Qarshi davlat universiteti n. A. Kayumova informatikani o


Web-texnologiya va mobil texnologiyalari



Yüklə 3,82 Mb.
səhifə29/166
tarix06.04.2022
ölçüsü3,82 Mb.
#85083
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   166
fayl 1654 20210826

Web-texnologiya va mobil texnologiyalari. Internet taraqqiyotining zamonaviy tendensiyalari Web 2.0, bulutli texnologiyalariga, ochiq elektron ta’lim resurslari, va ochiq on-line kurslarga asoslangan kompyuter tarmoqlari jamoaviy muloqotning eng asosiy universal vositasiga aylanib borayapti. Hozirgi kunda Internet texnologiyalarining rivojlanishi Web 2.0 va Web 3.0 kabi texnologiyalarning yaratilishiga asos bo‘lmoqda [90].

Web 1.0 texnologiyasi 1999-yilgacha foydalanilgan, uning asosiy funksiyalarini gipermurojaatlar hamda Web-sahifalar bajargan. Internet rivojlanib boshlaganda uning asosiy yutug‘i foydalanuvchilarning axborot almashishilarini tashkil etish bo‘lgan. Umumiy olganda, Web 1.0 ni passiv ma’lumotli WWW- butun dunyo o‘rgumchak to‘rining ‒ “o‘qiluvchi” iborasi bilan tasniflash mumkin. Web 1.0 ‒ bu foydalanuvchilar uchun o‘z fikr va mulohazalarini kiritish imoniyati mavjud bo‘lmagan, passiv holatda axborot olishi mumkin bo‘lgan axboriy portaldir [10].

Internetning qo‘llanilishi Web 2.0 texnologiyasi ostida birlashuvchi yangi texnologiyalar hisobiga ham doimiy kengayib bormoqda.Web 2.0 ning Web 1.0 dan eng muhim farqi uning kontentini hamma yarata oladi. Ijtimoiy servislar-Web 2.0 tarmog‘ining nomidir. Ijtimoiy ta’minotning yangi servislari materiallarni yaratish va ularni tarmoqda nashr qilish jarayonlarini soddalashtirdi. Bugungi kunda Web2.0 texnologiyalardan foydalangan holda millionlab odamlar tomonidan yangi kontent yaratilmoqda. Umumiy olganda Web 2.0 texnologiyasi interfaol ma’lumotli WWW – butun dunyo o‘rgumchak to‘rining - ”yoziluvchi” iborasi bilan tasniflash mumkin.

Web 2.0 texnologiyalar yordamida quyidagi jamoaviy faoliyatni amalga oshirish mumkin [10]:



  • Hamkorlikda qidiruv;

  • Internet havola (Zakladka)larni hamkorlikda saqlash;

  • Mediamateriallarni (fotosuratlar, videotasmalar, audiotasmalar) hamkorlikda yaratish va ishlatish;

  • Gipermatnlarni hamkorlikda yaratish va tahrir qilish;

  • Tarmoqda hujjatlar, elektron jadvallar, prezentatsiyalar (taqdimotlar), boshqa hujjatlarni hamkorlikda yaratish, tahrir qilish va foydalanish.

Web 2.0 texnologiyalarning qulayligi ta’lim jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday texnologiyalar ta’lim oluvchilarga hamkorlikda o‘qish usullarini tanlashga imkoniyat beradi. Ular birgalikda ishlash usullarni tanlaydilar, shuningdek, tajriba olish va almashish maqsadida turli ijtimoiy tarmoq jamoalarida qatnashish imkoniyatini beradi. Blog, viki, delishes, youtube servislari yaxshi didaktik xususiyatlarga ega.

Ta’limda “mobil texnologiya”, “mobil o‘qitishatamasi, shaxsiy yordamchi qurilmalar: mobil telefonlari, noutbuklar, planshet va ko‘chma axborot texnologiyalari qurilmalaridan o‘quv-tarbiya jarayonida foydalanishni anglatadi [52].

Mobil qurilmalari shaxsiy kompyuterga qaraganda ko‘proq foydali va keng imkoniyatga egaligini ko‘rsatmoqda. Mobil telefoni-internetga kirishni ta’minlaydigan, masofali o‘qitish shakli sifatida ishlatilmoqda.

Mobil telefonidan global tarmoqqa kirib, elektron o‘quv resurslari, amaliy mashg‘ulot topshiriqlarini bajarishda foydalanish, qo‘shimcha o‘quv materiallari (rasm, matn, ovozli, video) mavjud bo‘lgan saytlarga kirishni tashkil etish, shuningdek, elektron pochta orqali o‘quv materiallarini, tezkor xabarlarni almashinish va butun ta’lim jarayonin kuzatib borish, ta’limiy muammolarni hal etish mumkin. Mobil telefonlari mobil platformasiga moslab, maxsus ishlab chiqilgan elektron qo‘llanma, elektron kitoblar, o‘quv kurslari, individual fayllardan foydalanib darslarni tashkil etish kabi fuksional imkoniyatlarga ega. Bugungi kunda har xil qiyinlik darajasiga ega bo‘lgan mobil telefonlari uchun ofis ilovalari, o‘rganuvchi-ta’limiy ma’lumotlar, test va boshqalar uchun maxsus dasturlar mavjud [51].

O‘qitish jarayonida mobil texnologiyalaridan foydalanish mobil o‘qitish vositalariga asoslanadi. Mobil o‘qitish vositalarining tasnifi quyidagicha:


  • mobil platformadida shrganishni tashkil etuvchi vositalar: mobil on-line taqdimotlar, mobil on-line o‘quv kurslari, mobil ekskursiya, mobil liga o‘yinlari va boshqalar;

  • talabalar bilan mobil aloqani tashkil etuvchi vositalar: mobil chat, mobil elektron pochta, mobil forum, mobil blog;

  • mobil boshqaruv vositalari: sms-sinov, mobil test va h.k.;

  • Ko‘nikma va qobiliyatlarni shakllantirish vositalari: mobil trening, mobil guruh loyihasi, mobil o‘yin, va boshqalar;

  • mobilli ta’limni qo‘llab-quvvatlash vositalari: berilganlarni uzatuvchi mobil tizimlari, kompyuter ma’lumotlariga tarmoq orqali kirishni ta’minlovchi mobil imkoniyat va h.k.


Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə