Qarori umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘G‘risida


-bob. Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovini tashkil etish tartibi



Yüklə 141,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix27.12.2022
ölçüsü141,15 Kb.
#97918
1   2   3   4   5   6
646-сон 12.10.2020. Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida

2-bob. Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovini tashkil etish tartibi
5. Umumta’lim fanlari bo‘yicha test topshiriqlari formati (fan mazmuni tarkibi, savollar soni,
topshiriqlar turi, vaqt me’yori), baholash mezonlari, test sinovining o‘tkazilishi muddatlari,
shuningdek, talabgor tomonidan to‘ldiriladigan ariza shakli Davlat test markazi tomonidan
tasdiqlanadi va uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
6. Talabgor sertifikat olish maqsadida test sinovida qatnashish uchun “Abituriyentlar
ma’lumotlari va arizalarini ro‘yxatga olish tizimi” orqali elektron ariza berib ro‘yxatdan o‘tadi.
7. Ro‘yxatdan o‘tish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat: fuqarolik pasporti (fuqarolik pasporti bo‘lmagan taqdirda
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi)
yoki ID kartasi;
3,5 x 4,5 sm o‘lchamli oq fondagi rangli fotosuratning elektron shakli (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi
guvohnoma yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi bilan murojaat qilganda).
Talabgor uchun Davlat test markazining rasmiy veb-saytida shaxsiy kabinet yaratiladi.
Talabgor to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng u ro‘yxatdan o‘tgan va Davlat test markazi bilan
ommaviy oferta shartnomasi tuzilgan hisoblanadi.
Qayd etilgan hujjatlardan birortasi mavjud bo‘lmasa, tizim hujjatlarni qabul qilishni rad etadi.
Talabgor haqidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga talabgorning o‘zi shaxsan javobgar
hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
8. Davlat test markazi tomonidan talabgor to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar maxfiyligi
ta’minlanadi. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va
sud tomonidan rasmiy murojaat bo‘lgan taqdirda, ariza beruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
taqdim etiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
9. Test sinovini o‘tkazish joyi va sanasi Davlat test markazi tomonidan belgilanadi.


Test sinovini o‘tkazish sanasi u o‘tkaziladigan kundan kamida yetti kun oldin e’lon qilinadi.
Talabgor test sinovi o‘tkaziladigan sana va joy to‘g‘risidagi ma’lumotga o‘zining shaxsiy
kabineti orqali ega bo‘ladi.
10. Talabgorning test sinovida belgilangan o‘tirish o‘rni Davlat test markazi tomonidan qur’a
tashlash yo‘li bilan aniqlanadi va dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
11. Test sinovi blankalarda yoki kompyuter (onlayn platforma)da o‘tkazilishi mumkin. Test
sinovi Davlat test markazi tomonidan tasdiqlangan imtihon komissiyasi a’zolari va kuzatuvchilar
ishtirokida o‘tkaziladi.
Imtihon komissiyasi yozma yoki og‘zaki test sinovlari belgilanganda shakllantiriladi.
Imtihon komissiyasi tarkibi Davlat test markazi direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi, unga
Davlat test markazi xodimlari va tajribali pedagoglar, malakali mutaxassislar kiritiladi.
Test sinovi tegishli dasturiy ta’minot asosida kompyuterda o‘tkazilganda bilimni baholashning
barcha bo‘limlari qamrab olingan holda bir bosqichda amalga oshiriladi.
12. Test sinovi Davlat test markazi mas’ul xodimining rahbarligida va kuzatuvida o‘tkaziladi.
Test sinovlari maxsus jihozlangan, videokuzatuv bilan ta’minlangan holda Davlat test markazi
vakilining nazorati ostida onlayn o‘tkazilishi mumkin.
Test sinovi vaqtida har bir ish joyida bir nafar talabgor o‘tiradi. Test sinovini o‘tkazish jarayoni
doimiy videotasvirga olinadi.
13. Test sinovini o‘tkazish uchun kuzatuvchilar jalb etilishi mumkin.
14. Test sinoviga jalb etilgan imtihon komissiyasi a’zolari va kuzatuvchilar bilan shartnoma
tuziladi.
15. Talabgor shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida video qayd etish qurilmalari orqali
tekshirishdan o‘tgach test sinoviga qo‘yiladi.
16. Test sinovi o‘tkazilayotgan auditoriyaga har qanday qo‘llanma, adabiyotlar,
telekommunikatsiya va texnika vositalarini olib kirish qat’iyan man etiladi. Test sinovini o‘tkazish
jarayoniga turli xatti-harakatlar bilan salbiy ta’sir qilish: boshqa talabgorlar bilan muloqot qilish,
savollar kitobi varaqlarini yirtish, savollar kitobini boshqa talabgorlarga berish, test sinoviga
ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng yozishni davom ettirish, boshqa talabgorga birorta buyum
uzatish taqiqlanadi.
Ushbu talablarga rioya qilmagan talabgor sinovdan dalolatnoma bilan chetlashtiriladi.
Chetlashtirish dalolatnomasi imtihon komissiyasi raisi va Davlat test markazining test sinovini
kuzatib boruvchi mas’ul xodimi tomonidan rasmiylashtiriladi.
Chetlashtirish dalolatnomasi natijalarning hisoblanmasligiga asos bo‘ladi.
17. Test sinovlari natijalari ular yakunlangan kundan boshlab yigirma ish kunidan kechikmay
Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Yüklə 141,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə