2-§. Dinshunoslik va uning tushunchalari. Dinning asosiy elementlari.
Dinshunoslikda din, diniylik, dindorlik, diniy ong, diniy dunyoqarash, diniy
ruhiyat, diniy his-tuyg‘u, diniy kayfiyat, diniy g‘oya, diniy mafkura, diniy faoliyat,
diniy munosabat kabi bir qator tushunchalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro bog‘lik
holda jamiyat hayotida mavjud bo‘ladi. Ushbu tushunchalar
strukturaning
elementlari sifatida tizimli ravishda ko‘rib o‘tilganda quyidagi bog‘liqlik va
aloqadorlik jarayoni vujudga keladi.
Din murakkab tarkibiy tuzilishga ega bo‘lib, dinning tarkibiga diniy ong, diniy
marosim va diniy tashkilotlar kiradi.
1.
Diniy ong diniy dunyoqarash tarkibida muhim o‘rin tutib, diniy ong diniy
tasavvurlar, g‘oyalar, his-tuyg‘u va kayfiyatlarni ifodalaydigan qarashlar
tizimidan iboratdir
. Diniy ongning o‘zaro bog‘liq va nisbatan mustaqil bo‘lgan
ikki darajasi diniy ruhiyat va diniy mafkura mavjud. Diniy ruhiyat kishilarning
diniy his-tuyg‘ulari, odatlari, an’analari va kayfiyatlari majmuidan iborat bo‘lsa,
diniy mafkura diniy tashkilotlar orqali targ‘ib etiladigan turli diniy g‘oyalarning
muayyan tizimidir. Diniy ruhiyat taraqqiy etgan sayin diniy tasavvurlar ham
takomillashib, diniy tasavvurlardan diniy g‘oyalar shakllangan. Diniy mafkura
muayyan tushuncha va qarashlarning, g‘oyalarning tartibli tizimi bo‘lib, u
insoniyat taraqqiyotining nisbatan yuqori bosqichiga to‘g‘ri kelib, uni ruhoniylar,
kohinlar, dinni o‘rganuvchi faylasuflar ishlab chiqib targ‘ib etib kelganlar.
2.
Dinning tarkibiy qismlaridan diniy marosim ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib,
diniy marosim individ, gurux yoki tabaqalarning manfaatlari, g‘oyalari va orzu
istaklarini o‘zida aks etdiradigan munosabatlar va harakatlar tizimini o‘zida
ifodalaydi.
Diniy g‘oyalar, qarashlar, his-tuyg‘ular va harakatlar tizimi diniy
ta’limotni vujudga keltiradi. Diniy marosimlar ilohiy kuchga sig‘inish,
qurbonliklar qilish kabi usullar bilan amalga oshiriladi. Sig‘inish tarkibiga turli
udumlar, an’analar, duolar, ro‘za tutish va qurbonlik qilish kabilar kiradi. Sig‘inish
u yoki bu buyumni ilohiylashtirib (muqaddas qoratosh, qadamjolar, tumor, tasbeh,
diniy libos va boshqalar) vositasida ham amalga oshirilishi mumkin.
Din tarkibida e’tiqod ham muhim o‘rin egallab, e’tiqod insonning muayyan hodisa,
uning xossa va xususiyatlari xaqqoniy ekanligiga bo‘lgan ishonchidir. E’tiqodning
asosini ishonch tashkil etadi. Diniy e’tiqod ilohiy kuchlar
va hodisalarga ishonish,
sig‘inish orqali shakllanadi. Insonda e’tiqod dunyoviy ko‘rinishda bo‘lishi ham
mumkin. E’tiqodning dunyoviy ko‘rinishi insonni o‘rab turgan ob’ektiv olamdagi
narsa va hodisalarni hissiy tajriba va ilmiy bilish asosida shakllanadi.
3.
Diniy tashkilot diniy qarashlarga ega maslakdoshlarning muayyan birligi
bo‘lib, u umumiy e’tiqod va sig‘inishlar zaminida vujudga keladi
. Masjidlar,
cherkovlar, boshqa dinlarning turlicha nomlanadigan ibodatxonalari, diniy faoliyat
bilan shug‘ullanadigan boshqa faoliyat sub’ektlari ham diniy tashkilot bo‘lib
hisoblanadi.
Jamiyat hayotida diniy tushuncha , tasavvur va kayfiyatlarga moslashib, bularning
bevosita ta’siri natijasida vujudga
keladigan dindorlar, diniy jamoa, uyushma va
tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar diniy munosabatlar deyiladi. Dindorlar diniy
e’tiqod, maqsad va vazifalar birligi, diniy marosimlar va undan tashqaridagi
faoliyatlar birligi asosida diniy jamoalarga birlashib, bu jamoalar uyushma,
tashkilotlar orasida diniy munosabatlarga kirishadilar.
Mustaqil O‘zbekistonda diniy tashkilotlar
davlatdan ajratilgan holda, asosan diniy
ishlar bilan shug‘ullanmoqdalar. Ular jamiyatimiz hayotida faol ishtirok etib,
ko‘proq axloqiy-tarbiyaviy sohada faoliyat olib bormoqdalar. O‘zbekistonning olib
borayotgan siyosatida milliy o‘zlikni anglash, kelajakda buyuk davlat qurish,
mamlakatni eng rivojlangan davlatlar
darajasiga olib chiqish, horijiy davlatlar bilan
teng xuquqli va foydali aloqalar olib borish, qo‘shma korxonalar qurish, ilm-fan,
texnika, san’at, adabiyot, kadrlar va
mutaxassislar tayyorlash, sport sohasidagi
aloqalarni kuchaytirish, mamlakatimiz ichida esa tinch-totuvlikni saqlab turish,
fuqarolar hamkorligini mustahkamlash, yoshlarning ta’lim-tarbiyasini yangi,
zamonaviy talablar asosida olib borish, milliy qadriyatlarni tiklash kabi ishlar olib
borilmoqda. Milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani tiklash, fuqarolarda
milliy
g‘urur va iftihor tuyg‘ularini shakllantirishda, milliy urf-odat, an’ana, udumlar,
marosimlar va qadriyatlarni qayta tiklashda, fuqarolarning ma’naviy-axloqiy
tarbiyasida diniy tashkilotlar muhim o‘rin tutmoqda.
Diniy e’tiqod insonning intuitiv ya’ni hissiy faoliyati bilan bevosita bog‘liq
bo‘lsada, din to‘g‘risidagi ilmiy bilimlarning rivojlanishi diniy e’tiqodni
ratsionallik asosida ya’ni insonning aqliy faoliyati bilan dialektik aloqadorlikda
ko‘rib o‘tishni talab qiladi. Jamiyatning taraqqiyoti va insonning kamolotida
e’tiqod bilan aqlning nisbati bir-biriga muvofiq bo‘lib, insonning har bir qobiliyati
(e’tiqodi ham, aqli ham) ijtimoiy faoliyat va munosabatlardagi qandaydir maqsad
uchun muhim ahamiyatga egadir. E’tiqod bilish ob’ektini ochib beradi, insonning
e’tiqodi ratsionallikka asoslangan holda diniy va
dunyoviy bilimlar asosida
shakllantiriladi. Jamiyat hayotida barcha insonlar o‘zining e’tiqodiga ega bo‘lgan
holda ijtimoiy munosabatlarda ishtirok etadilar, turli sohalarda faoliyat yuritadilar.
Inson bilim olib o‘zining bilimi va dunyoqarashini kengaytirar ekan, bilimda
hamma vaqt e’tiqod unsuri ishtirok etadi. Insonning kundalik faoliyatida e’tiqod va
aql bir-birini istisno etmaydi balki biri ikkinchisini to‘ldiradi.
Inson dinning mazmuni, mohiyati va diniy ta’limotlar haqidagi ilmiy bilimlarga
ega bo‘lar ekan, u din shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan psixologik omillar, ob’ektiv
va sub’ektiv sharoitlarni o‘rganadi, tahlil qiladi va shu asosda ma’lum ilmiy
xulosalarga keladi. Dinlarning kelib chiqishi, rivojlanishi va evolyusiyasi o‘zining
psixologik, ijtimoiy-iqtisodiy sabab va omillariga ega bo‘lib, tarixiy taraqqiyotda
diniy ta’limotlar jamiyatning talab-ehtiyoji asosida paydo bo‘ladi, bir-biriga ta’sir
ko‘rsatgan holda
rivojlanadi, jamiyat hayotini barqarorlashtirishga o‘zining
hissasini qo‘shadi. Insoniyat jamiyatining tarixiy taraqqiyotida shakllangan milliy
va jahon dinlarida diniy tasavvurlar, diniy harakatlar, diniy psixologiya va diniy
tashkilotlardan iborat bo‘lgan to‘rtta uzviy bog‘langan elementlar mavjud bo‘lib,
ular yaxlit holda diniy ibodatlarni bajaradilar va umumiy bo‘lgan diniy his-
tuyg‘ular asosida faoliyat yuritadilar. Dinlar tarixi g‘oyat murakkab va uzoq tarixiy
jaraѐnlardan iborat bo‘lib, hozirgi davrda mavjud bo‘lib turgan dinlarning barchasi