1.10.
Wiki
elementi bilan ishlash
Chat
"Chat" moduli ishtirokchilarga real vaqtda sinxron yozma muloqot qilish imkonini
beradi.
Chat bir martalik tadbir bo„lishi mumkin yoki har kuni yoki har haftada bir vaqtning
o„zida takrorlanishi mumkin. Chat sessiyalari saqlanib qolinadi va ulardan foydalanishga
barchaga yoki faqat ba‟zi foydalanuvchilarga ruxsat berilishi mumkin.
Chatlar ayniqsa guruh yuzma-yuz uchrasha olmasa, masalan, quyidagi holatlarda
foydalidir:
*talabalarning bir xil kursda, lekin turli joylarda bo„lgan boshqa talabalar bilan tajriba
almashish uchun muntazam uchrashuvlari;
* talaba o„z o„qituvchisi bilan suhbatda vaqtincha shaxsan qatnasha olmasa;
* talabalar bir-birlari bilan va o„qituvchi bilan o„z yutuqlarini muhokama qilish uchun
birga yig„ilganda;
* kichik yoshdagi bolalar ijtimoiy tarmoqlar dunyosi bilan tanishish uchun kechqurun
uyda chatdan foydalanishganda;
* taklif etilgan ma‟ruzachi bilan savol-javob sessiyalarida;
* talabalarga o„qituvchi yoki boshqa talabalar namunali savollar beradigan testlarga
tayyorgarlik ko„rishda yordam berish uchun.
13
1.11.
Dostları ilə paylaş: |