Qarshi davlat universiteti n. A. Kayumova informatikani o



Yüklə 3,82 Mb.
səhifə27/166
tarix06.04.2022
ölçüsü3,82 Mb.
#85083
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   166
fayl 1654 20210826

Konsorsium. Ushbu model ikkita ta’lim muassasasining o‘zaro aloqasida olib boriladi, Birinchi muassasa masofaviy o‘qitish uchun o‘quv materiallarini ishlab chiqish bilan shug‘ullansa, ikkinchi muassasa virtual o‘quv guruhlarini o‘qitish vositalari yoki masofaviy o‘qitish dasturi ijrosini ta’minlaydi. O‘zaro aloqada, ishlovchi bu muassasalar universitet, yoxud ta’lim bilan shug‘ullanuvchi markazlar, fakultetlar va hatto tadbirkorlik va davlat tashkilotlari ham bo‘lishi mumkin. O‘qitishning bu modelidan masalan, Kanadada ochiq’quv agentligida foydalanib kelinmoqda (http://www.ola.bc.ca) [26].

Franchayzing. Masofaviy o‘qitishning franchayzing tamoyiliga asoslangan bu modelda ta’lim muassasalari o‘zaro o‘zlari yaratgan masofaviy kurslarni almashadilar. Ushbu modelning xarakterli jihati shundaki, ma’lum bir ta’lim muassasasida o‘qish niyati bo‘lgan talaba yetuk oliy muassasaning konsorsiumi orqali o‘sha hajmda, lekin yuqori sifatli bilim va o‘qish nihoyasida diplom olish imkoniga ega bo‘ladi. Franchayzing modeli asosida o‘qish tashkil etilgan ta’lim mussasalariga ochiq universitet - Biznes oliy ta’lim muassasasi va ular bilan muloqotda bo‘lgan Sharqiy Yevropa universitetlarini keltirish mumkin.

Validatsiya. Masofaviy o‘qitishning bu modeli keng tarqalgan o‘qitish shakllaridan hisoblanadi. Muloqotda bo‘lgan barcha ta’lim muassasalari o‘zaro teng darajada masofaviy o‘qitish bo‘yicha bitim tuzadilar. Ular birgalikda masofaviy o‘qitish dasturi va kursini yaratadilar, beriladigan diplom va sertifikatlar bir xil darajada tan olinadi.


Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə