Qarshi davlat universiteti n. A. Kayumova informatikani o


-mavzu. Informatika fanlarida o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan texnologiyalar



Yüklə 3,82 Mb.
səhifə37/166
tarix06.04.2022
ölçüsü3,82 Mb.
#85083
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   166
fayl 1654 20210826

6-mavzu. Informatika fanlarida o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan texnologiyalar
Reja

6.1. Informatika fanlarida o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan texnologiyalar va ularning turlari

6.2. Faollashtirishga qaratilgan texnologiyalardan foydalanishga qo‘yilgan talablar.

6.3 Informatika fanlarini o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari.

6.1.Informatika fanlarida o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan texnologiyalar va ularning turlari. Informatika fanlarida o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirish bu o‘quv jarayonida amalga oshadigan, maqsadga erishishga yo‘naltirilgan, ta’lim oluvchilarning faoliyatni maqsadga yo‘naltirib rejalashtirishni nazarga tutadigan jarayon. O‘quv-biluv faoliyatini faollashtirish asosini faollik, faoliyat va o‘quv-biluv faoliyati kabi tushunchalar tashkil etadi. O‘quv-biluv faoliyatini faollashtirish-bilim va faoliyat usullarini samarali o‘zlashtirish bo‘lishi bilan birga, o‘quv materiali har bir o‘quvchining faol aqliy harakatining mahsuliga aylantiriladi [25].

Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamalakatlarda o‘quvchilarning o‘quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba qo‘llangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda.

Informatika fanlarida o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirishning psixologo-didaktik talablariga quyidagilar kiradi:


  • informatikani o‘qitish jarayonida ta’limiy, tarbiyaviy, va rivojlantiruvchi vazifalar birligini ta’minlash;

  • ta’limning didaktik tamoyillari: o‘qitishda ilmiylik, tizimlilik, izchillik, onglilik, faollik, differensiallilik, amaliy, kasbiy yo‘naltirilganlikka erishish, o‘quv faoliyatining ilmiyligi, jamoaviyligi va boshqalarning aloqasini mustahkamlash;

  • o‘qitish jarayonida jadallik va hissiy muhitni shakllantirish;

  • o‘quvchilarninig o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirishga, ijodiy faollikka yo‘naltiruvchi ta’limning turli metod va vositalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish;

  • o‘quvchilarni tizimli mustaqil ta’lim olishga yo‘naltirib borish, o‘quv jarayonini doimiy, davomli nazorat, monitoringini, bilimlarni baholashni yo‘lga qo‘yish;

  • o‘quvchilarning o‘quv-ijodiy faoliyatini rag‘batlantirib borish;

  • o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatni faollashtiradigan vazifalar tarkibi, ketma-ketligi va mazmuni bilan tanishtirib borish va h.k.

O‘quv jarayonida o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirishda o‘qituvchining asosiy vazifasi o‘quvchilarning faollashtiruvchi vositani yaratishdir. Agar o‘quvchilarning faollashtiruvchi vositani yaratish mumkin bo‘lsa, u holda u quyidagi asosiy qoidalarini hisobga olinishini talab etadi:

  • o‘quv jarayonining har bir bosqichida o‘quv maqsadlarining tarkibiy qismi(ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi)da o‘quvchilar faolligini ta’minlovchi faollashtirish vositalarini tanlash;

  • ta’lim tizimining bir butunligining ta’minlanishi;

  • ta’lim tizimi elementlari(ta’limning maqsadi, mazmuni, shakli, metodi, vositasi va nazorat)ning o‘zaro va tizimdagi bir-biri bilan aloqasini aniqlash (maqsadning mazmun bilan, mazmunning vosita bilan, vositaning shakl bilan, yoki ta’lim vositalari: texnik, didaktik yordamchi vositalari va h.k.) va faol holga keltirish;

  • o‘quvchilar faoliyatini faollashtirishda ta’lim tizimining har bir tarkibiy qismi o‘ziga ma’lum vazifani olishi: motivatsiya hosil qilish, mazmunni tezkor yetkazish, yo‘naltiruvchanlik, irodalilik va baholovchilik;

  • ta’lim tizimining tarkibiy qismidagi ta’limning mazmuni, metodlari o‘quv faoliyatini tashkil etish shakllari o‘quvchilar faoliyatini faollashtirishga ko‘proq hissa qo‘shishini hisobga olish va h.k.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, o‘quvchilar o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirishasosida o‘quv jarayonini tashkil etish, shaxs faolligi muammosini hal etib, o‘quvchi faolligini o‘qituvchi faolligi darajasiga yaqinlashtiradi.

A.Abduqodirov o‘quvchilar faoliyatini faollashtirish texnologiyalariga o‘yinli, muammoli, kommunikativ o‘qitish, kerakli tushunchalar kabi texnologiyalarni keltirib o‘tganlar [8], O.YU Gluxova esa o‘z tadqiqotlarida faol (interfaol) o‘qitish, o‘yinli, imitatsiyali, noan’anaviy va loyihaviy o‘qitish texnologiyalarini keltirib o‘tadi [36].



O‘yinli ta’lim texnologiyasi. O‘yin inson faoliyatining bir turi bo‘lib, ta’lim jarayonini turli vaziyatlarda obyekt tomonidan turli harakatlarni bajarish orqali ko‘nikma, malakalarni hosil qilish maqsadida qo‘llaniladi. O‘yinning kompyuterli, imitatsiyali, sport, iqtisodiy, harbiy, ishbilarmonlik tadbirkorlik kabi turlarga ajratilib bevosita ta’lim jarayonida foydalanish mumkin.

O‘yin bu insonni o‘rganish, o‘zining “Men”ini, ijodini, faolligini, mustaqilligini, o‘z-o‘zini amalga oshishini namoyon qilish maqsadida real(yoki xayoliy) haqiqatga berilib ketishining eng erkin, tabiiy shaklidir.

Informatika o‘qituvchilarini tayyorlashda o‘yinli texnologiyalardan foydalanish samarali natijalarga olib keladi [8, 4, 36].

Muammoli ta’lim texnologiyasi. Talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga kelish kabi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan ta’lim muammoli ta’lim deb ataladi.



Kommunikativ o‘qitish-bu o‘quvchilarda kommunikativ (og‘izaki nutqli muloqot, kirishimlilik) aloqaga asoslangan o‘qitish usuli. Bunga “Aqliy hujum”, “Debat”, “Tok-shou” va boshqa o‘quvchilarda nutqiy qobiliyatni shakllantirish texnologiyalari kiradi.


    1. Yüklə 3,82 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə