Qarshi davlat universiteti geografiya va agronomiya fakulteti geografiya kafedrasi


DAVLAT TUZUMI, AHOLISI VA MEHNAT RESURESLARI



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə5/18
tarix26.05.2022
ölçüsü2,38 Mb.
#88020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Islandiya va Irlandiya

1.2. DAVLAT TUZUMI, AHOLISI VA MEHNAT RESURESLARI

Davlat tuzumi Islandiya-respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1944-yil 17 iyunda qabul qilingan. Davlat boshligʻi-prezident (Gvyuniy Yavuhenson), u aholi tomonidan toʻgʻridan to'g'ri saylov yoʻli bilan 4-yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident bilan alting (bir palatali parlament) birgalikda amalga oshiradi. Ijrochi hokimiyatni ham prezident amalga oshiradi va hukumatni tayinlaydi. Aholisining 99 % islandlar. Qolgan qismi nemis, norveg va danlar. Rasmiy til-island tili. Dindor aholining 93 % protestant (lyuteran). Aholining 91 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Reykyavik, Koupa-vogur, Akureyri.

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Xalq ittifoqi partiyasi, 1968-yil tuzilgan; Mustaqillik partiyasi, 1929-yil tashkil etilgan; Taraqqiyot partiyasi, 1916-yil tuzilgan; "Xalq uygʻonishi" siyosiy birlashmasi, 1944-yilda asos solingan; Islandiya sotsal-demokratik partiyasi, 1916-yil tashkil topgan; Birlashgan soʻllar bloki, 1999-yilda tuzilgan. Islandiya kasaba uyushmalari birlashmasi 1916-yil tuzilgan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi aʼzosi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Islandiyada 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 10 yillik majburiy boshlangʻich taʼlim, 16 yoshdagi bolalar uchun 3 yillik oʻrta taʼlim joriy etilgan. Oliy taʼlim ti-zimida 5 universitet, jumladan, Reykyavik universiteti, 11 ixtisoslashgan institut bor. Reykyavikda Milliy kutubxona, xalq kutubxonasi, Islandiya milliy muzeyi, Tabiiyot tarixi muzeyi va Davlat badiiy galereyasi mavjud. Eng yirik ilmiy muassasa Reykyavik universiteti huzuridagi ilmiy tadqiqotlar instituti (1937) dir. Unda baliqchilik xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi fanlari va b. boʻlimlar bor. Universitet xuzurida bakteriologiya va patologiya institutlari ham mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Islandiyada bir qancha gaz. va jurnallar nashr etiladi. Yiriklari: "Altidubladid" ("Xalq, gazetasi", kundalik gazeta, 1919-yildan), "Altidumadu-rini" ("Sotsial-demokrat", haftalik gazeta, 1931-yildan), "Vikan" ("Hafta", 2 haftada chiqadigan bezakli jurnal, 1938-yildan) "Vinnan" ("Mehnat", oylik jurnal, 1943-yildan), "Morgunbladid" ("Tonggi gazeta", kundalik mustaqil gazeta, 1913-yildan), "Toudvilinn" ("Xalq erki", kundalik gazeta, 1936-yildan). Islandiyada davlat radioeshittirish va televideniye xizmati mavjud; radioeshittirish 1930 i., televideniye 1966-yil tashkil etilgan. Adabiyoti tarixida saga (xalq, dostonlari) yetakchi janr boʻlgan. Norvegiya va Daniya hukmronligi davrida Islandiyada madaniyati tushkunlikka uchrasada, diniy qoʻshiqlar qatorida qahramonlik qoʻshiqlari ham yaratildi. 18-asrdava 19-asr boshlarida Islandiya adabiyotida jonlanish yuz berdi. B. Torarensen, Y. Xadlgrimsson romantizmning yirik vakillari sifatida maydonga chiqishdi. T. Erlingsson, G. Paulsson kabi shoir va adiblar ijodi realistik ruh bilan sugʻorilgan. X. K. Laksness island mehnatkashlarining erk uchun kurashini tasvirladi. 20-asr boshlarida dramaturgiya rivojlandi. Hoz. zamon adabiyeti taraqqiyotida mashhur hajvchi shoir S. Steynar, hikoyanavis X. Stefaunsson, lirik romanlar muallifi O. Y. Sigurdsson, dramaturg A. Bogason roli katta.


Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə