Qarori bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordami tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘G‘risida



Yüklə 17,8 Kb.
tarix18.02.2022
ölçüsü17,8 Kb.
#83854
308 sonli qaror


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

BOLALI OILALARGA DAVLAT IJTIMOIY YORDAMI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHGA OID CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordami tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1994-yil 16-iyundagi PF—871-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. 1994-yil 1-sentabrdan boshlab 1-ilovaga muvofiq nafaqalar va to‘lovlar bekor qilinsin.

Oldingi tahrirga qarang.

(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son qarori bilan 1997-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotgan )

3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi bir hafta muddatda budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarda ishlovchi va ishlamaydigan ayollarga bola ikki yoshga yetgungacha ularni parvarishlash uchun har oylik nafaqa tayinlash hamda to‘lash tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.

4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 10 kun muddatda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritishga oid takliflarni tayyorlasin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1994-yil 20-iyun,

308-son


Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
20-iyundagi 308-son qaroriga
1-ILOVA

Bolalar uchun mo‘ljallangan hamda bekor qilinishi lozim bo‘lgan amaldagi nafaqalar, kompensatsiyalar va imtiyozlar

PO‘YXATI

1. Bir yillik ish stajiga ega bo‘lgan ishlovchi onalarga (stajdan qat’i nazar, 18 yoshga to‘lmagan ayollarga), shuningdek, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotgan onalarga bola 1,5 yoshga yetgungacha uni parvarishlash uchun berilayotgan har oylik nafaqalar;

muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilarning bolalariga;

vasiylikka (homiylikka) olingan bolalarga;

bolalar uylari (maktab-internatlar)ning sobiq tarbiyalanuvchilari bo‘lgan yolg‘iz onalar (beva ayol va erkaklar)ning bolalariga berilayotgan har oylik nafaqalar.

2. 6 yoshdan 16 yoshgacha bolalari (stipendiya olmaydigan 18 yoshgacha o‘quvchi bolalari) bo‘lgan yolg‘iz onalarga;

ota-onalari aliment to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan yoki qonunda ko‘zda tutilgan va aliment undirishning iloji bo‘lmagan holatlarda 6 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarga berilayotgan oylik nafaqalar.

3. Bir yillik ish stajiga ega bo‘lmagan ishlovchi onalarga ishlamaydigan ayollarga bola 1,5 yoshga yetgungacha uni parvarishlash uchun berilayotgan har oylik nafaqalar;

bir yarim yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga;

6 yoshgacha bolalari bo‘lgan yolg‘iz onalarga;

ota-onalari aliment to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan yoki qonunda ko‘zda tutilgan va aliment undirishning iloji bo‘lmagan boshqa holatlarda 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga berilayotgan har oylik nafaqalar.

4. Ijtimoiy ta’minotning amaldagi tizimiga binoan nafaqa, pensiyalar olmayotgan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar (stipendiya olmayotgan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar)ga berilayotgan har oylik to‘lovlar.

5. Bolalar uchun mo‘ljallangan tovarlar va maktab formasi qimmatlashganligi uchun voyaga yetmagan bolali oilalarga har chorakda berilayotgan kompensatsiya to‘lovlari:

6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga;

6 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarga:

kunduzgi umumta’lim maktablarining 13 yoshdan katta bo‘lgan o‘quvchilariga;

hunar-texnika bilim yurtlarining kiyim-bosh va ovqat bilan ta’minlanmaydigan o‘quvchilariga;

13 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga:

texnikumlar, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari o‘quvchilariga, oliy o‘quv yurtlari talabalariga;

mehnat daftarchasiga ega bo‘lgan ishlovchi yoshlarga;

nogironligi bo‘yicha pensiya yoki nafaqa oluvchi yoshlarga.

6. Kam ta’minlangan oilalarning 2 yoshgacha bo‘lgan bolalariga berilayotgan bepul ovqat.

7. Umumta’lim maktablarining birinchi—beshinchi sinflari o‘quvchilari uchun berilayotgan bepul nonushtalar.

8. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga berilayotgan bepul dori-darmonlar.



9. Bolani parvarishlash uchun ta’tilda bo‘lgan ishlovchi onalarga berilayotgan kompensatsiya to‘lovlari.

10. Bolalarga mo‘ljallangan tovarlarning 50 foizli chegirmalari.
Yüklə 17,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə