Qarashli 2-umumta'lim maktabi biologiya fani o’qituvchisi Shukurova Zulxumorning



Yüklə 26.09 Kb.
tarix05.03.2018
ölçüsü26.09 Kb.
: files -> 2016
2016 -> Data Mining. Concepts and Techniques, 3rd Edition
2016 -> Article II. Membership
2016 -> The sciences of earth
2016 -> TekniK Şartname bölüm: Otomotiv Mühendisliği Bölümü Proje Türü
2016 -> Video endoskopi Sİstemi tekniK Şartnamesi Sistem Muhteviyatı
2016 -> Avrupa’nın Coğrafi Özellikleri
2016 -> Kapitalist iKTİsat düzeni Kapitalizm özel mülkiyet ve girişim özgürlüğüne dayanan bir ekonomik düzenidir





Paxtakor tumani XTMFMT vaTEBga qarashli 2-umumta'lim maktabi biologiya fani o’qituvchisi Shukurova Zulxumorning "Vitaminlar va mikroelementlar" mavzusidagi

MA'RUZASI

Vitaminlar va mikroelementlar

Sog’lom turmush tarzi tushunchasi ovqatlanish tartibi, to’laqonli ovqatlanish kabi tushunchalarni ham o’z ichiga oladi.Zamonaviy tibbiyot salomatligimiz holatining 85 % ovqatlanishga bog’liq, deb hisoblaydi.


Ovqatlanish tartibi-oziq ovqat mahsulotlari va ichimliklarni insonning normal salomatligini ta’minlaydigan ma’lum qoidalarga qat’iy amal qiligan holda iste’mol qilishdir. Ovqatlanish tartibi har bir kishida o’ziga xos bo’lib, Yoshi va sog’ligining holatiga bog’liq bo’ladi. Kishida yuzaga keladigan ko’p kasalliklarning sababi notog’ri ovqatlanish bilan bog’liq.

Xolisteringa boy ovqatlar yurak qon tomir kasalliklari rivojlanishi xavfini oshiradi. Xolesterin lipidlar (yog’lar)guruhiga tegishli moddadir. U membrana hujayralari tarkibiga kiradi va miya himoya qobig’i, teri va asab hujayralari uchun muhim ahamyatga ega. Tuxum sarig’i , sut mahsulotlari ,jigar va h.k tarkibida ko’p miqdorda bo’ladi.

Biroq qonda xolesterol miqdorining oshib ketishi salomatlikka zarar keltiradi,tomirlarning torayishi,natijada aterosklerozning rivojlanishiga sabab bo’ladi. Ateroskleroz kasalligida qon bosimi ko’tariladi va miyokard infarkti yuzaga kelishi xavfi kuchayadi. Xolesterol miqdorini kamaytirish va bir me’yorda saqlash uchun jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish va to’g’ri ovqatlanish zarur.
Saraton (rak) kasalligi hujayralarning normal bo’linishi izdan chiqishi natijasida rivojlanadi. Tez va nazoratsiz bo’linadigan hujayralar organizmni ichidan yemiradigan o’sma hosil qiladi.

Saraton kasalligining kelib chiqish sabablari juda ko’p, ularning hammasi diqqat bilan o’rganilmoqda biroq bu kasalikning ovqatlanish tartibi bilan bog’liqligi aniq .Ovqatlanish ratsionida yog’lar miqdori oshib, o’simlik hujayralari soni kamaygan sari sut bezi, yog’on ichak saraton kasaligi rivojlanishi xavfi ortadi. A vitaminiga boy ovqatlanish ratsioni o’pka , siydik pufagi, oshqozon ichak yo’llari saratonining rivojlanishi xavfini kamaytira oladi. C va E vitaminlari ham saraton kasalliklarining rivojlanishini to’xtatadi . Bu vitaminlar ba’zi oziq -ovqat mahsulotlari va polivitamin komplekslari tarkibida bo’ladi.

Organizimning vitaminlarga ehtiyoji yetarli darajada qondirilmaganda, gipovitaminoz, og’ir hollarda esa har bir vitamin yetishmasligiga xos alomatlarga ega bolgan avitaminoz kasalligi rivojlanadi.Kimyoviy jihatdan toza vitaminlarning topilishi ularning organizimdagi modda almashinuvi jarayonidagi o’rnini belgilash imkoniyatini yaratadi.Ular fermentlar tarkibiga kiradi yoki fermentativ reaksiyalarning tarkibiy qismi hisoblanadi, shu tarzda ular ferment tizimi faoliyatida ishtirok etadi. Organizimda vitaminlarning yo’qligi ferment tizimining faoliyatini izdan chiqaradi natijada modda almashinuvi ham buziladi.

Kuchli ruhiy-hissiy zo’riqish,ekologik vaziyatning yomonlashishi, yuqori darajadagi radiatsiya muhiti ovqatlanish madaniyatining buzilishi, dorilarni nazoratsiz qabul qilish, bolalarning koproq suniy yo’l bilan emizilishi- bular hali vitamin yetishmovchiligining yoppasiga rivojlanishi uchun sharoit yaratadigan omillarning hammasi emas. Masalan chekish va alkagol organizimning C vitaminini o’zlashtirishiga to’sqinlik qiladi, bu esa B1, B6 va foliy kislotasi tas’irini o’tkazmaydigan qilib qo’yadi. Ovqatda proteyin yoki suyuqlik miqdorining keragidan ortiqligi organizimdan boshqa ko’pchilik vitaminlarning yuvilib ketishiga sabab bo’lishi, antibiotiklar, surgi dorilari va boshqa ko’plab dori vositalari, shuningdek ruhiy zo’riqishlar esa vitaminlarni yanada ko’proq yemirishi munkin.

Meva va sabzavotlarning oziqaviy qiymatini uzoqroq saqlab qolish uchun saqlash qoidalariga amal qilish muhimdir. Meva va sabzavotlar uzoq vaqt saqlanganda, transportda tashilganda va issiqlik bilan qayta ishlov berilganda tarkibidagi vitaminlar miqdori kamayishini unutmang. Yorug’ joyda saqlash A va E vitaminlari uchun halokatli ta’sir qiladi (ular achiydi), B6 vitamining kislorod bilan munosabatga kirishishiga yol qo’yish mumkin emas . Yozda quyosh nurlari mo’l bo’lganda , A vitaminga bolgan ehtiyoj oshadi. Aksincha C,B,D,E vitaminlari va foliy kislotasiga bo’lgan ehtiyoj qish oylari, ayniqsa shamollash kasalliklariga chalinish ko’paygan davr- bahor oylarida keskin oshadi. Qaysi fasl bo’lishidan qat’iy nazar, har qanday jismoniy zo’riqish deyarli hamma vaqt ovqatlanish ratsioni tarkibida vitaminlar ko’p bo’lishini talab etadi.

Vitaminlar tabiiy (ovqat tarkibida)va sun’iy bo’lishi munkin. Shifokorlar ko’proq tabiiy vitaminlardan foydalanishni maslahat beradilar, chunki oziq- ovqat mahsulotlari tarkibida vitaminllar bilan bir qatorda ularni o’zlashtirilishiga yordam beradigan fermentlar, tolalalar va boshqa moddalar ham mavjud bo’ladi.

Sun’iy vitaminlar maxsus laboratoriyalarda alohida kimyoviy moddalardan ishlab chiqiladi.Shunga qaramasdan sun’iy vitaminlar kimyoviy tarkibiga ko’ra tabiiy vitaminlarga muvofiq keladi.Shu sababli sun’iy vitaminlardan cho’chimaslik lozim. Ovqat tarkibidagi vitaminlar miqdori vitaminlarning asl manbalaridan (yangi meva va sabzavotlar) doim ham foydalanih imkoniyati bo’lavermagan qish va bahor oylarida, shubhasiz kamayadi. Garchi kimyoviy manba organizimdagi alohida vitamin yoki oziq modda yetishmasligini bemalol to’ldira olsa-da ba’zi hollarda vitaminlarning tabiiy manbalaridan foydalanilganda kuzatiladigan darajadagi ijobiy ta’sirga erishib bo’lmaydi. Xususan, sog’ayish davrida va jismoniy harakatlar ko’paygan vaqtda tabiiy vitaminlarning o’zi yetarli bo’lmaydi. Shu bois qo’shimcha ravishda sun’iy vitaminlar ham iste’mol qilish kerak bo’ladi .
C vitaminini saqlab qolish uchun ovqatni ko’proq bug’da dimlab pishiring.

Qaynatilganda mahsulotlar 50-60 % ga yaqin askorbin kislotasini yo’qotadi.Qayta isitganda askorbin kislotasi butunlay nobud bo’ladi.Mahsulotlarni qaynab turgan ozgina tuz qo’shilgan suvga soling, sirlangan idishda qopqog’ini yopib qaynating. Tarkibida C vitamining ko’pligi bo’yicha karam, shovel,rediska,turp,ko’k piyoz,sitrus mevalar,tuzlangan karam,na’matak mevalari birinchi o’rinda turadi. C vitaminini 100g na’matak mevasida – 1200mg, ko’k chuchuk qalampirda – 250g, petrushkada- 150mg , chakandada-300mg miqdorda bo’ladi.

Oshpazlik ishlovi berilganda 15 dan 30 % gacha A vitamin yo’qotiladi,uni saqlab qolish uchun tarkibida shu vitamin bo’lgan mahsulotlarni alabtta qopqog’i yopiq idishda pishirish va qorong’i joyda saqlash lozim. Sabzavotlar , ko’katlarni bevosita taomni dasturxonga tortishdan avval to’g’rang va uzoq vaqt saqlamang aks holda vitaminlar tez parchalanadi. Mol va cho’chqa jigari,sut,saryog’,sabzi,ismaloq,pomidorda A vitamini eng ko’p miqdorda bo’ladi. A vitamin bir dona tuxumda 0.65 mg , 100g mol jigarida 10mg , sabzida 9mg, pomidorda 2mg ni tashkil qiladi. Kattalar uchun A vitamin normasi-kuniga o’rtacha 1.5 mg.

D vitamini qaymoq , saryog’ , ilitilgan tuxim tarkibida tezroq o’zlashtiriladi. Sut , saryog’ , tuxum tarkibida ko’p bo’ladi.

B vitamin yoki riboflavin organizimda deyarli yig’ilmaydi, shuning uchun unuga boy mahsulotlar har doim dasturxoninggizda bo’lishi kerak . Masalan stol ustida idishda qoldirilgan sut har soatda taxminan 10 % vitaminni yo’qotadi. Uni qaynatganingizda esa taxminan 15 % vitaminni yo’qotasiz .Shuning uchun ko’pik hosil bo’lguncha isitsanggiz yetarli.B2 vitamini achitqi, sut, tuxum, kokat, yog’siz go’sht, baliq, ismaloq, gulkaram, ko’k piyoz, shivitda ko’p. B2 vitamini 100g tovuq tuximida -0.44mg, mol jigarida-2.2mg miqdorda bo’ladi. Kattalar uchun kunlik meyyori-2-3mg .

Oshpazlik ishlovi berilganda K vitamini deyarli parchalanmaydi lekin uni organizim yaxshi o’zlashtirishi uchun yog’lar kerak bo’ladi.Shuning uchun tarkibida shu vitamin bo’lgan sabzavotlardan tayyorlangan taomlarga smetana yoki o’simlik yog’i qo’shing. Kartoshka,pamidor,sabzi,qovoq,tuxum,jigarda ko’p bo’ladi. K vitamini gulkaramda 100g,shovel va ismaloqda 2-4 mg ni tashkil qiladi. Sizning kunlik normanggiz-2 mg


E vitamini organizim tomonidan yaxshi o’zlashtirilishi uchun ovqatlanish ratsioningizda albatta yog’lar bo’lishi zarur. Biroq o’simlik yog’ini yorug’ joyda saqlasanggiz va yuqori temperaturada qizdirsanggiz vitaminlar yo’qoladi. E vitamini o’simlik yog’lari,yormalar , ko’k salatda mo’l. 100g kungaboqar yog’ida -70mg E vitamini bo’ladi. Sizning normanggiz kuniga 20-30 mg . Inson organizimi tarkibiga turli mineral moddalar ham kiradi,ularning har biri modda almashinuvida turli tizim va organlarning rivojlanishiga muayyan ta’sir ko’rsatadi.

Miniral moddalarga bo’lgan ehtiyoj kishining yoshi, iqlim,ish turi kabi qator shartlarga bog’liq. Organizimda mineral moddalarning depolari (miniral saqlanadigan joy)mavjud bo’lib , unga tuzlar qonga o’tadigan suyak tizimi misol bo’la oladi. Natijada qondagi ba’zi miniral moddalar hatto ovqatda yetarli bo’lmagan paytda ham barqarorligi bilan ajralib turadi. Alohida miniral moddalarning organizmdagi o’rniga kelsak bu jihatdan kalsiy,fosfor,magniy,temir,natriy va kaliylarning ahamyati ko’proq o’rganilgan. Agar taom turli hayvon va o’simlik mahsulotlaridan tarkib topgan bo’lsa miniral moddalarga bo’lgan ehtiyoj butunlay qoplanadi. Faqat osh tuzi bundan mustasno,u oziq ovqat mahsulotlarida yetarli emas shuning uchun uni taomga qo’shishga to’g’ri keladi . Taom tarkibida tuzning o’ta kam miqdorda bo’lishi yoki aksincha, doimo meyyordan oshishi organizimga jiddiy putr yetkazishi munkin.

Suvga alohida e’tibor berish lozim. U ovqat hazm qilishda ishtirok etadi,tana haroratini boshqaradi,qonning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi va organizimning barcha vazifalarini ado etishda yordam beradi. Mikroelementlar yetishmovchiligi(mikronutriend yetishmovchilik) ham alohida olingan mikroelementga xos turli patalogik holatlarning rivojlanishiga turtki bo’ladi.
Mis.Olimlarning aniqlashicha mo’tadil darajada mis saqlagan hujayralar organizimga bostirib kirgan bakteriyalarni o’ldiradi.Ayni paytda hujayralarda organizimning immunitet javobini 60% ortiqroq ishga soladiga sitokin deb ataluvchi modda ishlab chiqariladi.Mis qaysi mahsulotlar tarkibida mavjud bo’ladi? Mayizli suli yoki bug’doy bodirog’ida, ustiga saryog’ surtilgan bir bo’lak bug’doy nonda, bir payola qaynoq shokoladda bir kunlik mis me’yoring deyarli uchdan bir qismi mavjud.
Rux.Bu unsur kishi o’zini jismonan tetik sezishi uchun juda zarur.Bundan tashqari organizimda rux yetarli miqdorda bo’lmasa, tana mushaklardagi ularni og’irlashtiruvchi sut kislotasidan halos bo’la olmaydi. Rux bug’doy noni bilan yog’siz go’shtda,dimlangan loviya va omletda bo’ladi.
Magniy.Magniyni organizimizdagi mushti yo’g’on yoki qo’riqchi deb hisoblashinggiz mumkin. Agar u bo’lmasa, chaqirilmagan va istalmagan kalsiy hujayralarga intilib asosiy garmonlarning faoliyatini ishdan chiqaradi. Ma’lum vaqt o’tgandan so’ng qon tomirlari torayib,bosh og’riy boshlaydi. Magniyning yetishmovchiligi ham bosh miyaning o’ta faollashuviga olib kelishi mumkin, bu esa uyqini qiyinlashtiradi. Magniy brokkoli bilan dimlangan kartoshkada va bir bo’lak yoki bir stakan sutda ko’p miqdorda bo’ladi. Shuningdek magniy bodom,muzlatilgan baliq go’shtida,banan,bug’doy noni,yorma va bo’tqalar tarkibida ham bor.
Temir. Umuman olganda temir moddasi yuqori darajada (kuniga 10 mg dan ortiq) bo’lganida yurak qon tomir kasalliklarining yuzaga kelishi xavfi kuchayadi. Temir moddasisiz organizm butun organizm bo’ylab,ayniqsa eng talabgor joy- miyaga kislarod yetkazishga qiynaladi. Miyada kislarod yetishmasligi bosh aylanishi va toliqishni keltirib chiqaradi.Aqliy faoliyat ham zarar ko’radi.

Temir yog’siz mol go’shtida, quritilgan mevalarda, mayizli suli yormasida bo’ladi.Umuman tarkibida C vitamini ko’p bo’lgan ovqatlarni iste’mol qilish temirning yaxshiroq o’zlashtirilishiga yordam beradi.


Fosfor. Agar siz suyaklarni mustahkamlash uchun kalsiy qo’shilgan apelsin sharbatini ichish kifoya deb hisoblasanggiz bu unchalik to’g’ri emas.Ratsionda kalsiyning qo’shimcha miqdori xuddi shu miqdordagi fosforga muvofiq kelishi kerak.Aks holda har qanday tosh yoki tayoq suyaginggizni sindirishi mumkin.

Nimalarning tarkibida fosfor bor? Toza undan tayyorlangan bulochkada va tuxumli buterbrodda shuningdek makaron va pishloqda sabzavotli tovuq sho’rvada ham fosfor mavjud.


Foliy kislotasi.Xotira yomonlashishining sabablari ko’p.Ulardan biri- oddiy foliy kislotasining yetishmovchiligidir. Foliy kislotasini organizm dimlangan bir piyola dukkaklilar , apelsin sharbati va makkajo’xori so’tasi orqali olish munkin

Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə