Qarshi davlat universiteti



Yüklə 227,29 Kb.
səhifə1/4
tarix11.04.2018
ölçüsü227,29 Kb.
  1   2   3   4



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI


KASBIY TA’LIM FAKULTETI

MEHNAT TA’LIMI VA CHIZMACHILIK KAFEDRASI

Himoyaga tavsiya etilsin” ” Himoyaga ruxsat etilsin”



Kasbiy ta’lim fakulteti dekani Mehnat ta’lim va chizmachilik kafedrasi Dotsent Y. T. Bobojonov____________ mudiri dotsent S.Yoqubov___________

________” ________________2012-yil ”________” ___________2012-yil


Kasbiy ta’lim fakulteti kunduzgi bo’limi

5142000-Mehnat ta’limi yo’nalishi bitiruvchisi
SHODIYEVA MUQADDAS QILICHOVNAning


bakalavir darajasini olishi uchun yozilgan

«QUVURLARDA GAZ SUYUQLIK ARALASHMASINING FAZALARI O‘ZGARISHINING OQIM GIDRAVLIK PARAMETRLARIGA TA’SIRINI O‘RGANISH»
MAVZUSIDAGI


Rahbar: dots. Y. T. Bobojonov

Qarshi - 2012y

M U N D A R I J A

KIRISH.....................................................................................................................3

I-BOB. UGLEVODOROD MAHSULOTLARINING FIZIK – TEXNIK XOSSALARI.............................................................................................6

1.1. Zichlik. ………………………………………………………………………..6

1.2. Qovushqoqlik.............................................................................................7

1.3. Portlovchanlik...........................................................................................8

1.4. Bug‘lanuvchanlik....................................................................................11

1.5. Magistral neft quvurining tarkibi va vazifalari....................................12
II-BOB. MAGISTRAL NEFT VA GAZ QUVURLARINING TEXNOLIGIK HISOBLARI........................................................................15

2.1. Neft va neft mahsulotlari quvurlarining texnologik hisoblari............15

2.2. Neft va neft mahsulotlari quvurlarining gidravlik hisobi.....................15

2.3. Neft va neft mahsulotlari quvurlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish usullari.....................................................................................................22

2.4. Neft va neft mahsulotlari quvurining maqbul dasmetrini tanlash...........23
III-BOB. NEFT VA TABIIY GAZNI JO‘NATISHGA TAYYORLASH.......26

3. 1. Neft quduqlaridan olinayotgan neftning tarkibi va undagi qo‘shimchalarning salbiy ta’sirlari......................................................................26

3. 2. Neftni qo‘shimchalardan tozalash...............................................................28

3. 3. Neftni turg‘unlashtirish...............................................................................29

3. 4. Neftni kompleks tayyorlash texnologiyasi..................................................30

3. 5. Gazni jo‘natishga tayyorlash......................................................................31
IV BOB. GAZ – SUYUQLIK ARALASHMASIDA FAZALAR O‘ZGARISHI BILAN BOG‘LIQ JARAYONLARNI O‘RGANISH...........33

4. 1. Relefli gazquvurlarining ichki devorlarida suyuq qatlamlarning hosil bo‘lishi va ularning hajmini aniqlash usuli...................................................33

4.2. Quvurning suyuq massa bilan egallangan qismi-hajmini hisoblash.........36
V BOB. NEFT VA GAZ KOSH1ARINI HAMDA ATROF-MUHITNI MUDOFAZA QILISH...................................................................................................39

5.1. Yer qa’ri va atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risida umumiy qoidalar.....39

5.2. Quduq burg‘ilashda yer qa’rini muhofaza qilish........................................43

5.3. Konni ishlatish mobaynida yer qa’rini muhofaza qilish.............................48

5.4. Quduqni vaqtincha to‘xtatish va tugatish...................................................52

5.5. Atrof-muhitni muhofaza qilish......................................................................54

5.6. Korxonalarda bajariladigan geologik xizmat..............................................57

Xulosa ....................................................................................................................61

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati....................................................................62

K I R I S H

Mavzuning dolzarbligi: Prezidentimiz I.A.Karimov rahbarligida mustaqillikka erishgan mamlakatimiz o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilab, yangi jamiyat barpo etish borasida o‘z andozasini ishlab chiqdi.

O‘zbekiston ham o‘z davlat mustaqilligiga erishganidan keyin yurtimiz va xalqimiz manfaatlariga muvofiq keladigan mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy siyosat olib borish imkoniyati tug‘ildi. Diyorimizning tashqi dunyodan bir asrdan ortiq vaqt mobaynida ajralib qolganiga barham berildi.

Mustaqillik sharofati bilan xalqimiz o‘lkamizdagi beqiyos boylikning abadul-abad haqiqiy egasi bo‘lib qoldi.

O‘zbekiston zamini yer usti va yer osti boyliklarining ko‘pligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Qarorida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini jadal yangilash vazifalari nazarga tutiladi.

Muborak gazni qayta ishlash zavodi va “Shurtan Neft-gaz” unitar korxonasida 400 ming tonna suyultirilgan gaz va gaz kondensati ishlab chiqaradigan qurilmalarni o‘rnatish, kondan olinayotgan gazlarni yana sifatli tozalash, gaz va gaz kondensatlarini quvurlar orqali to‘xtatilishsiz va avariyasiz zarur ishlab chiqarish korxonalariga yetkazib berish kabi dolzarb masalalar shular jumlasidandir.

Shu o‘rinda quvurlarda gaz-suyuqlik aralashmalari harakati dolzarb masala hisoblanadi. Konlardan uzatiluvchi gazning yetarlicha sifatli tozalanmaganligi sababli harakatdagi gaz quvurlarining ichida gidravlik qarshiliklarni oshiruvchi va o‘tkazish qobiliyatini pasaytiruvchi suyuq ifloslangan qatlam yuzaga keladi.

Kompleks tadqiqotlar va ekspluatatsiya ko‘rsatkichlariga ko‘ra, magistral va kon gaz quvurlarining katta qismi o‘z gidravlik samaradorligi koeffitsiyentining 70-90% oralig‘ida ishlamoqda. Bu gaz quvurlarining ichida turli cho‘kindilar yig‘ilib, quvurning ko‘ndalang kesmi yuzasi torayishining natijasi hisoblanadi. Shu paytgacha quvurlarda alohida gaz harakati va alohida neft yoki boshqa suyuqlik harakati atroflicha o‘rganilgan. Lekin qatlamda gaz-suyuqlik harakati (masalan gaz-neft)ga doir masalalar juda kam o‘rganilgan.



Bitiruv malakaviy ishning maqsadi: Quvurlarda gaz-suyuqlik aralashmasining fazalari o‘zgarishining oqim gidravlik parametrlariga ta’sirini o‘rganishdan iborat qilib belgilandi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar bajariladi. Ushbu loyihada gaz quvurlarining ichida yuzaga keladigan real jarayonlarni nazarga tutgan, trassa relyeflarini hisobga olgan holda gaz-suyuqlik harakatining quvurlarda yoqilg‘i-energetik yo‘qotishlarni kamaytirishga yo‘naltirilgan gidrodinamik parametrlarini tahlil etishning samarali usuli yaratiladi. Gaz quvuri ichida yig‘ilib qoladigan suyuq ifloslanishlarining hajmini aniqlashga va uni bartaraf etishga doir aniq usul va tadbirlar tavsiya etiladi. Cho‘kindi qatlamlar bilan ifloslangan quvurlarni tozalashning optimal davri aniqlanadi.

  • Quvurlarda gaz-suyuqlik aralashmasi gidravlik hisobiga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.

  • Gaz-suyuqlik harakatiga doir aniq masalalar keltiriladi va gidravlik parametrlar aniqlanadi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati: Ushbu bitiruv malakaviy ishi Respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining bajarilishi 2009-2011 yillarga mo‘ljallangan amaliy, ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi ITD-13-030 raqamli grant doirasida bajarilgan. Loyixa “Sozdaniye effektivnix metodov analiza gidrodinamicheskix parametrov gazojidkostnix smesey, napravlennix na umenisheniye toplivno – energeticheskix zatrad v truboprovodax” deb nomlanadi. Loyixa bajarilgan gidravlik parametrlarni hisoblash uslubiyoti ham boshqa adabiyotlarda keltirilmagan. Ayniqsa bu parametrlar bevosita Shurtanneftgaz, Muborakneftgaz USHK korxonalari gaz-neft konlaridan olinganligi bilan ham katta amaliy ahamiyatga ega.

I-BOB. UGLEVODOROD MAHSULOTLARINING FIZIK – TEXNIK XOSSALARI

Neft, gaz va neft mahsulotlarining asosiy fizik-texnik xossalariga: zichlik, qovushqoqlik, o‘z-o‘zidan alanga olish harorati, elektrlanish mahsulotlarning zararli xususiyatlari, kritik harorat va kritik bosimi, yoyingan bug‘ bosim, toyingan bug‘ bosimi, portlash, yong‘indan xavflilik va boshqalar kiradi. Bu xossalarni bilish neft-gaz va neft mahsulotlarini tashish va saqlashdagi texnologik jarayonlarni to‘g‘ri tashkil qilish taqozo etadi. Quyida ularning mazmuni bilan tanishib chiqamiz:

Neft qo‘ng‘ir rangli yonuvchan suyuqlik bo‘lib, uning tarkibi

Ss ÷S36 gacha bo‘lgan turli sinf uglevodorod birikmalari hamda kislorod, azot, oltingugurt birikmalari aralashmasida tashkil topgan. Neftning kimyoviy tarkibi qazib olinayotgan konlarga bog‘liq bo‘lib, tarkibidagi moddalarning o‘rtacha qiymatlari quiyidagicha (foizda): uglerod 84-85: vodorod 12-14; kislorod 0,1-0,3 azot; 0,02-1,7; oltingugurt 0,01-5,5.


1. 1. Zichlik

Zichlik deganda, hajm birligidagi modda (neft, neft mahsuloti, gaz) ning massasi tushuniladi.



Bunda: m- massa, kg; V-hajm, m3

Mahsulotlarni tashish va saqlash jarayonida neft va neft mahsulotlarining zichligi absolut hamda nisbiy birliklarda ifodalanadi. Nisbiy zichlik quyidagicha belgilanadi” p204 bu 200 C dagi neft yoki neft mahsuloti zichligining 40 C dagi sub zichligiga bo‘lgan nisbati. Neft va neft mahsulotlaining 200 C dagi nisbiy zichlik ko‘rsatkichlari 0,7 dan, 1,07 gacha o‘zgaradi.

Istalgan haroratdagi (t) absolut zichlik pt bilan belgilanib, uning qiymatini quyiagi ifoda boyicha aniqlash mumkin:



pt= p20-ξ (t-20)

bunda p20- neft yoki neft mahsulotining 200C dagi absolut zichligi. (Labaratoriya tahliliga ko‘ra aniqlanadi, kg/m3):) ξ-harorat koefitsiyenti,

kg/(m3 C0)

ξ=1,825-0,001315 p20


1. 2. Qovushqoqlik

Qovushqoqlik mahsulotlarining o‘quvchanligi, surkaluvchanligini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichlar mahsulotlar oqishida ularning bir bo‘lagi ikkinchi bo‘lagiga ( bir molekulasining ikkinchi molekulasiga) nisbatan siljishida hosil bo‘ladigan ichki qarshiliklar mahsulotlarining molekula massasi va haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Qovushqoqlik ichki ishqalanish kooefsiyenti (a) yoki qovushqoqlik deb ham yuritiladi. Uning birligi S tizimida Paskalsekund (Pa S) da ifodalanadi.

Kinematik qovushqoqolik (v)- bu dinamik qovushqoqolikning tegishli haroratdagi suyuqlik va gazning zichligiga bo‘lgan nisbati. Kinematik qovushqoqlikning S tizimidagi o‘lchov birligi.

μ/p-1m2/s
1. 3. Portlovchanlik

Neft mahsulotlari bug‘lari va gazlar havo bilan qo‘shilib aralashma hosil qiladi. Aralashma tarkibida nahsulot bug‘i yoki gazning miqdori (hajm birligida yoki foizda) ma’lum qiymatga etganda aralashma olov yoki uchqun ta’sirida portlaydi.

Masalan havo aralashma taribida benzin bug‘ining miqdori 1,1÷6 foiz bo‘lganda aralashma olov tas’irida portlaydi.

Aralashmadagi 1,1, foiz benzin bug‘ining quyi 6 foiz esa yuqori portlash chegarasini bildiradi. Benzin bug‘ining miqdori 6 foizdan oshganda aralashma portlamay yonadi.

Metan gazning havo bilan aralashmasi tarkibidagi miqdori 5÷15 foiz oralig‘ida bo‘lganda aralashma ochiq olov ta’sirida portlaydi. Bu yerda ham 5 foiz quyi 15 foiz yuqori portlash chegarasini ko‘rsatadi. Aralashmada metanning miqdori 5 foizdan kam no‘lganda aralashma yonmaydi ham, portlamaydi ham. Metan miqori 15 foizdan oshganda aralashma portlamaydi yonadi. Umuman olganda, har bir modda havo bilan portlovchan aralashma hosil qiladi. Aralashmadagi modda bug‘ining portlash miqdori (chegarasi) uning tabiatga bog‘liq bo‘ladi.

O‘z- o‘zidan alanga olish harorati. Neft mahsulotlari ochiq olovsiz qizdirilganda ularning harorati ma’lum bir nuqtaga yetadi va mahsulotlar o‘z-o‘zidan alanga oladi. Alanga olishga to‘g‘ri kelgan harorat tegishli mahsulot bug‘ining o‘z-o‘zidan alanga olish harorati deyiladi.

Atmosfera bosimida ayrim neft mahsulotlarining o‘z-o‘zidan alanga olish haroratlari quyidagicha ( K da)





Neft mahsuloti


O‘z-o‘zidan alanga olish harorati


Neft mahsuloti

O‘z-o‘zidan alanga olish harorati K

Benzin

663 863

Bomdol

853÷ 903

Kerosin

563 703

Neft

653 ÷ 804

Dizel yoqilg‘isi

573 603

Avtol

573 ÷ 653

Benzin

853 933






Umuman olganda har bir modda o‘z-o‘zidan alanga olish haroratiga ega.



Elektrlanish: Har qanday modda ishqalanishi natijasida elektrlanadi, ya’ni statik zaryad hosil qiladi. Neft va neft mahsulotlari quvurlari orqali oqishi jarayonida quvur devori bilan ishqalanib statik zaryadlar hosil qiladi. Ularning yuqori dielektrik xossaga ega bo‘lishlari hosil bo‘lgan zaryadlarning to‘planib borishini sodir etadi va statistik zaryadlar uzoq vaqt davomida mahsulotlari tarkibida saqlanib turadi. Natijada mahsulot bilan yer o‘rtasida yuqori potensiallar farqi hosil bo‘ladi. Bunday mahsulotlarni yerga ulangan idishlar (rezervuallarga) ga quyishda to‘plangan statik zaryadlar havo orqali uchqun ko‘rinishida idishlariga oqib o‘tadi. Natijada mahsulot bug‘lari yonishi yoki portlashi mumkin. Bunday salbiy oqibatlarning oldini olish uchun mahsulot oqayotgan quvur va to‘kuvchi quyuvchi metal qurilmalarining yerga ulanishini ta’minlash kerak. Bunda oqish jarayonida hosil bo‘layotgan statik zaryadlar yerga o‘tib ketadi.
Mahsulotlarning zararli xususiyatlari. Har qanday moddalar singari neft, gaz va neft mahsulotlari ham zararli xususiyatlarga ega. Ayniqsa oltingugurtli neft bug‘lari inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Odamlarning neft bug‘lari bilan zaharlanishi gazsizlantirilmagan rezervuar va sisternalar hamda nasos va boshqa mahsulotlarni saqlovchi xonalarda sodir bo‘ladi. Mahsulotlarning zararli ko‘rsatkichlari hisobga olinib, ularning havo va suvdagi ruxsat etilgan konsentratsiyalari belgilangan. Ayrim mahsulotlarning ish joylari, xonalar va rezervuarlar havosidagi ruxsat etilgan konsentratsiyalari (K) quyida keltirilgan:


Mahsulot turi

K (mg/l)

Mahsulot turi

K (mg/l)

Erituvchi benzin

0,3

Oltingugurt gaz

0,01

Yoqilg‘i benzinlari

0,1

Vodorod sulfid

0.01

Kerosin

0,3

To‘rt etil qo‘rg‘oshin

0.00005

Ligroin

0,3








1. 4. Bug‘lanuvchanlik

Neft va uning mahsulotlari oddiy sharoitda ochiq yuzadan bug‘ holatiga o‘tish qobiliyatiga ega. Hosil bo‘lgan bug‘lar atrof-muhitga tarqalib (isrof bo‘lib), mahsulot miqdorining kamayishiga va sifatining yomonlashishiga olib keladi. Neft mahsulotlarining bug‘lanuvchanligi ma’lum darajada ularning toyingan bug‘lari bosimi (Ra) orqali xarakterlanadi. Mahsulotlar toyingan bug‘ining bosimi qanchalik katta bo‘lsa, ular shunchalik bug‘lanishga moyil bo‘ladi.

Toyingan bug‘ bosimi bug‘lanayotgan mahsulot yuzasining haroratiga ham bog‘liq bo‘ladi (3-rasmga qarang).

Yong‘indan xavfliligi. Neft va uning mahsulotlari yengil alanga oluvchi va yonuvchi materiallar hisoblanadi.

Magistral gaz quvurining chiziqli bo‘lim.i Bunga BKS dan GTS gacha bo‘lgan quvur uzunligi kirib, u BKS yordamida haydalgan gazni iste’molchilarga yetkazib berish uchun xizmat qiladi.

Magistral gaz quvurining sun’iy va tabiiy to‘siqlar orqali o‘tgan bo‘limi magistral gaz quvurini to‘siqlarning osti yoki ustidan o‘tkazish uchun xizmat qiladi. O‘tish bo‘limlarining konstruksiyalari to‘siqlar turiga ko‘ra arka to‘sin va osib qoyilgan ko‘rinishda bo‘ladi.

Oraliq KS Ularning asosiy vazifalari quvurning gidravlik qarshiliklari natijasida kamaygan gaz bosimini boshlang‘ich bosim darajasiga ko‘tarish va uni yana magistral gaz quvuriga haydashdir. Har bir oraliq KS larida 3ta texnologik jarayon bajariladi:

-gazni mexanik aralashmalardan tozalash;

-gaz bosimini oshirish:

-siqilgan gazni sovitish va yana quvurga haydash.

Oraliq KS lari orasidagi masofa gidravlik hisob orqali aniqlanadi.

Elektrokimyoviy himoya vositalari yer osti magistral quvurlarini tuproq. Daydi toklar va bakteriyalar korroziyasidan himoya qilish uchun xizmat qiladi. Himoya vositalari sifatida turli quvvatga ega bo‘lgan katod stansiyalari va protektor qurilmalari orasidagi masofa hisoblash orqali aniqlanadi.

Yer osti gaz ombori iste’molining mavsumiy notekisligining bir xilda bo‘lishini ta’minlash uchun xizmat qiladi ya’ni bahor-yoz faslida ortiqcha gazlar yer osti gaz omboriga haydaladi, kuz-qish faslida esa yetishmaydigan gazlar miqdori yer osti gaz omboridan olinib iste’molchilarga uzatiladi.

Gaz taqsimlash stansiyasi (GTS) quvurlar orqali oqib kelgan yuqori bosimli gazni kerakli past bosimga kamaytirib berish uchun xizmat qiladi. GTS da gazning bosimi 3,6 va 12 atmosfera bosimigacha kamaytirladi. Shular bilan bir qatorda gaz qo‘shimcha odoratlanib gaz tarmoqlari orqali iste’molchilarga yuboriladi.

1. 5. Magistral neft quvurining tarkibi va vazifalari

Magistral neft quvuri tarkibiga bosh qurilmalar bosh nasos stansiyasi; quvurining to‘g‘ri chiziqli bo‘limi: oraliq nasos stansiyalari: turli to‘siqlar orqali o‘tish bo‘linmalari elektrokimyoviy himoya (EKH) vositalari; elektr va aloqa liniyalari; ta’mirlash va quvurini ishlatish kiradi ( rasm)





1-rasm. Magistral neft quvuri tarkibining umumiy chizmasi:

1- neft quduqlari; 2 – bosh qurulmalar; 3 – bosh nasos stansiyasi (BNS); 4 – quvurning chiziqli bo‘limi; 5 – suniy to‘siqlar; 6 – oraliq nasos stansiyalari (ONS); 7 – tabiiy to‘siqlar; 8 – EKH vositalari; 9 – neftni qayta ishlash zavodi yoki uzatuvchi neft ombori; L – magistral neft quvurining uzunligi.

Bosh qurilmalar. Ularning asosiy vazifalari quduqlardan olinayotgan neftni suvlar, mineral tuzlar, mexanik qo‘shimchalardan tozalash va uni iste’molchilarga jo‘natishga tayyorlab berishdan iborat.

Bosh nasos stansiyasi. Uning asosiy vazifasi jo‘natishga tayyorlangan neftni kerakli bosimda quvurga haydashdan iborat. Neftni magistral neft quvuriga haydashda porshinli va markazdan qochma kuchli nasoslardan foydalaniladi.

Oraliq nasos stansiyalari. Ularning asosiy vazifalari neft oqimining gidravlik qarshiliklar natijasida yo‘qotilgan bosimni birlamchi bosimgacha ko‘tarib berish va yana quvurga haydashdan iborat.

Neftni qayta ishlash zavodi vazifasi. Quvur yoki boshqa transport turi orqali olib kelingan neftni fraksiyalab kerakli neft mahsulotlarini ajratib olish va ularni iste’molchilarga jo‘natishdan iborat. Neftni qayta ishlash jarayonida undan 600 dan ortiq neft mahsulotlari ajratib olinadi.

Magistral neft quvurining qolgan obektlari magistral gaz quvurining obektlari bajaradigan ishlarni bajaradi.




II-BOB. MAGISTRAL NEFT VA GAZ QUVURLARINING TEXNOLIGIK HISOBLARI

2. 1. Neft va neft mahsulotlari quvurlarining texnologik hisoblari

Neft va neft mahsulotlari quvurlarining texnologik hisoblari tarkibiga: quvurning gidravlik hisobi; haydovchi stansiyasi jihozlarini tanlash; mexanik va issiqlik hisoblari; quvurning maqbul diametrini quyidagi birlamchi ma’lumotlar kerak bo‘ladi:

- quvurning yillik m3/ soat va m3/sek ga aylantiriladi;

-quvur yotqiziladigan chuqurlikdagi tuproqning oylik o‘rtacha harorati;

neft va neft mahsulotlarining 200C haroratdagi zichligi p20 hamda 200C va 500C dagi kinematik qovushqoqligi v20 va v50;

-kapital va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash uchun texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar;

-quvur trassasining profil chizmasi va h.k

Texnologik hisoblar “Magistral neft va neft nahsulotlari quvurlarini loyihalashning texnologik meyor va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari”ga muvofiq oshiriladi.


2. 2. Neft va neft mahsulotlari quvurlarining gidravlik hisobi

Quvurning gidravlik hisobining asosiy vazifasiga: quvur uzunligi boyicha umumiy bosim yo‘qolishini aniqlash; haydovchi nasos stansiyalar sonini aniqlash va ularni quvur trassasi boyicha joylashtirish kiradi.

Quvurning gidravlik hisobi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi.

1.O‘tkazuvchanlik qobiliyati va qovushqoqligi boyicha quvurning diametri va suyuqlikning oqish rejimi (reynolds parametri) aniqlanadi.

2. Asosiy quvur va luping boyicha bosimning yo‘qolishi hamda gidravlik nishablik qiymatlari aniqlanadi.

3. Trassa profil chizmasi boyicha dovon (perevel) nuqtagacha bo‘lgan quvurning hisobi uzunligi va tegishli geodezik nuqtalar farqi (Δz) aniqlanadi.

4. Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib nasos stansiyalarining soni aniqlanadi.

Dovon nuqta nima? Bu neft quvuri trassasining eng balandlashgan joyi bo‘lib, bu yer hisobli hajmdagi neft yoki uning mahsulotlarini o‘z og‘irliklari ta’sirida keyingi punktgacha yoki nasos stansiyasi (NS) gacha oqib kelishini ta’minlovchi nuqtadir.

Quvurlarning o‘tkazuvchanlik qobiliyati. Bu hisobli parametrlar va qabul qilingan rejimda quvur orqali haydash mumkin bo‘lgan neft yoki neft mahsulotlarining maksimal miqdoridir.

Yuqorida keltirilganlarga asoslanib, neft va uning mahsulotlari quvurlarining texnoligik hisoblari mazmuni bilan tanishamiz.

1.Yillik mahsulot o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichi boyicha quvurning soat yoki sekunddagi ishlab chiqarish qobiliyati, ya’ni soat yoki sekund davomida haydalayotgan mahsulot miqdori qiyidagicha aniqlanadi:

yoki

bunda: Qy – quvurning yillik mahsulot o‘tkazuvchanligi; (t/yil); 350-quvurning yil davomidadagi ish kuni;-p-neft yoki neft mahsuloti zichligi (t/m3); 24 soat’ 3600 sekund.

2.Aniq o‘tkazuvchanlik qobiliyati va qabul qilingan suyuqlikning oqish tezligiga ko‘ra (1,5÷2,5 m/s)quvurning diaetri aniqlanadi:

bunda: qsek- quvurning sekundlik o‘tkazuvchanlik qobiliyati, ( m3/s);ω-suyuqlikning oqish tezligi (m/s).

Aniqlangan quvur diametri andoza (DAST) boyicha yaxlitlanadi. Tanlangan diametrdagi quvurning devor qalinligi mexanik hisob orqali aniqlanadi.

3. Quvurlarning gidravlik hisoblari quyidagi ifodalar yordamida amalga oshiriladi. Yumaloq qirqimga ega bo‘lgan quvur ichidagi bosimning ishqalanishidagi kamayish hishq (MPa) Darsi-Veysbax ifodasi orqali hisoblanadi.



bunda - gidravlik qarshilik koeffisiyenti; l-quvur uzunligi (hk); d- quvurning ichki diametri (mm); ω-suyuqlikning harakat tezligi (m/s); g- erkin tezlanish (m/s2), (g=9,81 m/s2).

Gidravlik qarshilik koeffisiyenti τ o‘lchov birligiga ega bo‘lmagan son. U suyuqlikning harakat rejimiga bog‘liq bo‘lib, Reynolds soni (Re)kriteriyasi bilan tavsiflanadi. Reynolds soni kriteriyasi, o‘z navbatida, suyuqlikning o‘rtacha tezligi (ω); quvurning diametri (d) va suyuqlikning kinematik qovushqoqligiga (v) bog‘liq.

Suyuqlikning oqimi laminar bo‘lganda (Re <200 da) yumaloq qirqimli quvurlardagi ishqalanish koeffisiyenti faqat Re soniga bog‘liq bo‘lib, v Stoks ifodasi bilan aniqlanadi.



Re>3000 da suyuqlik oqimi turbulent rejimda harakatlanadi. Re=2000 – 3000 oralig‘ida bo‘lganda o‘tish rejimini ham ko‘rish mumkin. Turbulent harakat rejimida faqat Re soniga bog‘liq bo‘lmay, quvurning g‘adir-budurligi ()ga, suyiqligiga, yangi yoki yeskiligiga hamda boshqa ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘ladi. Bu hollardagi ni aniqlash ifodalari o‘quv adabiyotlarida to‘la bayon yetilgan.

Loyihalashning texnologik meyorlariga binoan Re=2000 – 3000 oralig‘ida bo‘lganda magistral quvurlarning amaliy hisoblarida koyeffitsiyyen qiymati yemperik ifoda bo‘yicha aniqlanadi:

Reynoilds soni 3000 dan katta bo‘lganda (Re <3000), ning qiymatlari quvurni g g‘adir- budurligini hisobga oluvchi ifodalar boyicha hisoblanadi (4- jadvalga qarang).





Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə