Qarori umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘G‘risida



Yüklə 141,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix27.12.2022
ölçüsü141,15 Kb.
#97918
1   2   3   4   5   6
646-сон 12.10.2020. Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida

3-bob. To‘lov shartlari
18. To‘lov talabgor tomonidan amaldagi elektron to‘lov tizimlari orqali ariza berilgan kundan
boshlab uch kun mobaynida amalga oshiriladi.
To‘lov to‘g‘risidagi ma’lumotni talabgor o‘zining shaxsiy kabineti orqali biladi.
19. Agar ariza beruvchi turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok eta olmaydigan bo‘lsa,
Davlat test markaziga test sinovlari o‘tkaziladigan kundan kamida uch kun oldin yozma va elektron
shaklda murojaat etishi lozim.
Uzrli sababga ko‘ra (kasalligi yoki oila a’zolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni
taqdim etganda) test sinovlarida qatnasha olmagan talabgor test sinovi boshlangan kundan
boshlab besh ish kuni mobaynida ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni Davlat test markaziga
bevosita yoki elektron tarzda taqdim etishi lozim.
Bunda talabgorning arizasiga muvofiq navbatdagi test sinovlariga kiritilishi ta’minlanadi yoki
to‘langan to‘lov to‘liq miqdorda talabgorga qaytariladi.


20. Talabgor test sinoviga kechikkan yoki sababsiz kelmagan hollarda, uning arizasiga binoan
talabgor tomonidan amalga oshirilgan to‘lovning 50 foiz miqdori qaytariladi.
21. Test sinovi o‘tkazilishi jarayonida talabgor bir vaqtda faqat bitta umumta’lim fanidan test
topshirishiga ruxsat etiladi.
4-bob. Apellatsiyalarni ko‘rib chiqish tartibi
22. Test natijalaridan norozi bo‘lgan talabgor test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan
boshlab besh ish kuni mobaynida Davlat test markaziga ushbu Nizomga 
1-ilovaga 
muvofiq yozma
yoki elektron shaklda apellatsiya berish huquqiga ega.
23. Apellatsiyani ko‘rib chiqish uchun Davlat test markazi direktorining buyrug‘i bilan 5 yoki 7
nafar Davlat test markazi xodimlari (umumiy komissiya a’zolari sonining o‘ttiz foizidan oshmagan
holda) va ta’lim tizimi pedagoglaridan iborat bo‘lgan Apellatsiya komissiyasi tuziladi.
Apellatsiya komissiyasi tarkibiga Imtixon komissiyasi a’zolari kiritilmaydi.
Apellatsiya ikki hafta mobaynida ko‘rib chiqiladi. Talabgor Apellatsiya komissiyasi qarori
to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.
24. Apellatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
test sinovi natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyaning qanoatlantirilishini rad etish;
test sinovlari natijalarini o‘zgartirish va apellatsiyani qanoatlantirish.
Agar 
talabgor 
tomonidan 
ko‘rsatilgan 
dalillar 
tasdiqlanmasa, 
apellatsiyaning
qanoatlantirilishini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Agar talabgor tomonidan ko‘rsatilgan dalillar asosli deb topilsa, apellatsiya komissiyasi qarori
bilan test natijalari o‘zgartiriladi.
Apellatsiya komissiyasining qarorlari ushbu Nizomga 
2-ilovaga
muvofiq shaklda
rasmiylashtiriladi.
25. Takroriy apellatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Talabgor Apellatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan
tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-
apreldagi 153-sonli 
qarori
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-
son)

Yüklə 141,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə