Qadimgi va milliy dinlar tasnifi
Reja:
1
Dinning madaniyat fenomeni sifatidagi mohiyati
2
Din va dinshunoslik tushunchalarining mazmuni va mohiyati
3
Dinshunoslik fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi
4
Din falsafasi tushunchasi va uning falsafiy bilimlar tizimida tutgan o‘rni
1. Dinning madaniyat fenomeni sifatidagi mohiyati.
O‘zbekistonda amalga
oshirilayotgan milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani tiklash, fuqarolarda milliy
g‘urur va iftixor tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan siyosatda din omiliga katta
e’tibor qaratilib, dinning,xususan islom dinining xalqimiz tarixi, ma’naviyati,
madaniyatida tutgan o‘rni masalasiga, milliy g‘oyamizdagi dinlararo bag‘rikenglik
g‘oyasining mamlakatimizda millatlararo totuvlik va tinchlik barqarorlikni
ta’minlashda tutgan o‘rni masalasiga e’tibor kuchaytirilmoqda.
Necha yuz yillik tarix va madaniyatimiz, milliy o‘zligimizning ajralmas qismiga
aylanib ketgan muqaddas dinimizni asrash, ajdodlarimizning bebaho ma’naviy-
ma’rifiy merosini o‘rganish va targ‘ib etish biz uchun o‘ta dolzarb vazifa bo‘lib
qolmoqda, - deydi Prezident Shavkat Mirziyoev, - Keyingi vaqtda mamlakatimizda
shu yo‘nalishda katta ishlar amalga oshirilayotgani, tabarruk qadamjolar obod
qilinib, yangi-yangi ilmiy, madaniy va diniy markazlar, ta’lim maskanlari tashkil
etilayotgani barchangizga yaxshi ma’lum
1
.
Bugungi kunda jahonda ro‘y berayotgan globallashuv jarayonida dinlarni o‘rganish
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jahonning ba’zi mintaqalarida diniy asosdagi
kelishmovchiliklarning vujudga kelishi, din shiori ostida ekstremistik,
fundamentalistik g‘oyalarning ilgari surilishi, missionerlik va prozelitizm
harakatlarining paydo bo‘lib targ‘ibotchilik faoliyati olib borilishi, dinlar
o‘rtasidagi to‘qnashuvlar to‘g‘risidagi turli qarashlarning ilgari surilishi
dinshunoslik faniga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirmoqda. Ko‘pmillatli hamda
ko‘pkonfessiyali O‘zbekiston Respublikasida din va bag‘rikenglik masalasi
mamlakatda tinchlik barqarorlik, millatlararo totuvlik hamda dinlararo
hamjihatlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dinshunoslik fani
milliy va diniy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy
qadriyatlar bilan uyg‘unligi, bu qadriyatlarning hozirgi mustaqil O‘zbekiston
sharoitidagi ahamiyatini yanada aniqroq yoritib beradi, dinga nisbatan to‘g‘ri,
ilmiy yondashuvni shakllantirib, dinning insonparvarlik va bag‘rikenglik
mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Dinshunoslik fani din, uning mohiyati,
turli shakllari, ta’limotlari, yo‘nalishlari, ijtimoiy mohiyati haqidagi dunyoqarashni
shakllantirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |