Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

nanotrubkalarni
shakllantirish mumkin. Yaqingacha ular faqat silindr shaklida yaratilgan. 
Ulami qobig‘i, kerakli darajada qattiq qo‘sh zanjirli DNK molekulasidan 
tashkil topgan edi.
Unchalik darajada qattiq bo‘lmagan (egiluvchan, elastik)
holatdagi 
nanotrubkalar 
olish 
mumkinmi? 
Shakli 
nafaqat
silindrsimon, balki boshqa shaklli nanotrubkalar olish mumkinmi?
- degan savollar olimlami 
qiziqtirib 
kelgan. Kanadalik (Monreal) 
olimlar elastik nanotrubkalar yaratish muammosini ijobiy hal qildilar. 
Buning uchun ular, ikki zanjirli qattiq DNK emas, balki bir zanjirli 
qattiqligi kamroq bo‘lgan DNK molekulasidan foydalanganlar. Shuning 
bilan bir qatorda, ular uchburchakli va kvadrat kesimga ega bo‘lgan 
nanotrubkalarni ham yaratganlar.
DNK asosidagi 
nanotrubkalar 
molekula zanjirini shakli va miqdo- 
rini o‘zgartirish imkoniyati, ulami ishlatish chegarasini kengayishiga 
sabab bo‘ladi. Masalan, nanoprovodni uzaytirishda uni shaklini nazorat 
qilish mumkin. DNK asosida tayyorlangan nanotrubkalar transmem­
branali oqsillami analiz qilishda va dorivor moddalarni nanoo‘lchamda 
tashuvchi sifatida ishlatilishi mumkin.
Harakatlanuvchi va shaklini o‘zgartiruvchi nanoqurilmalar DNKdan 
harakatsiz (statik) nanostrukturalar konstruksiya qilingandan keyin, 
olimlar harakatlanuvchi nanoqurilmalar yaratish ustida ish olib bordilar. 
Bunday strukturalami birinchi bo‘lib Garvard universiteti (AQSH) 
olimlari yaratganlar (53-rasm).
Har bir qurilma DNKni uzun halqasimon molekulasidan tayyor- 
lanadi. Bu molekula qisqaroq DNK molekulasi bilan aralashganda, ular 
bilan bog‘lanadi. Bog'lanish shunday amalga oshadiki, unda qisqa 
molekula tirgak sifatida ishlatiladi. Qisqa molekulalaming uzunligini 
o‘zgartirib, DNKni uzun molekulasiga dasturlangan uchlamchi struktura 
berish mumkin bo'ladi. DNKni qisqa molekulasini uzunligini o'zgartirish 
orqali, butun nanoqurilmani uchlamchi konfiguratsiyasini fazoda 
harakatlanishiga majbur etib o‘zgartirish ham mumkin.
87


53-rasm. DNK asosida о ‘z-o 'zidan yig ‘iladigan nanoqurilmalar. Ular о ‘z
о ‘mini о ‘zgartirishi kerak bo ‘Iganida о ‘zini shaklini ham
о ‘zgartirishi mumkin.
Bunday nanoqurilmalami mana shunday o‘ziga xosligi, ulardan 
nanomeditsinada foydalanishga yo‘l ochadi. Birinchidan, DNK tirik 
organizmlar bilan biologik moslik, ikkinchidan, DNK tez parchalanib 
ketishi mumkin. Eng yaxshi tomoni shuki, parchalanish natijasida DNK 
toksik yoki xavfli moddalar hosil qilmaydi. O ‘z-o‘zidan уig‘iladigan 
nanoqurilmalami 
bu 
texnologiyasi, 
viruslaming 
xususiyatini 
qaytaradigan (imitatsiya qiladigan) dorivor moddalarni tashuvchi 
sistemalarni paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. DNK molekulasini 
harakatchanligi tufayli, bunday nanoqurilmalar mexanik yoki kimyoviy 
yo‘l bilan uzatiladigan signallarga munosabat bildirish xususiyatiga ega. 
Bu esa, dori preparatlarini kerakli hujayraga olib borish va uni kerakli 
vaqtda «buyruq bo‘yicha» bo‘shatish (to‘kish, ozod qilish) xususiyatiga 
ega. Harakatlanuvchi nanoqurilmalar, shuningdek, o'zak hujayralami 
tashish va dasturlash maqsadida ham ishlatilsa bo‘ladi. Kerakli joyga 
yetkazilgan o‘zak hujayralar yordamida shikastlangan organlar qayta 
tiklanishlari mumkin.

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə