Qarori umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘G‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va



Yüklə 141,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix27.12.2022
ölçüsü141,15 Kb.
#97918
1   2   3   4   5   6
646-сон 12.10.2020. Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va
qo‘shimcha
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim
muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 
15-
bandiga 
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Davlat test markazi tomonidan beriladigan umumta’lim fanini (chet tili bundan mustasno)
bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu holatni tasdiqlovchi
hujjatni qabul jarayonida taqdim etganda, sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim
muassasalari bakalavriatining kirish test sinovlarida ushbu umumta’lim fanidan belgilangan
maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi hamda ular ushbu fandan
test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshirmaydi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat
test markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 20-fevraldagi 130-son 
qarorida
:
a) 2-bandning 
to‘rtinchi xatboshisidagi
“chet tillarini” so‘zlari “umumta’lim fanlarini” so‘zlari
bilan almashtirilsin;
b) 
2-ilovada
:
8-bandning 
3-kichik bandidagi
“chet tillarini” so‘zlari “umumta’lim fanlarini” so‘zlari bilan
almashtirilsin;
9-bandning 
3-kichik bandi
 quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3) umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini rivojlantirish
sohasida:
xalqaro e’tirof etilgan baholash standartlari asosida umumta’lim fanlari bo‘yicha test
topshiriqlari tuzilmasini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish;
umumta’lim fanlarini bilish va egallash darajasini aniqlash bo‘yicha xalqaro e’tirof etilgan
baholash standartlari talablariga muvofiq to‘lov asosida test sinovlarini o‘tkazish;
rivojlangan mamlakatlarning tajribasiga tayangan holda umumta’lim fanini bilish
ko‘nikmalarini baholash mezonlarini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish;
oylik ish haqiga ustama belgilangan umumta’lim fanlari o‘qituvchilarini ko‘p komponentli test
sinovlaridan o‘tkazish;
umumta’lim fanlarini bilish darajasiga davlat namunasidagi sertifikatni berish;
umumta’lim fanlaridan test sinovlaridan o‘tuvchi shaxslar uchun o‘quv-metodik
qo‘llanmalarni ishlab chiqish va nashr qilish;
rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish asosida test sinovlari texnologiyasini
takomillashtirish;
test materiallarini ishlab chiqishda hamda ulardan foydalanishda ta’lim muassasalariga va
boshqa muassasalarga metodik yordam ko‘rsatish”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test
sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 24-bandi 
yettinchi xatboshisi
quyidagi tahrirda
bayon qilinsin:
“maxsus dastur orqali bazaga maxsus kod, qayd raqami, ta’lim turi, ta’lim muassasasining
nomi, abituriyentning fuqaroligi, familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, jinsi, pasport seriyasi va
raqami, yashash joyi, tug‘ilgan yili va joyi, ijtimoiy kelib chiqishi, ta’lim olgan ta’lim muassasasi turi,
raqami va nomi, manzili hamda uni tugatgan yili, diplom (shahodatnoma yoki uning o‘rnini
bosuvchi hujjat) raqami, belgilangan tartibda berilgan imtiyozlari haqida ma’lumot (agar ushbu
imtiyozlar bo‘yicha hujjatlar mavjud bo‘lsa) hamda to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar va ko‘zi


ojizlar toifasiga kiruvchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumot, o‘qitish tili, ixtisosligi, chet tili va uni topshirish
usulini kiritish”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2020-y., 09/20/646/1382-son; Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 16.10.2021-y., 09/21/646/0963-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 03.08.2022-y.,
09/22/425/0712-son)

Yüklə 141,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə