Qadimgi va milliy dinlar tasnifi Reja: 1


 Din va dinshunoslik tushunchalarining mazmuni va mohiyati



Yüklə 76,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix27.12.2023
ölçüsü76,45 Kb.
#163810
1   2   3   4   5   6
Din mavzusi

2. Din va dinshunoslik tushunchalarining mazmuni va mohiyati.
Din so‘zi arab 
tilidan olingan so‘z bo‘lib, 
“ishonch, ishonmoq, kimgadir bo‘ysunmoq, bo‘yin 
egmoq, itoat etmoq, kimdandir qarzdor bo‘lmoq, e’tiqod qilmoq, qilgan ishiga 
yarasha mukofotlamoq”
degan ma’nolarni bildiradi. Din insonning dunyodagi 
barcha narsani yaratgan ilohiy qudratga bo‘lgan ishonchini o‘zida ifodalab
insondagi ma’naviy e’tiqod va amalni o‘zida aks ettiradi. 
E’tiqod
so‘zi ham arab 
tilidan kirib kelgan so‘z bo‘lib, 
chuqur va mustahkam ishonch
degan ma’noni 
bildiradi. Diniy e’tiqod so‘zi mustahkam, chuqur ishonch, maslak va ishonishni 
o‘zida ifodalaydi. Insonning e’tiqodi din bo‘lib hisoblanishi uchun u uch asosiy 
xususiyatga ega bo‘lishi lozim bo‘lib, bulardan birinchisi, barcha narsaning 
yaratuvchisi bo‘lgan iloh (yoki ilohlar) haqidagi tasavvurning mavjudligidir. 
Jahondagi har bir dinda e’tiqod ob’ekti bo‘lgan Xudo mavjud bo‘ladi. Ikkinchidan, 
Xudo bilan insonlarni bog‘lab turadigan ibodat va marosimlar majmuasi ishlab 
chiqilib, dinga e’tiqodning amal qilishi shu ibodat va marosimlar bilan belgilanadi. 
Uchinchidan esa e’tiqodchilarni o‘zida jamlaydigan diniy tashkilotlar mavjud 
bo‘ladi. Diniy tashkilot – bu bir dinga e’tiqod qiluvchi kishilarning jamoaviy 
ravishda o‘z diniy rasm–rusum, ibodat marosimlarini o‘tkazadigan, diniy ta’lim 
oladigan muassasalaridir.
Dinshunoslik dinning mohiyati, ta’limoti, ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va 
ahamiyatini o‘rganib insonda dinlar haqida ilmiy dunyoqarashning shakllanishiga 
yordam beradi. Dinshunoslik o‘zining o‘rganish ob’ektiga ega bo‘lib, u dinning 
paydo bo‘lishi, jamiyat hayotida tutgan o‘rni, diniy e’tiqodlarning paydo bo‘lishi 
va rivojlanishi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi evolyusiyasini ilmiy jihatdan 
o‘rganadi.
3. Dinshunoslik fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
Dinshunoslik tarix, 
falsafa, psixologiya, sotsiologiya, madaniyatshunoslik, ma’naviyat asoslari, milliy 
g‘oya, axloqshunoslik, nafosatshunoslik, arxeologiya va boshqa ijtimoiy fanlar 
bilan bevosita bog‘liqdir. Dinshunoslikni ilmiy asosda o‘rganishda uning din 
fenomenologiyasi, din sotsiologiyasi, din psixologiyasi, din falsafasi kabi 
sohalariga asosiy e’tibor qaratiladi.
Dinning ko‘zga ko‘rinuvchi, tashqarida aks etuvchi jihatlarini o‘rganuvchi ilm 
sohasi 
“Din fenomenologiyasi”
deyiladi. Din fenomenologiyasi turli dinlarning 
ibodat va marosimlarini, muqaddas joy, zamon, narsa va shaxsiyatlarini tadqiq 
qilib, mushtarak jihatlarini topishga harakat qiladi. Din sotsiologiyasining asosiy 
mavzusi, jamiyatning asosiy shakllari va dinning tashqi ko‘rinishlari bilan ijtimoiy 
jarayonlar, ularning tuzilishi va qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Din 
sotsiologiyasi, jamiyat va diniy ilmlarning taraqqiyotini o‘zaro bog‘liqlikda 
o‘rganadi. Dinshunoslikning yana bir sohasi, din psixologiyasi insonga oid bo‘lgan 


diniy hayotning turli jihatlarini psixologik jihatdan o‘rganadi. Din psixologiyasi 
dinning psixologik jihatini, shaxsning diniy tajribasini va bu tajribaning turli 
ko‘rinishlarini bayon qilishga harakat qiladi. Din psixologiyasi diniy tajribadan 
boshlagan holda inson turlarini atroflicha o‘rganib, buyuk diniy shaxsiyatlarning 
ichki hayotlari bilan qiziqqan holda ularning ruhiy holatlari bilan shug‘ullanadi. 
Insonning diniy his-tuyg‘usi va yashash tarzi din psixologiyasining asosiy mavzusi 
bo‘lib hisoblanadi. Din psixologiyasi insonda din tuyg‘usi va hissiyotining qanday 
qilib kelib chiqqanligi va shakllanishini o‘rganadi.

Yüklə 76,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə