Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Svetofor va tartibga soluvchining ishoralari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

7-bob. Svetofor va tartibga soluvchining ishoralari
30. Svetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorug‘lik ishoralari qo‘llaniladi.
Svetofor ishoralari vazifasiga qarab doirasimon, ko‘rsatkich (ko‘rsatkichlar), piyoda yoki
velosiped tasviri tushirilgan ko‘rinishda va X-simon bo‘lishi mumkin.
Doirasimon ishorali svetoforlarda yashil ishoralar bilan bir sathda joylashgan ishoralar yashil
ko‘rsatkich (ko‘rsatkichlar) ko‘rinishidagi bitta yoki ikkita qo‘shimcha tarmoq bo‘lishi mumkin.
31. Svetoforning doirasimon ishoralari quyidagi ma’noni bildiradi:
yashil ishora harakatlanishga ruxsat beradi;
miltillovchi yashil ishora ham harakatlanishga ruxsat beradi va uning ta’sir vaqti
tugayotganligi hamda ko‘p o‘tmay taqiqlovchi ishora yonishi haqida axborot beradi.
yashil ishora o‘chishiga soniyalarda qancha vaqt qolganligi haqida axborot berish uchun
raqamli tablo qo‘llanilishi mumkin;


sariq ishora harakatlanishni taqiqlaydi (Qoidalarning 
42-bandida
ko‘zda tutilgan holatlardan
tashqari) va ishoralar almashuvi haqida ogohlantiradi;
miltillovchi sariq ishora ehtiyotkorlik choralarini ko‘rgan holda harakatlanishga ruxsat beradi
va tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar o‘tish joyi borligidan xabardor qiladi, xavf-xatar
haqida ogohlantiradi;
qizil ishora, shuningdek, miltillovchi qizil ishora harakatlanishni taqiqlaydi;
qizil va sariq ishoralarning bir vaqtda yonishi harakatlanishni taqiqlaydi va ko‘p o‘tmay yashil
ishora yonishi haqida axborot beradi.
32. Yo‘naltirgich ko‘rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon
shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma’noga ega bo‘ladi. Ular faqat ko‘rsatilgan yo‘nalishga
ta’sir etadi.
Agar tegishli yo‘l belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan bo‘lsa, chapga burilishga ruxsat
beruvchi yo‘naltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qo‘shimcha tarmoqdagi yashil
yo‘naltirgich ham xuddi shu ma’noni bildiradi.
Svetoforning qo‘shimcha tarmoqdagi ishora o‘chirilgan bo‘lsa, shu tarmoq tartibga
solayotgan yo‘nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.
33. Svetoforning asosiy yashil ishorasiga yo‘naltirgich (yo‘naltirgichlar)ning shakli tushirilgan
bo‘lsa, u haydovchilarga svetoforning qo‘shimcha tarmog‘i borligi haqida axborot beradi va asosiy
yashil ishora yonganda harakatlanishga ruxsat berilgan yo‘nalishlarni ko‘rsatadi.
34. Agar svetofor ishorasi piyoda tasviri ko‘rinishida bo‘lsa, u faqat piyodalarga, velosiped
tasviri ko‘rinishida bo‘lsa, u faqat velosipedchilar harakatlanishiga ta’sir qiladi. Bunda yashil ishora
piyodalar yoki velosipedchilarning harakatlanishiga ruxsat beradi, qizil ishora ularning
harakatlanishini taqiqlaydi.
Velosipedchilar harakatlanishini tartibga solish uchun o‘lchami kichraytirilgan doirasimon
ishoralarga ega bo‘lgan svetofor qo‘llanilishi mumkin. Bunday holda svetofor bilan velosiped
tasviriga ega bo‘lgan tegishli belgi o‘rnatiladi.
Ko‘zi ojiz piyodalarga qatnov qismini kesib o‘tishlari mumkinligi haqida axborot berish uchun
svetoforning yorug‘lik ishoralariga tovushli ishora ham qo‘shilishi mumkin.
35. Qatnov qismidagi harakatlanish yo‘nalishi qarama-qarshi tomonga o‘zgarishi mumkin
bo‘lgan tasmalarida transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun X-simon qizil
ishorali va pastga yo‘nalgan ko‘rsatkich ko‘rinishidagi yashil ishorali reversiv svetoforlar qo‘llaniladi.
Bu ishoralar qaysi tasma ustiga o‘rnatilgan bo‘lsa, unda harakatlanishni taqiqlaydi yoki
harakatlanishga ruxsat beradi.
Ikki tomoni 1.9 yo‘l chizig‘i bilan belgilangan tasma ustiga o‘rnatilgan va ishoralari o‘chirilgan
reversiv svetofor shu tasmaga kirishni taqiqlaydi.
36. Tramvaylarning hamda maxsus ajratilgan tasma bo‘ylab harakatlanayotgan boshqa
yo‘nalishli transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun “T” harfi ko‘rinishida
joylashgan to‘rtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar qo‘llanilishi mumkin.
Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning o‘zida yonganda, harakatlanishga
ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, o‘ngdagisi o‘ngga, o‘rtadagisi to‘g‘riga yurishga ruxsat
beradi. Pastdagi ishora o‘chirilib, yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish
taqiqlanadi.
37. Temir yo‘l kesishmalarida o‘rnatilgan doirasimon oq rangli miltillovchi ishora transport
vositalarining kesishma orqali harakatlanishiga ruxsat beradi. Svetoforning miltillovchi oq va qizil
ishoralari o‘chirilgan bo‘lib, ko‘rinish chegarasida temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan
poyezd (lokomotiv, drezina) bo‘lmasa harakatlanishga ruxsat etadi.
Temir yo‘l kesishmalarida svetoforning qizil miltillovchi ishorasi bilan bir vaqtda yo‘l harakati
qatnashchilarining kesishma orqali harakatlanishi taqiqlanganligi to‘g‘risida qo‘shimcha axborot
sifatida tovushli ishora ham berilishi mumkin.
38. Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma’noni bildiradi:
Qo‘llari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda:


chap va o‘ng yon tomonidan tramvayga to‘g‘riga, relssiz transport vositalariga to‘g‘riga va
o‘ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o‘tishga ruxsat beriladi;
old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
O‘ng qo‘li oldinga uzatilganda:
chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo‘nalishlarda;
oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o‘ngga harakatlanishga ruxsat beriladi;
orqa tomonidan va o‘ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi;
piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib o‘tishga ruxsat etiladi.
Qo‘lini yuqoriga ko‘targanda:
ushbu Qoidalarning 
42-bandida
ko‘rsatilganidan boshqa hollarda transport vositalari va
piyodalarning barcha yo‘nalishlarda harakatlanishi taqiqlanadi;
tartibga soluvchi haydovchi va piyodalarga tushunarli bo‘lgan boshqa ishoralarni ham berishi
mumkin. Ishoralar yaxshi ko‘rinishi uchun tartibga soluvchi jezl yoki yorug‘lik qaytaradigan qizil
rangli moslamalarni qo‘llashi mumkin. Shuningdek, tartibga soluvchi o‘z faoliyatini maxsus
moslama (tumba) ustida turib olib borishi mumkin.
39. Harakatni tartibga soluvchi yoki IIO xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda, qo‘l
ishorasi yoki ovoz kuchaytirgich yordamida haydovchidan transport vositasini to‘xtatishni talab
qilishi mumkin. Bunda transport vositasining haydovchisi ko‘rsatilgan joyda to‘xtashi shart.
40. Yo‘l harakati qatnashchilarining e’tiborini jalb etish uchun hushtak bilan qo‘shimcha
ishora beriladi.
41. Svetofor (reversivdan tashqari)ning yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida
haydovchilar transport vositalarini to‘xtash chizig‘i (5.33 yo‘l belgisi) oldida (bunda transport
vositasining eng oldingi nuqtasi to‘xtash chizig‘i ustiga chiqib ketmasligi kerak), bunday chiziq
bo‘lmaganda esa:
chorrahada qatnov qismi bilan kesishgan joyida, piyodalarga (ushbu Qoidalarning 
102-bandini
hisobga olgan holda) xalaqit bermasdan;
temir yo‘l kesishmasi oldida ushbu Qoidalarning 
119-bandiga
 muvofiq;
boshqa joylarda svetofor yoki tartibga soluvchining oldida, harakatlanishiga ruxsat berilgan
transport vositalari va piyodalarga xalaqit bermagan holda to‘xtashi kerak.
42. Svetoforning yashil ishorasidan keyin sariq ishora yonganda yoki tartibga soluvchining
qo‘li yuqoriga ko‘tarilganda, Qoidalarning 
41-bandida
nazarda tutilgan joylarda keskin tormoz
bermasdan to‘xtashga ulgura olmaydigan haydovchilarga harakatlanishni davom ettirishga ruxsat
etiladi.
Ushbu ishoralar berilganda, qatnov qismida bo‘lgan piyodalar uni bo‘shatishlari, agar buning
iloji bo‘lmasa, qarama-qarshi yo‘nalishlardagi transport oqimlarini ajratuvchi chiziqda to‘xtashlari
kerak.
43. Tartibga soluvchining ishoralari va ko‘rsatmalari svetofor ishoralari, yo‘l belgilari va
chiziqlari talablariga zid bo‘lgan hollarda haydovchi, velosipedchi va piyodalar tartibga soluvchining
ishoralari va ko‘rsatmalariga amal qilishlari kerak.
Svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid bo‘lgan hollarda haydovchilar svetofor
ishoralariga amal qilishlari kerak.
Agar svetoforning ishoralari ishlamayotgan bo‘lsa, haydovchi boshqa (ko‘ndalang)
yo‘nalishdagi svetofor ishoralari ishlamayotganligiga ishonch hosil qilganidan so‘nggina harakat
xavfsizligini ta’minlagan holda harakatni davom ettirishi lozim.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə