Qarshi davlat universiteti geografiya va agronomiya fakulteti geografiya kafedrasi



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə6/18
tarix26.05.2022
ölçüsü2,38 Mb.
#88020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Islandiya va Irlandiya

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati 11-13-asrlardan rivojlana boshladi. Bu davrda kitob miniatyurasi, yogʻoch oʻymakorligi sanʼati rivoj topdi. Islandlarning turar joylari langxus ("uzun uy") deb atalgan. Yonma-yon joylashtirilgan bu uylar yerni chuqur oʻyib chim va torf bloklardan kurilgan. Imorat-bop yogʻoch chetdan keltirilgan. 18-asroʻr-talarida Xoular va Reykyavikda toshdan soborlar qurildi. 19-asrda keltirilgan yogʻoch, tuf, bazalt, temirdan 2—3 qavatli uylarni qurish urf boʻldi. 1920-yillar meʼmorligiga zamonaviy shakllar, konstruksiyalar (yaxlit temir-beton, poʻlat sinch) joriy etila boshladi. Keyingi yillarda Reykyavik va Akureyri shaharlarida 4—5 qavatli uylar, maʼmuriy, jamoat binolari daniyaliklar taʼsirida modern uslu-bida barpo etildi. Sigurdur Gudmund-sson, Gudyoun Samuelsson, Sigvaddi Tordarson kabi meʼmorlar yetishib chik,-di (Reykyavikdagi milliy teatr bino-si, 1928—32, Tibbiy markaz, 1946—50 va boshqalar).

Tasviriy sanʼat ijodkorlari mustamlakachilik zulmi ostida ham qad. naqqoshlik, oʻymakorlik anʼanalarini davom ettirdilar. 19-asrda milliy ozodlik kurashi kuchayishi bilan Islandiyadada rassomlik sanʼati — portret (Sigurdur Gudmundsson) va manzara (Tourarini Torlauxsson, Ausgrimur Younsson) janri rivoj topdi. Rassomlar ijodida Islandiyadaning yov-voyi, bokira tabiati qiyofasi milliy uygʻonish ramzi sifatida ifodalandi. 20-asrda Kyarval izgʻirin shimol tabiatini, Gudmundur Torsteynsson xalq ertaklari va afsonalari qahramonlarini, Kristin Younsdouttir, Gunlyoygur Shkeving esa mehnatkash xalq turmushini tasvirladilar. Hay-kaltaroshlardan Eynar Younsson, Aus-mundur Sveynsson va b. island xalqining tarixi, hayoti va folklori mav-zularini haqqoniy gavdalantirdilar. Hoz. zamon rassomchiligida realistik anʼanalar bilan birga modern oqimi ham yoyilgan. Xalq amaliy sanʼati turlari (oʻymakorlik, kashtachilik va boshqalar) rivojlangan.

Musiqasi Anʼanaviy musiqasi, asosan, diniy aytimlari (grigorian, keyinchalik protestant xoralp) hamda xalq (qaxramonlik mavzuidagi rimur, raqsbop vikivaki) qoʻshiqlaridan ibo-rat. Xalq cholgʻularidan torli-kamonli langshpil va fidla sozlari mavjud. Irlandiya professional musiqasi 19-asr oxiridan tez rivojlana boshladi. Unga milliy madhiya muallifi kompozitor S. Svey-nbyornsson asos soldi. U orkestr, fortepiano va skripka uchun asarlar, kantata, balladalar yozdi. 20-asrda Yevropa konservatoriyalarida taʼlim olgan kompozitorlar island folklori asosida milliy musiqa yaratishga harakat qildilar. Kompozitorlardan P. Iso-ulfsson, Y. Leyfs, E. Torodsen, Y. Torarinsson, xonandalardan G. Simonar, S. Islandi, pianinochi A. Beyte-nensson va b. mashhur. Reykyavikda Oliy musiqa maktabi, I. davlat sim-fonik orkestri, musiqa doʻstlari ja-miyati, Kamer musikasi klubi, Jaz klubi va b. bor. Akureyri, Akranes, Xabnarfordur va boshqalar shaharlarda ham musiqa jamiyatlari mavjud bo'lgan.


Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə