Oxir oqibatda oddiy tovar ko`rinishidagi umumiy ekvavalent o`rniga pul shaklidagi umumiy ekvivalent, ya`ni pul maydonga chiqdi.
Masalan:
1 qop bug’doy
10ta qo`y
10 kg choy 2 unktsiya (35.6
gramm) oltin
40 kg qaxva
0.5 tonna ko`mir
Bunda oltin oddiy tovar emas, balki pul ko`rinishini oladi.
Umuman pul o`z taraqqiyyotida 4 bosqich va 4 shaklga ega bo`lgan:
1. Tovar shaklida - “qo`yma” asrimizdan oldingi VII – asrgacha
2. Tanga pullar – “tanga” asrimizdan oldingi VII-XIX -
asrlar
3. qog’oz pullar – “banknot” XIX-XX asrlar
4. Elektron pullar – “kartochka” XX – asr o`rtalaridan
Shuni ta`kidlash lozimki uzoq yillar davomida qimmatli
metallar pul vazifasini bajargan va uning asosiy sabablari bo`lib:
1. Ularni qiymati yuqori, hajmi kichik.
2. Ular bo`linuvchan, ular bo`linganda sifatini yo`qotmaydi. 3. Ularning yaxshi saqlanishi (masalan, ko`mganda ham).
4. Ularni olib yurish qulay
5. Bir og’irlikdagi oltin bir-biridan deyarli farq qilmaydi (bir
turdagi mo`yna bir-biridan nimasi bilandir farq qilinadi) va boshqalar.
Ayrim manbalarga ko`ra (“Ekonomicheskaya teoriya” pod.red.V.I.Vilyapina, Dobryanina A.I. Moskva. 2001 y str.141- 166) dastlabki qog’oz pullar XII-asrda Xitoyda, 1571 yilda Fransiyada, 1690 yilda AQSH da, XVIII- asrda Ekaterini II- davrida Rossiyada paydo bo`lgan. Qog’oz pullar muomilasini tashkil etishda Djon Lo (Fransiya 1710-1720 yillar), Dubasov I.I (1897-1987 yillar Rossiya) kabi ayrim shaxslar faoliyatini qayd etish lozim. Djon Lo duelda qatnashgani uchun London turmasidan qochib Gollandiyada, keyin Italiyada yashab ancha