“Fan, taraqqiyot va yoshlar” ilmiy-amaliy konferentsiya materiallarida, “QarDU xabarlari”da va
Dissertatsiya ishi 81 betdan iborat bо‘lib, unda Kirish, 3 ta BOB, 6 ta paragraf, 6 ta jadval,
16 ta rasm, Xulosa, Amaliy tavsiyalar, Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati va internet saytlari
6
1-BOB. ADABIYOTLAR SHARXI
(Mikronutrientlarga umumiy xarakteristika va ularning inson hayotidagi о‘rni)
Ovqatlanish inson hayotida muhim о‘rin egallaydi. Ovqatlanish orqali organizmning
fiziologik holati yaxshilanib, atrof-muhitning noqulay ta’sirlariga qarshi chidamliligi ortadi [34].
Iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi mikronutrientlar (vitaminlar va
mineral moddalar) almashtirib bо‘lmaydigan oziq moddalar sirasiga kiradi. Ular inson
organizmining me`yorida о‘sib-rivojlanishida, moddalar almashinuvida, kasalliklarga qarshi
kurashuvchanligida va tashqi muhitning zararli ta’sirlariga qarshi chidamliligining oshishida
muhim omil hisoblanadi.
Inson organizmi mikronutrientlarni sintez qilmaydi va uzoq muddatga о‘zida saqlab turish
qobiliyatiga ega emas. Shuning uchun ham bu moddalarni muntazam ovqat bilan birga qabul
qilib turish lozim [38;51].
1992 yilda Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning Rimda bо‘lib о‘tgan
xalqaro konferentsiyasida ma’lum qilindiki, mikronutrientlar tanqisligi nafaqat rivojlanayotgan
mamlakatlarda, balki rivojlangan mamlakatlarda ham mavjud ekan [34]. Masalan, rivojlangan
mamlakat hisoblangan Rossiyaning kattagina aholisi bir qancha vitaminlar va mineral moddalar
(temir, yod, selen, kalsiy va hakazolar) yetishmasligidan turli kasalliklar bilan og‘riganlar.
Rossiya aholisining 80-90% ida vitamin S tanqisligi, 40-80% ida vitamin
Dostları ilə paylaş: