Qadimgi yunon madaniyati Reja Falsafa Din Tarixshunoslik



Yüklə 34,21 Kb.
tarix23.11.2017
ölçüsü34,21 Kb.
#11876

Aim.uz

Qadimgi yunon madaniyati

Reja
1. Falsafa

2. Din

3. Tarixshunoslik

4. Adabiyot va teatr

5. Notiqlik san’ati

6. Me’morchilik, Haykaltaroshlik

7.Tibbiyot va aniq fanlar

1. Falsafa

Ilk yunon falsafasi vakillari miletlik Fales, Anaksimandr, Kichik Osiyolik Anaksimon tabiatni, borliqni mohiyatini tushunishga harakat qildilar. Pifagor maktabining vakillari shuningdek Geraklit, Empedokl kabi “fiziklar” (fyuzis-tabiat demakdir) tabiatni o’rgandilar. Ular dunyoning asosini qidirdilar, tabiat mohiyatini turlicha izohladilar. Fales dunyoning asosi suv, Aniksimandr apeyron (boshlang’ich ibtido), Geraklit esa olov deb qaradilar. Demokrit (taxminan er. avv. 470-yilda tug’ilgan) borliq to’g’risida gapirib, borliq cheksiz bo’linma atomdan iborat degan fikrni aytdi. U dunyoning sababiy bog’lanishi haqida fikr yurutdi. Platon (er. avv.4 27-347-yillar) borliq, abadiy, o’zgarmas, bo’linmas, uni aql bilan bilish mumkin deb hisoblardi. Platon akademiyasida 20 yil ta’lim olgan Arestotel “g’oyalar dunyosi to’g’risida”gi ustozini fikrini tanqid qildi. Borliq Arestotel fikricha jins va tur shaklida mavjut bo’ladi.

Suqrot (tax. er.avv.470-399 yillar) falsafada inson muammosiga jiddiy e’tibor berdi. U insonning o’zini, o’zligini anglashga jiddiy e’tibor beradi. U insonning falsafasining o’rganish ob’ektini tashkil etadi deb ta’kidladi.

Yunon madaniyati uch avlod muhim o’rin tutadi. Ularning birinchisi er.avv.VI asr oxirida kirib keldi va Afina madaniyatini gullab-yashnashi uchun poydevor qo’ydi. Esxil va Frinix Attika komidiyasiga asos soldilar. Haykaltaroshlar Kritiy va Nesiot er.avv.476 yil Afina agrosini tiranlarga qarshi kurashdilar-Garmoniy va Aristogiton haykallar bilan bezadilar. Olimpda Zevs ibodatxonasini haykallar bilan jihozladilar. Tafakkur qilish xali an’anaviy shakllarda oddiylik (an’anaviy shakllarda) qat’iy o’smirlik klassikasi shaklida hukm surar edi.

Ikkinchi avlod Perikl davrida eng yaxshi yutuqlarga erishdi. Sofokl Tragediyalari, Geradot “Tarix”I , Parfinon va propileyning etuk klassik shakllari shu davrda yaratildi.

Uchinchi avlod Peloponnes urushlari davriga mansub bo’lib. Afinaliklarning bu vaqtda boshqa madaniy dunyolar bilan tanishuvi natijasida ularning siyosiy va diniy qarashlari ma’lum darajada o’zgardi.


2. Din

Qadimgi yunon afsonalariga ko’ra dastlab Yer (Geya) va Xaos, hayotning boshlanishi (Eros) va yer osti dunyosi (Tartar) bo’lgan. Geya yulduzli osmon Uranna tug’adi. Uran dunyoning birinchi hukmdori va Yer ma’budasi Geyani turmush o’rtog’i bo’ladi. Uran va Geyadan keyin xudolarning II avlodi titanlar boshlanadi. Uran o’z o’g’li, dehqonchilik xudosi titan Tironos tomonidan ag’dariladi. Kronosning bolalari Ait, Poseydon, Gestiya, Demetra, Zevs, Gera bo’ladi. Olimpning bosh xudosi Zevs osmon, chaqmoq hukmdori, Poseydon yer va dengizni sug’oradigan namlik xudosi, Ait (Pluton) yer osti dunyosi hukmdori bo’ldi. Zevsning rafiqasi Gera nikoh homiysi, Gestya uy o’chog’i ma’budasi, Demetra dehqonchilik homiysi deb sig’inganlar. Zevs va Geradan o’smirlik ma’budasi Geba, urush xudosi Ares, temirchi va hunarmandlar homiysi Gefest tug’iladi.

Zevsning avlodlaridan tabiatning ilk uyg’onish xudosi Apollon alohida turadi. U hamda san’at homiysi davolovchi xudo. Apollonning singles Artimida ovchilik ma’budasi va yoshlarning homiysi. Germes-moddiy mo’l-ko’lchilik xudosi, keyin savdo xudosi, aldamchi va o’g’rilar xudosi, keyinchalik esa notiqlar va sportchilar homiysi. Dionis (Vakxa) tabiat kuchlari, uzumchilik va vinochilik xudosi deb sig’inganlar. Jangovar Afina donolik ma’budasi sifatida shuhrat qozondi.

Yunon diniy dunyo qarashi bo’yicha xudolar odamlarga o’xshab azob chekishlari, insoniy his-tuyg’uga ega bo’lishlari mumkun edi. Yunonlarning fikri bo’yicha odamlar va xudolar dunyolari o’rtasida o’tib bo’lmaydigan chegara yo’q edi. Ularni bog’laydigan bo’g’in sifatida xudolar va yerdagi ayollarning aloqasi natijasida tug’ilgan qahramonlar (yarim xudolar) bo’lgan. Misol uchun o’z qahramonliklari uchun xudolar safiga kiritilgan Gerakl shunday dedi.

Alohida polislarning homiylari hisoblangan xudolar va qahramonlarga bag’ishlab ibodatxonalar qurilgan va ko’p sonli qurbonliklar keltirilgan. Ba’zi ibodatxonalar oldida ibodat qilayotgan kohinlar xudolardan kelajak to’g’risida bashoratlarni so’rashlari mumkin edi. Ba’zi ibodatxonalar oldida bir necha yilda bir marta xudolar sharafiga gimnastik mashqlar, she’rlar o’qish, raqslar, notiqlik san’ati bo’yicha musobaqalar o’tkazilgan. Yunonistonda Zevs sharafiga har 4 yilda bir marta g’arbiy Peloponnesdagi Olimpiya Zevs ibodatxonasida o’tkaziladigan o’yinlar eng mashhur edi. Yunonlar bu 4 yillik muddatni olimpiada deb ataganlar. Er. avv. 776-yildan olimpiya o’yinlariga butun Yunoniston va koloniyalardan ishtirokchi va tomoshabinlar kelganlar. Olimpiya o’yinlari o’tkazilayotgan vaqtda urushayotgan yunon polislari o’rtasidagi harbiy harakatlar to’xtatilgan. Olimpiya musobaqalari g’oliblari ibodatxona yonida o’sgan muqaddas lavr daraxti barglaridan oddiy gulchambar bilan mukofotlanganlar. G’olib sharafiga jez yoki marmar haykal qo’yilgan.

Bu musobaqalar fuqarolarni jismoniy rivojlanishiga imkoniyat yaratgan va yoshlarni harbiy jihatdan chiniqtirish uchun xizmat qilgan. Yunonlar bayramlar, o’yinlarni hamkorlikda tashkil qilish va eng muqaddas ziyoratgohlarni himoya qilish uchun alohida ittifoqlar-amfiktioniyalar tashkil qildilar.


3. Tarixshunoslik

Er. avv.V asrda jamiyat taraqqiyotiga bag’ishlangan alohida ilmiy bilimlar sohasi tarix fani paydo bo’ldi. Uzoq vaqt turli o’lkalarda bo’lgan Gerodot (er. avv. 485-425-yillar atrofida kichik Osiyodagi Galikarnas shahrida tug’ilgan) ilk bor ko’rgan va eshitgan voqealarini ma’lum bir tizimga solib hikoya qilishga kirishdi. U o’zining 9 jildli odatda “Tarix” (yunoncha Istoriya-“Tasvir” ma’nosini bildiradi.) yoki “Muzalar” deb ataladigan tarixiy asarini asosan yunon-fors urushlariga bag’ishladi, lekin bayon qilish davomida muallif Misr, Eron, skiflar tarixiga ham murojaat qiladi. “Tarix otasi” ning mushohadasi to’la an’anaviy bo’lib, tarixda ezgulikni taqdirlovchi, yovuzlikni jazolovchi ilohiy adolatni qurdi. Gerodot insonlar faoliyatida xudolarning ishtirokiga shubha qilmadi.

Agar Gerodot “Tarix otasi” deb hisoblansa uning kichik zamondoshi afinalik Fukidid haqiqiy tarixshunoslik fanini asoschisidir. Uning “Peloponnes urushlari tarixi” asari afsonaviy va haqiqiy voqealarni quruq bayon qilishdek Gerodotga xos bo’lgan bayon qilishni aksi bo’lgan haqiqiy tarixiy tadqiqot edi. Fukidid tarixchilar ichida birinchi bo’lib, tarixiy voqealarni, ularni harakatga keltiruvchi kuchlari, taraqqiyot yo’llari bilan o’zaro aloqada ko’rishga harakat qildi. Voqealarning sabablarini o’rganish uchun siyosiy voqelikni ilmiy tahlil qilish usullarini qo’lladi. Fukidid xudolarni tarix doirasidan chiqardi. U tarixni xudolar emas, balki kishilar o’z faoliyatlari bilan yaratadilar deb hisoblar edi. Kishilarning “tabiati” hamma vaqt qonun va shartnomalardan kuchliroq bo’ladi. Kishilarning qiyofasi va uning ko’rinishlari Fukidid uchun shu davr jamiyatini voqeligini tushinish uchun yetarli edi. Gerodot va Fukidid yunon polislarining fuqarolarini o’z ozodligini himoya qilishi, vatanparvarlik va o’zini qurbon qilishdek qahramonlik kurashiga murojaat qiladilar. Tarixshunoslikda Fukidid an’analarini tarixchi Ksenofont(er. avv. IV asr) davom ettirdi. Uning “Anabasis”, “Lakedemon politiyasi”, “Kiropediya”, “Agesilay”, “Daromadlar to’g’risida” asarlarida o’sha davr yunon dunyosining siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayoti aks etadi.

Er. avv. V asrda yunon dunyosida yuz bergan kuchli siyosiy jarayonlarni tahlil qilgan, shu davrning siyosiy arboblari Femistokl va Perikl kabi afinalik demokratiya yo’lboshchilarini ayovsiz tanqid ostiga olgan siyosiy adabiyotlar yuzaga keldi. Shunday adabiyotlardan biri er. avv. 430-yillar atrofida “Afinani boshqaruvi to’g’risida” risolasi paydo bo’ldi. Kritiyning “Lakedemeon politiyasi”da Sparta jamiyati qurilishi ko’klarga ko’tarildi, Afina demokratiyasiga salbiy nazar bilan qaraldi.


4. Adabiyot va teatr

Qadimgi Yunonistonning eng noyob adabiy yodgorligi Gomerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlaridir. Gomerning bu asarlari paydo bo’lgunga qadar yunon xalq og’zaki ijodidan ajoyib namunalari qo’shiqlar, ertaklar, rivoyatlar va masallar yunon adabiyotining haqiqiy poydevorlari edi. Gomerning qahramonlik dostonlari u yashagan (tahminan VII asr) davrdan oldingi er. avv. XI-IX asrlar voqealarini adabiy tasviridir.

Er. avv. VIII-VI asrlarda yunon madaniyati taraqqiyotida Qadimgi Sharq madaniyatining ta’siri kuchli bo’ldi. Yunonlar o’zlarining Kichik Osiyodagi shaharlari orqali qadimgi Sharqning boy madaniyati bilan tanishdilar. Bu davrning asosiy madaniy o’choqlari Milet, Lesbos, Samos edi.

Er. avv. VII asrda yashab, ijod qilgan Gisiotning didaktik asarlarida o’zi yashagan davrning ijtimoiy hayoti va ziddiyatlari aks ettiriladi (“Mehnat va kunlar”).

Badiiy adabiyot eng avvalo poeziya janrida rivojlandi. Poeziya siyosat bilan bog’liq edi. Mashhur shoirlar Feognit, Solon, qisman Arxieloy siyosat bilan faol shug’ullangan edilar. Hatto Alkey va Safo kabi lirik shoirlar ham siyosatga tan berdilar. Shu davrdagi Ezop masallari adabiyotda demokratik yo’nalishni aks ettirib, ijtimoiy adolatsizlikni qoralaydi.

Arxaik davrda lirika keng tarqalgan bo’lsa, er. avv. V asrda Afina adabiyoti va poetik ijodiyotning markazi bo’lgan birlashma. Attika tragediyasi bilan mashhur bo’lib ketdi. Tragediya (“Echkilar qo’shig’i”) vinochilik xudosi Dionisning echki terisi kiygan quvnoq, doimiy hamrohlarini ifodalovchi satirlarning aytadigan xor qo’shiqlaridan kelib chiqdi. Er.avv. VII asrdayoq butun Yunonistonda shunday “Echkilar xori” yoki satirlar keng tarqalgan edi. Attika Tragediyasining tug’ilishida Afina tirani Pisistratning umumdavlat bayrami sifatida Buyuk Dionisiy bayramlarini ta’sis etish bo’ldi. Shoir Fespid xorga aktyorni qo’shdi. Aktyor xorga “javob” berib xor bilan diolog olib borar edi. Shu sababli tragediya dramatik ko’rinishga aylandi, tragediyada boshqa ko’rinish qatnashchilari Dionis to’g’risidagi afsona – miflardan sahna ko’rinishlari o’ynardilar, keyinchalik boshqa afsonalarga navbat keldi. Er. avv. V asr birinchi yarmida Esxil tomoshabin oldiga ikkinchi aktyorni, Sofokl uchinchi aktyorni qo’shdi va natijada qadimgi “Echkilar xori” to’la dramaga aylandi.

Attika teatri dionis sharafiga o’tkazilgan bayram vaqtida faqat uch kun tomosha ko’rsatilgan. Birdaniga uch tragediya qo’yilib, keyin “Satirik dramasi”, yana bir mifologiyadan engil quvnoq sahnalashtirilgan parcha berilgan. Teatr ko’rinishi ochiq havoda dumaloq maydoncha- orxestrada berilgan. Tomoshabinlar uchun o’tirgichlar Akropolning toshloq qiyaligida yunilgan, yana shu tomosha teatron deb atalgan. Ochiq va katta teatrda aktyorlar mimikasi va kiyimlarini aniq ko’rib bo’lmas edi. Shu boisdan aktiyorlar sahnaga uzun tantanali kiyim va niqoblarda va aktiyor gavdasini baland qilish uchun baland poshnali oyoq kiyim-koturnada chiqar edilar. Teart tomoshalari mart oxiri aprel boshlarida ko’rsatilar edi.

Attika tragediyasining shon-shuhrati er. avv. V asrning buyuk shoirlari- Esxil (er. avv. 525-456-yillar), Sofokl (er, avv. 496-406-yillar) va Yevripid (er. avv. 480-406-yillar) ijodiyoti bilan bog’liq edi. Esxil 80 ga yaqin tragediya yozdi, undan bizgacha faqat 7 tasi yetib kelgan. Afinani gullab-yashnagan davrida yashagan Sofokl aytishlariga ko’ra 120 tragediya yozgan, undan bizgacha faqat 7 tasi yetib kelgan. Uchinchi buyuk tragik bo’lgan Yevripid 90 tra tragediya yozgan bo’lib, undan 18 tasi saqlanib qolgan. Esxilning “Forslar”, “Orestiya”, “Zanjirband Prometey”, sofoklning “Antigona”, “Shoh Edip”, “Elektra”, Yevripidning “Medeya”, “Ippollit’, “Vakxankalar”, “Tavridadagi Iffegeniya”, “Fedra”, “Troyalik ayollar” kabi tragediyalari chuqur falsafiy- ahloqiy mazmunga ega bo’lib, yunon fuqarolarining tarbiyasiga va dunyoqarashiga jiddiy ta’sir ko’rsatgan.

Attika teatrida tragediyadan tashqari komediya janri ham keng tarqalgan edi. Bizgacha etib kelgan komediyalarning ko’pchiligi Aristofan qalamiga mansubdir. Aristofonning “Tinchlik”, “Axaryalilar”, “Lisistrat”, “Suvoriylar”, “Qurbaqalar” va “Bulutlar” komediyalarida er. avv. V asr yunon dunyosining siyosiy ziddiyatlari xajv qilinadi.

5. Notiqlik san’ati

Yunon shahar-davlatlarida demokratik tartib qoidalarini o’rnatilishi, fuqorolarni xalq yig’ini, sud ishlarida faol ishtiroki notiqlik san’atini rivojlanishiga sabab bo’ldi. Sudda so’zlanadigan nutqlar keng qiziqish uyg’otdi. Qadimgi mifologiya qahramonlari hikoyasiga yoki maqtoviga bag’ishlab tuzilgan namunaviy nutqlar keng tarqalgan. Er. avv. V-IV asr boshlarida taniqli afinalik sud notig’i Lisiy shuhrat qozondi. Ikkinchi bir mashhur notiq Isokrat edi. Er. avv. 391 yilda Isokrat notiqlik san’ati maktabini ochdi. Isokratning bu maktabida mashhur notiqlik Demosfen, Giperin, Esxin, Likurg va tarixchilar Feopomp, Efor, Filistlar etishib chiqdilar. Isokrat kuchli ovozga ega bo’lmaganligi sababli omma oldida kam nutq so’zlar edi. U siyosiy targ’ibot olib bordi. Afina Periklgacha bo’lgan aristokrat tuzumini maktab, publisistik to’plamlarni tarqatdi U o’tmishni maktab, yunonlarni Filip Makedonskiy atrofida jipslashib sharq eski dushman-Eron ustiga yurishga chaqirdi. Ehtimol u Makedoniyning kuchayishiYunonistonga qanday xavf tug’dirishini bilmagan edi. Afsonaga ko’ra yunonlarning Xeroniya yonida mag’lubiyatdan so’ng er. avv. 337-yil Isokrat o’zini ochlikdan o’ldiradi.

Isokratning eng yaxshi o’quvchilaridan biri Demosfen Afinadagi antimakedon guruhning murosasiz rahbari edi. Demosfen boshidayoq Makedoniyaning kuchayishi Afina demokratiyasi va mustaqilligi uchun xalokatli ekanligini ko’ra bilgan edi.
6. Me’morchilik, Haykaltaroshlik

Yunon –fors urushlaridan so’ng Afrika juda katta miqdorda moliyaviy mablag’larga ega bo’ldi. Attika Pentelikonida marmar qazish boshlandi va bu me’morchilik san’atining ravnaqiga yo’l ochdi. Afinadan tashqari Yunonistonning boshqa viloyatlarida Janubiy Italiya va Sitsiliyada (Agrigentdagi Zevs ibodatxonasi, Pestdagi olti ustunlik Poseydon ibodatxonasi) er.avv. V asrning ikkinchi yarmida ajoyib me’morchilik inshoatlari bino qilindi.

Ayniqsa Perikl davrida Afinada yigirma yil ichida ulug’vor inshootlar barpo qilindi. Parfenon, Propiley, G’olib Afina va keyinroq Erexteyon kabi ioniy, korinf va doriy uslublarida qurilgan inshootlar me’morchilik san’atining mo’jizalari edi. Parfenonning quruvchilari Iktin va Kallikrat nafislik va ulug’vorlikni uyg’unlashtirishga erishdilar. Akropol darvozalari qurishda Mnesiklet (er. avv. 438-432 yillar) ioniy va doriy ustunlarini yonma-yon qo’lladi. Peloponnes urushlari davrida ioniy an’analariga asoslangan Erex Teyon quriladi.

Er. avv. V asrning 70 yillaridan boshlab haykaltaroshlik san’ati gullab-yashnadi. Buyuk haykaltarosh Fidiy Afina va Zevs haykallarini yaratdi. Ma’buda Afinaning 12 metrli haykalini yasashda fil suyagi va oltindan foydalanildi. Ma’buda Afina Akropolning eng baland joyiga qo’yilgan bo’lib, uning quyoshda yaraqlagan nayzasi uzoqdan ko’rinib kemalar uchun mayoq bo’lib xizmat qilgan. Fidiyning mashhur asarlaridan biri Olimpiyalik Zevsning ulkan haykali Olimpiyadagi Zevs ibodatxonasiga qo’yilgan edi. Mashhur haykaltarosh Miron “Diskobol” haykali bilan o’zini nomini abadiylashtirdi. Klassik yunon haykaltaroshligining yorqin vakillaridan biri argoslik Poliklet edi. Uning Diodumen asari noyob san’at namunasi edi. Yunon haykaltaroshlari inson gavdasini uyg’unligi nuqtasini qidirar edilar. Poliklet bu nuqtani izlar edilar. Poliklet qonuniga ko’ra haykal tovonining uzunligi gavdaning 1/6 qismini, boshining uzunligi 1/8 qismini tashkil qilishi kerak edi. Bu va boshqa nisbatlar “Dorifor” haykalida qat’iy rioya qilingan. Poliklet qonuni yuz yil davomida haykaltaroshlik san’atida qonun sifatida amal qilib keldi.

Er. avv. V asrda Praksitelning “Germeys chaqaloq Dionis bilan”, “Knidlik Afrodita”,”Kaltakesakni o’ldirayotgan Apollon” haykallarida nafislik, go’zallik yaqqol aks etadi. Er. avv. IV asrda polis tizimining tushkunligi davrida haykaltaroshlikda qahramonlik mavzusidan uzoqlashib, insonni ichki ruhiy dunyosini ko’rsatish asosiy yo’nalish bo’ldi. Shu davrning mashhur haykaltaroshlaridan Skopas, Praksitil va Lisipp (Makedoniyalik Iskandarning saroy haykaltaroshi)larni aytish mumkin. Er. avv. IV asrda yashagan haykaltarosh Lisipp Makedoniyalik Iskandarning byustini yaratdi. Lisipp haykaltaroshlik san’atida Poliklet qonunini o’rniga yangi qonunni tadbiq qildi.

Tasviriy san’at taraqqiyotini vazalar tasviri orqali yaqqol tasavvur qilish mumkin. Bu san’at janrda sikion maktabi, afina maktabi shakllangan edi. Kundalik hayotda mifologiyadan olingan tasvirlar ko’plab uchraydi. Birinchi mashhur yunon rassomi Tasoslik Poliklet faqat to’rt rang oq, qora, qizil va sariqni ishlatgan.

Klassik davrda yunon tasviriy san’atining eng mashhur namoyondalaridan biri Polignot ulkan ko’p figurali kompozitsiyalar ustasi edi. Afinalik Apollodor tasviriy san’atda yorug’lik soyasini kashf qildi. U bo’yoq bilan chizgan ko’pgina vazalar bizgacha yetib kelgan. Bu davrdagi Zevksid va Parrasiy, Apellis (Iskandarning saroy rassomi), Nikiylar tasviriy san’at janrida yorqin iz qoldirdilar.

7.Tibbiyot va aniq fanlar

Er. avv. V asr ikkinchi yarmidan koxinlar tibbiyoti o’rniga, aniq kuzatishlarga asoslangan vrachlarning tibbiyoti vujudga keldi. Bu davrda mashhur yunon vrachi Gippokratning tibbiyot maktabi paydo bo’ldi. Gippokrat “Tibbiyotning otasi” sifatida shuhrat qozondi. Uning maktabida tabiblar tajriba, kuzatish usuliga tayanib, tez va to’g’ri tashxiz qo’yishga harakat qildilar va davolashda dieta, gigiena kabi usullarni keng qo’lladilar.

Apolloniyalik Diogen qon aylanish tizimini yaxshi o’rgandi. Krotonlik Alkmeon kasalliklarning manbai inson organizmidagi suyaklarning mutanosibligining buzilishi deb ko’rsatdi.O’sha davr tibbiy bilimlari to’g’risida 53 traktatdan iborat “Gippokrat korpusi” deb ataladigan tibbiy to’plamlar orqali ma’lumot olish mumkin.

Aniq fanlar to’g’risida ma’lumotlar juda kam. Afinalik astronom matematik Meton quyosh soatini yasagani, taqvimni isloh qilgani to’g’risidagi ma’lumotlar bizgacha yetib kelgan.


Tayanch iboralar

Gippokrat “Tibbiyotning otasi”, appoloniyalik Diogen, “Gippokrat korpusi”, Meton quyosh soati, lirika, Tragediya (“Echkilar qo’shig’i”), Dionis, buyuk Dionisiy bayramlari, aktyor, Attika teatri, “Satirik dramasi”, Sofokl, Yevripid, Esxil, “Orestiya”, Aritofaon, Agrigentdagi Zevs ibodatxonasi, Parfenon, Propiley, G’olib Afina, Erexteyon, Iktin, Kallikrat, Mnesiklet, Fidiy, ma’buda Afinaning 12 metrli haykali, Poliklet, “Dorifor”, rassom Appolodor, Fukidid, Ksenofond, “Anabasis”, “Lakedemon politi”, “Kropediya”, “Daromadlar to’g’risida”, Giperin, Esxin, Likurg, Feopomp, Efor, Filist, Isokrat, antimakedon guruh, Demosfen, Praksitelning “Germes chaqaloq Dionis bilan”, “Knidlik atrofida”, “Kaltakesakni o’ldirayotgan Appolon” haykallari, axeyya ittifoqi.


Tavsiya etiladigan adabiyotlar

Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йук. Тошкент 1998.

Бойназаров Ф. А. Кадимги дунё тарихи. Тошкент 2004.

N.N.Pikus, Yu.S.Krushkol “Qadimgi dunyo tarixi” 2 tom Toshkent 1978 yil.

Античная драма. М., 1970.

Антология мировой философии. М., 1969, т. I, ч. I.

Виц Б. Б. Демокрит. М., 1979.

История древнего мира/Под ред. И. М. Дьяконова, В. Д. Нероновой, И. С. Свенцицкой. М., 1983, т. II, лекция 14.

Каллистов Д. П. Очерки истории античного театра.М., 1969.

Лурье С.Я. Демокрит. Л., 1970.

Нерсесянц В. С. Сократ. М., 1977.

Ривкин Б. И. В долине Алфея. Олимпийские игры в искусстве Древней Греции.М.,1969

Рожанский И.Д. Развитие естествознания в эпоху античности. М., 1979.

Фролов Э. Д. Факел Прометея. Л., 1981.

Ярхо В. Н. У истоков европейской комедии. М., 1979.

Колпинский Ю. Д. Скульптура древней Эллады. М., 1963.




Aim.uz


Yüklə 34,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə