Qarshi davlat universiteti



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə44/44
tarix22.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#112134
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Qarshi davlat

Shaxs erkinligi – insonlarning о‘z xayoti va faoliyatini amalga oshirish, ozod shaxs sifatida mehnat qilish, bilim olish, о‘zi istagan kasb, hunarli, diniy e’tiqod va boshqalar ixtiyoriy tanlash.
Shaxs – inson aktivligiga xos psixik boshqaruvchilarning maxsus insoniy tizimi, psixikadagi shunday barqaror funksional tizimki, uning yordamida inson о‘zi istiqomat qiladigan muhitda tashabbuskor, maqsad sari intiluvchan bо‘libgina qolmasdan, balki yaxshilashga ham qodir bо‘ladi. Inson shaxs sifatidagi fazilatlarni egallaganligining asosiy belgisi uning turli hatti-harakatlarni sodir qila olish qobiliyati, ya’ni bir-birini inkor etuvchi imkoniyatlarni tanlash, о‘z hayoti hamda о‘zgalar hayoti bilan ham bog‘liq bо‘lgan kо‘plab muhim momentlarni sarhisob qila olishi, о‘z hatti-harakatlari uchun ma’suliyatni о‘z zimmasiga ola bilishi kabilardir.
Shaxsiy aloqadorlik – bu bog‘liqlikning dinamik jihati bо‘lib, hamkorlar о‘rtasidagi maqsadga erishishda qо‘llaniladigan vositalarni kelishi, ulardan har birining qо‘llaydigan strategiyasini koordinatsiya qilishni ta’minlaydi. Aloqadorlik bog‘liqlikni ishtirokchilar manfaatiga moslashtirishning tez moslashuvchan mexanizmidan iborat. U kelishuv о‘zaro hamkorlik yoki kurashga, har bir tomonning о‘z maqsadiga erishishi uchun undashi, muammo va vazifalarni о‘zicha tasavvur qilishi, ularni hal qilishning о‘z usul va vositalaridan iborat bо‘lishi mumkin.
Shaxsiy munosabat – bu hamkorlikdagi faoliyatning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladigan va о‘zaro aloqadorlikdagi strategiyalar kelishuvini kontaktlar о‘rnatilishi va rivojlantirilishining murakkab va serqirra jarayoni, ular о‘rtasidagi munosabatlarning о‘rnatilishi va saqlab turilishidir. Kontakt, о‘zaro aloqadorlik, munosabatlar, kommunikatsiya va idrok shaxsiy munosabatning komponentlari hisoblanadi.
Shaxsiy aloqalar – bu muayyan vaqt ichida ikki yoki undan ortiq kishilar о‘rtasida qaror topadigan barqaror munosabatlardir. Dastlab о‘zaro aloqadorlik kо‘rinishida paydo bо‘lib, keyin tez takrorlanishi tufayli u barqaror munosabatlarga aylanadi. Munosabatlarga misol: dushmanlik, musobaqa, muhabbat, dо‘stlik, ishbilarmonlik munosabatlari. «Jabrdiyda-agressor», «xotinboz – farqiga yetadigan xonim», «injiq boshliq – sustkash ijrochi» va boshqa shunga о‘hshash qaror topgan munosabatlar ishtirokchilar ularni о‘zgartirgunga qadar noaniq muddat davomida mavjud bо‘lib turadi.
Ehtiyojlar – inson yoki hayvonning normal yashashi uchun zarur bо‘lgan yetishmovchilikni aks ettiruvchi psixik yoki fiziologik keskinlik holatidir. Ehtiyojlar holat sifatida subyektning hayotiy faolligining shu ma’noda manbai hisoblanadiki, yuz bergan keskinlikni yо‘qotishga qaartilgan sezilarli ta’sir kuchiga ega.
Qobiliyatlar – u yoki bu sermahsul faoliyatni egallash mahorati bilan bog‘liq bо‘ladigan insonning individual – psixologik xususiyatlari bо‘lib, uning yordamida inson teng bо‘lgan boshqa sharoitlarda ushbu faoliyatni tez va puxta, oson va mustahkam ravishda tashkil qilish va amalga oshirish yо‘llarini о‘zlashtirib oladi.
E’tiqod – shaxning shunday ongli yо‘nalishki, unga о‘y- qarashlari, prinslari va dunyoqarashga mos tarzda yashashga imkon beradi, e’tiqodning predmeti tarlicha bо‘ladi. Vatanga, dinga, fanga, kasbga, axloqiy normalarga, oilaga, gо‘zallika va shunga о‘xshash.
Home sapichs – aqlli zot.
Extiros – uzoq vaqt davom etadigan va barqaror bо‘lgan ematsional xolat.
Qattiyat - ba’zi xollarda kishi qabul qiladigan qarshiliklar amalga oshirishda imkoniyatlarga ishongan xolda juda tez ma’lum bir qarorga kelish.
Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə