olam ana shu ikki quvvatdan tarkib topgan ikki olamga, ruhiy va moddiy olamga
bo‘linadi, Xudoning ichki quvvati oliy ruhiy quvvat, tashqi quvvati esa quyi
moddiy quvvat bo‘lib hisoblanadi, degan yondashuvlardan iboratdir. Ushbu
ta’limotga asosan ruhiy quvvat moddiy quvvatdan ustun bo‘lib, uni boshqarib
turadi. Ruhning o‘z xohishi bilan ruhiy olamda yoki moddiy olamda yashashi
mumkinligi e’tirof etiladi. Ruhlarning moddiy olamni boshqarish faoliyati aralash
quvvat, ya’ni ruhning moddiy hayoti bo‘lib hisoblanadi. Ruhning moddiy
olamdagi, bir tanadan ikkinchi tanaga o‘tib rivojlanish faoliyati ruhning
evolyusiyasi bo‘lib hisoblanadi. Inson tirik mavjudotlar ichida ong, tafakkurga ega
mavjudot bo‘lganligi uchun u ruh va moddaning bir-biridan farqini anglab yetadi.
Insonning boshqa tirik mavjudotlardan ajratib turuvchi yagona xislati o‘zining ruh
ekanini anglab yetishi va hayotda ana shu ilmi asosida
yashay olish qobiliyatiga
egaligidir. Insoniyat jamiyati tarixiy taraqqiyotida vujudga kelgan turli diniy-
falsafiy ta’limotlarda ruh va tananing bir-biriga munosabati va farqli jihatlari o‘z
davridagi sharoitdan kelib chiqib o‘rganilgan. Natijada teosofiya rivojlantirilgan.
Teosofiya mistik intuitsiya va vahiylar yordamida inson bevosita
xudoni anglab
yetishi mumkin deb hisoblaydi. Butun olamni qamrab oluvchi, barcha narsalarning
ilohiy mohiyati haqidagi tasavvur teosofiyaning nazariy asosini tashkil etadi. Rus
dinshunos faylasufi V.Solovyov teosofiyani ratsional ya’ni aqliy va empirik ya’ni
tajribaviy bilimlarning mistika bilan sintezi deb hisoblaydi. Yuqorida ko‘rsatib
o‘tilganidek, teosoflar jonning ko‘chib yurishini e’tirof etishgan. Ular
umuminsoniy birodarlik, barcha dinlarga yo‘l qo‘yishlik, ijtimoiy-xayoliy
g‘oyalarni ham targ‘ib qilib kelishgan. Ularning fikricha har bir dinda ilohiy
mohiyat bo‘lib, barcha dinlar insonning ilohiy tuyg‘ularini rivojlantirishga
xizmat
qiladi.
Dostları ilə paylaş: