Birinchi navbatda so`mning xarid quvvatini oshirish uchun iste`mol bozorini kerakli mollar bilan to`ldirish, aholini ehtiyojlarini qondiradigan va xorijdan keltiriladigan mollar bilan raqobat qila oladigan o`z mahsulotimizni ishlab chiqarishga zo`r berish zarur bo`ladi.
Ikkinchidan, yangi yilda valyuta zaxiralarini ko`paytirish choralarini ko`rishimiz lozim. Buning uchun respublikamizning eksport
imkoniyatlarini kengaytirish, korxonalarning eksport qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish, jahon bozoridan mustahkam joy olish jarayonlarini chuqurlashtirish lozim. Eksport qilinadigan mollarni butun choralar bilan ko`paytirish va shu hisobdan valyuta tushumini oshirish uchun o`zimizga bog’liq bo`lgan hamma ishimizni qilishimiz kerak.
Uchinchidan, yoqilg’i-energiya manbalarini, ko`pgina uskuna va oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan
sotib olishni kamaytirish, ularni o`zimizda ishlab chiqarilgan mahsulot bilan almashtirish, tashqi savdo balansini mustahkamlashning muhim jihatidir. Bu jarayon energiya
manbalari va asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan sotib olishni eng kam zarur miqdorga qadar kamaytirishga olib borishi lozim.
To`rtinchidan, kapital bozorining barcha vositalaridan foydalangan holda O`zbekistonning qimmatli qog’ozlar
bozorini rivojlantirgan holda, aholi mablag’larining, shuningdek korxonalarning vaqtincha erkin mablag’larini jalb etish bo`yicha amalga oshirayotgan ishlarimizni tubdan qayta ko`rib chiqishimiz zarur. Belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, almashuv kursini barqarorlashtirish, milliy valyutani mustahkamlashda o`z samarasini ko`rsatishi lozim.
Milliy valyutamizni mustahkamlash va uning erkin muomiladagi
quvvatini oshirish ikkinchi ustivor vazifa – pul qadrsizlanishining keskin ravishda kamaytirish bilan bevosita bog’liqdir.
Pulning barqarorligi deganda
pulning sotib olish qiymatining
o`zgarmasligi va valyuta doimiyligi tushuniladi. Shunga asosan uni sotib olish qobiliyati unga to`g’ri keladigan
tovar va xizmatlarning miqdori bilan, pulga bo`lgan talab va taklifni muvozanati bilan, davlat byudjeti taqchilligining holati bilan, inflyatsiyaga qarshi ko`riladigan choralarga ko`p jihatdan bog’liq.
Pulning yana bir xususiyati bu uning yuqori likvidlik darajasidir.
Pul eng likvid aktivdir, chunki u egasi tomonidan barcha majburiyatlarni oddiy o`tkazma yoki hisobvaraqlarga yozish orqali to`lash uchun foydalanishi mumkin.
Naqd pullar (tangalar, xazina yozuvlari, banknotalar) mutlaq likvidlikka ega va naqd pulsiz (likvidlik bo`yicha bank hisobvaraqlaridagi mablag’lar) likvidligi pastroq.
Pul – bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo`lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o`zida aks ettiradi va tovar xo`jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi.
Bu ta`rif pulni quyidagi xususiyatlarini o`zida ifodalaydi:
1. Pulning boshqa tovarlardan
ajralib turuvchi maxsus
tovarligi.
2. Pul – bu umumiy ekvivalent – yagona tovar bo`lib qolgan
tovarlar qiymatini o`zida ifoda qilishi.
3. Pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat
va boshqa xarajatlarni o`zida ifoda qilishi.