1.2. Ma’danli moddalar
Insonning oqilona ovqatlanishida asosiy oziq moddalari oqsil, yog‘, uglevod va vitaminlar
qanchalik katta ahamiyat kasb etsa, oziq-ovqat, suv va havo bilan tanaga qabul qilinadigan
ma’danli yoki mineral moddalar ham shunchalik muhimdir. Ularning meyordan kam yoki kо‘p
bо‘lishi turli xastaliklar yuz berishiga olib keladi [18; 51; 56].
Ma’danli moddalar odam tanasi umumiy vaznining 4% ini tashkil qiladi, shuning yarmi
suyaklar, tish, tirnoq, soch kabi “qattiq” qismlarda bо‘lsa, qolgani qon, limfa, tо‘qimalar
suyuqligi, kabi “yumshoq” qismlarda bо‘ladi.
Inson tanasida barcha kimyoviy unsurlar turli miqdorda uchraydi, masalan, kalsiy 1,5-
2,2%, fosfor 0,8-1,2%, ayrimlari esa juda ham oz miqdorda bо‘ladi ( temir va magniy 0,0003
%, mis 0,00015 %, yod 0,0004 % va hakazo ). Shunday bо‘lsa-da, ular hayotiy jarayonlarning
meyoriy kechishi uchun juda ham zarurdir [51].
Ma’danli moddalar 2 ga bо‘linadi:
1.
Makroelementlar.
2.
Mikroelementlar.
|