvat berganidan ular kreditlash ishida faol qatnashib, iqtisodiy o’sishga ta’sir eta oladilar.
Uchinchidan, davlat markaziy zaxira tizimi orqali xazina veksellarini (majburiyatlarini) tarqatadi, o’z zayomlarini sotadi yoki qimmatli qog’ozlarni sotib oladi.
Davlatning pulga bo’lgan talab va taklifni o’zgartirish borasidagi siyosati monetar siyosat deb yuritiladi. Ushbu siyosatni o’tkazish orqali davlat iqtisodiyotni tartibga solib turadi.

Yüklə 81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə