Pul mablag‘larining korxona iqtisodiyotidagi o‘rni va ularning asosiy vazifalari


"Valyuta schyoti"ning analitik hisob kartochkasi



Yüklə 81,72 Kb.
səhifə9/9
tarix26.04.2022
ölçüsü81,72 Kb.
#86079
1   2   3   4   5   6   7   8   9
KURS ISHI

5200 "Valyuta schyoti"ning analitik hisob kartochkasi

Valyutaning nomi valyuta kursi________

oy boshiga qoldiq bo‘yicha

Bank ko‘chirmasi

(sana, tartib raqami)



Muomala sodir bo‘lgan kunga valyuta kursi

Oborotlar



Reyting bo‘yicha

kredit bo‘yicha







Valyuta summasi

kursi bo‘yicha

Valyuta summasi

kursi bo‘yicha



















Oy bo‘yicha jami Oy oxiriga qoldiq
4.5. Boshqa pul mablag‘larining hisobi
Boshqa pul mablag‘lariga 5500 "Bankdagi mahsus schyotlar”deb nomlanuvchi bosh schyotdagi pul mablag‘lari kiradi. 5500 "Banklardagi mahsus schyotlar”schyoti respublika xududida va xorijda akkreditivlar, chek daftari, boshqa to‘lov xujjatlarida (veksellardan tashqari) joriy, alohida va boshqa mahsus schyotlarda O‘zbekiston Respublikasi valyutasida va xorijiy valyutadagi pul mablag‘larining mavjudligi va harakati haqidagi, shuningdek, maqsadli moliyalash mablag‘larining (tushumlarining) alohida tarzda saqlanishi lozim bo‘lgan qismi harakati haqidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. 5500 "Banklardagi mahsus schyotlar”schyotida quyidagi subschyotlar ochilishi mumkin:

5510 "Akkreditivlar"

5520 "CHek daftarchalari”

5530 “Boshqa mahsus schyotlar”

Birinchi subschyotda akkreditivlarda turgan mablag‘larning harakati hisobga olinadi. Hisob-kitoblarning akkreditivlarda turgan mablag‘larning harakati hisobgna olinadi. Hisob-kitoblarning akkreditivlar shaklida amalga oshirilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan tartibga solinadi.

Pul mablag‘larning akkreditivlarga o‘tqazilishi 5500 "Banklardagi mahsus schyotlar”schyotining debeti va 5100 "Hisob-kitob schyoti", 6810 "Banklarning qisqa muddatli kreditlari”va boshqa shu kabi schyotlarning krediti bo‘yicha aks ettiriladi. Akkreditivlardagi mablag‘lardan foydalanishiga qarab (bank ko‘chirmalariga muvofiq), 6010 "Mol etqazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar”schyotining debetiga hisobdan chiqariladi. Akkreditivlardagi foydalanilmagan mablag‘lar bank tomonidan ular o‘tqazilgandan so‘ng 5100 "Hisob-kitob schyoti”yoki 5200 "Valyuta schyoti”debetlanib, 5500 "Mahsus schyotlar”schyoti kreditlanadi. korxona tomonidan taqdim etilgan har bir akkreditiv bo‘yicha 5510 "Akkreditivlar”subschyotiga doir analitik hisob olib boriladi.

5520 "CHek daftarchalari”subschyotida chek daftarchalarida bo‘lgan mablag‘lar harakati hisobga olinadi. Hisob-kitoblarni cheklar bilan amalga oshirish tartibi bank qoidalari bilan tartibga solinadi. Chek daftarchalarini berish paytida mablag‘larni deponentga o‘tqazish 55 "Banklardagi mahsus schyotlar”schyoti debeti va 5100 "Hisob-kitob schyoti", 5200 "Valyuta schyoti", 6810 "Banklardagi qisqa muddatli kreditlar”va shu kabi schyotlar kreditlanadi. Bankdan olingan chek daftarchalari bo‘yicha summalar korxonaga berilgan cheklarning to‘lanishiga qarab yaqin bankning unga taqdim etilgan cheklarga to‘lanadigan summalarida (bankning ko‘chirmalariga binoan) 5500 "Bankning mahsus schyotlar”schyotining kreditidan hisob-kitoblarni hisobga olish schyotlarining debetiga hisobdan chiqariladi. Berilgan, lekin bank haqini to‘lamagan (to‘lashga takdim etilmagan) cheklarga doir summalar 5500 "Banklardagi mahsus schyotlar”schyotida qoladi. 5520 "CHek daftarchalari”subschyoti bo‘yicha saldo bankning ko‘chirmasiga oid saldoga muvofiq bo‘lishi kerak. Bankka qaytarilgan cheklarga doir (foydalanmay qolgan) summalar 5500 "Banklardagi mahsus schyotlar”schyotining krediti bo‘yicha 5100 "Hisob-kitob schyoti”yoki 5200 "Valyuta schyoti"ning debeti bo‘yicha korrespondentlanadi. korxonaning xodimlariga kreditorlar korxonalar bilan hisob-kitoblar uchun ularning hisobotiga berilgan chek daftarlaridagi mablag‘larning xarkati operativ tarzda nazorat qilinadi. 5520 "CHek daftarchalari”subschyoti bo‘yicha analitik hisob xar bir olingan chek daftarchasi bo‘yicha yuritiladi. 5500 "Bankdardagi mahsus schyotlar”schyotiga ochiladigan alohida subschyotlarida bankda alohida tarzda saqlanadigan maqsadli moliyalash mablag‘larning (tushumlarning) harakati, jumladan, ijtimoiy muassasalarni (bolalar bog‘chasi, yaslilar va xokazo) saqlash uchun ota-onalardan, boshqa foydalanuvchilardan va o‘zga manbalardan kelib tushgan mablag‘lar; kapital qo‘yilmalarni moliyalash uchun korxona iltimosiga ko‘ra alohida schyotdan tuplanadigan va sarflanadigan mablag‘lar hukumat organlarining subsidiyalari va xokazolar hisobga olinadi. Joriy xarajatlarni (ish haqi, ayrim xo‘jalik xarajatlari, xizmat safari summalari va xokazo) amalga oshirish uchun bankning mahalliy muassasalarida joriy schyotlar ochiladigan korxona tarkibidagi va alohida balansga ajratilgan filiallar, tarkibiy birliklar yuqorida keltirilgan mablag‘lar harakatini aks ettirish uchun 5500 "Bankdagi mahsus schyotlar”schyotiga alohida subschyot ochiladi. Xorijiy valyutadagi mablag‘larning mavjudligi va harakati 5500 "Bankdagi mahsus schyotlar”schyotida alohida hisobga olinadi. Bu schyot bo‘yicha analitik hisobning tuzilishi respublika hududida va xorijda akkreditivlar, chek daftarchalari, boshqa to‘lov xujjatlarida pul mablag‘larining mavjudligi va harakati haqidagi ma’lumotni olish imkoniyatini ta’minlash lozim.

5600 "Pul ekvivalentlari xujjatlari”schyoti korxona kassasidagi pul xujjatlari (pochta markalari, davlat boji markalari, veksellar haqi to‘langan aviapattalar, dam olish uylariga va sanatoriyalarga haqi to‘langan yo‘llanmalar va xokazolarning) mavjudligi va harakati haqidagi axborotni umumlashtirishga mo‘ljallangan. Pul xujjatlari 5600 "Pul ekvivalentlari xujjatlari”schyotida nomli qiymati bo‘yicha hisobga olinadi va ularning analitik hisobi pul xujjatlarining turlari bo‘yicha yuritiladi. 5710 "Yo‘ldagi pul mablag‘lari”schyoti yo‘ldagi milliy va xorijiy valyutalardagi pul mablag‘lari (o‘tqazmalarning) ya’ni korxonaning hisob-kitob schyoti yoki boshqa schyotida qayd etish uchun banklar kassalarida omonat kassalarga yoki pochta bo‘linmalari kassalariga kiritilgan, lekin hozircha belgilangan maqsad bo‘yicha qayd etilmagan pul summalari (asosan savdo tushumi)ning mavjudligi va harakati haqidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bank muassasalari, omonat kassalari pochta bo‘linmalarining kvitansiyalari tushumni bank inkassatorlariga topshirish uchun ilova qilinadigan qaydnomalar nusxalari va shu kabilar summalarni (masalan, tushumni topshirishda) 5710 "Yo‘ldagi pul mablag‘lari “schyoti bo‘yicha hisobga olish uchun asos bo‘ladi.

Xorijiy valyutalardagi pul mablag‘lari (o‘tqazmalarning) harakati 5710 "Yo‘ldagi o‘tqazmalar”schyotida alohida tarzda hisobga olinadi.

Shunday qilib, pul mablag‘larini yuqorida ko‘rsatilgan tartibda taftish va nazorat olib borish korxonaning pul mablag‘larining samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi.



Korxonaning iqtisodiy samaradorligini oshirish nafaqat ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini va miqdorini oshirish va ularning yuqori baholarga sotish balki mavjud ishlab chiqarish resurslaridagi eng avvalo pul mablag‘laridagi samarali foydalanish hisobiga ham erishish mumkin. Buning uchun esa korxonalardagi pul mablag‘larining harakati ularning kelib tushishi va sarflanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish alohida ahamiyatga egadir. Ushbu vazifa esa eng avvalo pul mablag‘larini hisobga oluvchi buxgalteriya hisobining schyotlari, ularning subschyotlari va analitik schyotlarida shakllanadigan ma’lumotlarni ya’ni korxonani boshqarish uchun zaruriyligi nuqtai-nazaridan yig‘ish qayta ishlash va saqlashni tashkil qilish alohida ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan qaraganda pul mablag‘larining amaldagi hisob tizimini takomillashtirish zaruriyati vujudga kelmoqda. Chunki amaldagi hisob tizimi rejali iqtisodiyot davrida bo‘lib xozirgi bozor munosabatlari talablariga deyarli to‘la javob bermaydi. Bozor munosabatlarining vujudga kelishi faqatgina korxonalarga eskport va import operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 52 "Valyuta schyoti"ni kiritish bilan ta’minlanmaydi.
Yüklə 81,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə