“Ma‟lumotlar bazasi” moduli ishtirokchilarga yozuvlarni yaratish, xizmat ko„rsatish va
yozuvlarni jamlanmadan izlash imkonini beradi. Yozuvlar tuzilmasi o„qituvchi
tomonidan maydonlar soni orqali aniqlanadi. Maydonlar turlari o„z ichiga bayroqlar,
o„tkazgichlar, pastga ochiladigan ro„yxatlar, menyular, matnli sohalar, giperhavolalar,
Ma‟lumotlar bazasida yozuvlarni ko„rib chiqish va tahrirlashda ma‟lumotlarning vizual
ko„rinishi ma‟lumotlar bazasi shablonlari bilan aniqlanadi. "Ma‟lumotlar bazasi"
elementlaridan mashg„ulotlarda tayyor ishlanmalar ko„rinishida foydalanish mumkin,
o„qituvchi esa yozuvlarni ma‟lumotlar bazasiga import va eksport qilishi mumkin.
9
Agar ma‟lumotlar bazasida avtomatik bog„lovchi filtr ishga tushirilgan bo„lsa, u holda
ma‟lumotlar bazasining istalgan yozuvi avtomatik ravishda mashg„ulotda
uchraydigan bir
xil so„z yoki ibora bilan bog„langan bo„ladi.
O„qituvchi yozuvlarni sharhlashga ruxsat berishi mumkin. Yozuvlar o„qituvchilar yoki
talabalar tomonidan baholanishi ham mumkin (teng kuchli baholash). Baholash jurnaliga
yozib qo„yiladigan yakuniy baholashni shakllantirish uchun ballar birlashtirilishi
mumkin.
Ma‟lumotlar bazasi:
veb-havolalar, kitoblar, kitoblarga taqrizlar, jurnallarga havolalar, bibliografik ro„yxatlar
va
boshqalar;
talabalar tomonidan yaratilgan fotosuratlar, plakatlarni aks ettirish, veb-saytlar yoki
ko„rib chiqish va o„zaro sharhlash uchun she‟rlar kabi ko„plab tatbiqlarga egadir.
Dostları ilə paylaş: