Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ochildi



Yüklə 230,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix25.04.2023
ölçüsü230,04 Kb.
#106969
  1   2   3


Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
O'zbekiston yangiliklari
Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ochildi
Buxoro viloyatida 19-aprel kuni Qandim gazni qayta
ishlash majmuasining ishga tushirilishiga
bag'ishlangan marosim bo'lib o'tdi. 
Marosimda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev ishtirok etdi. 
O'zbekiston uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirish
imkonini beradigan muhim uglevodorodli salohiyatga ega. Hisob-kitoblarga ko'ra,
Markaziy Osiyodagi barcha mineral zaxiralarning uchdan bir qismi O'zbekistonda
joylashgan. Mamlakatimiz gazni qazib chiqarish bo'yicha dunyoning ilg'or yigirmataligiga
kiradi. 
Bugungi kunda O'zbekiston neft-gaz sanoati nafaqat yer osti boyliklarini qazib olish, balki
xomashyoni qayta ishlash va mahsulot ishlab chiqaruvchi majmualar tizimiga aylandi. Bu
tarmoq yuksak rivojlangan sanoat ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo'lgan
mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish bo'yicha qator yirik korxonalarni birlashtirdi. 
Hozirgi bosqichda tarmoqning asosiy iqtisodiy yo'nalishlaridan biri uglevodorod
xomashyosini chuqur qayta ishlash va undan qo'shimcha qiymatga ega mahsulotlar
ishlab chiqarish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda eksport geografiyasini
kengaytirish hisoblanadi. Bu boradagi loyihalarni amalga oshirish uchun mamlakatimizga
neft va gazni qazib chiqarishda yetakchi qator yirik chet el kompaniyalari jalb etilmoqda.
Rossiyaning "Lukoyl" neft kompaniyasi bilan hamkorlikda "Qandim-Xauzak-Shodi-
Ko'ng'irot" mahsulot taqsimoti bitimi doirasida bunyod etilgan Qandim gazni qayta
ishlash majmuasi ulardan biridir. 
Ta'kidlash joizki, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi muddatidan 8 oy avval qurib
bitkazildi. Bundan roppa-rosa ikki yil ilgari 2016-yil 19-aprelda Qandim gazni qayta
ishlash majmuasi qurilishi boshlanishiga bag'ishlangan marosim bo'lib o'tgan edi. Unda
Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan edi. Majmua va infratuzilma obyektlarini barpo etishda
10 mingga yaqin ishchi-mutaxassis qatnashdi. Korxona foydalanishga topshirilgach, 2
mingdan ortiq doimiy ish o'rni yaratildi. 
1 / 4



Yüklə 230,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə