Qarshi davlat universiteti



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə7/44
tarix22.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#112134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
Qarshi davlat

Tayanch iboralar: tarbiya, tarbiyaning asosiy turlari, shaxsning rivojlanishi, konflekt, tarbiyaga ta’sir etuvchi omillar, irsiyat, muhit, ta’lim-tarbiya, shaxsning o’z faolligi, oila tarbiyasi

Insonning hayotiy tajribani bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar tariqasida o‘zlashtiradigan bir necha tushunchalar mavjud.Bu o‘quv faoliyati, ta’lim, o‘qish va o‘rganishdir.
Bunday faoliyat unga atrof-muhitga moslashishga, o‘zining asosiy ehtiyojlari, shuningdek, aqliy o‘sish va shaxsiy rivojlanish ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi.
O‘quv faoliyati bu shunday faoliyatki, unda shaxsning psixik jarayonlari shakllanadi va rivojlanadi, uning asosida yangi faoliyatlar yuzaga keladi. O‘quv faoliyati insonning butun hayoti davomida namoyon bo‘luvchi uzluksiz jarayondir.
Ta’lim haqida gapirilganda o‘qituvchining ta’lim jarayonidagi maxsus funksiyalariga e’tibor qaratiladi.
Bunda bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash uchun qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan o‘quvchi tomonidan amalga oshiriladigan o‘quv harakatlari nazarda tutiladi.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan uch tushuncha ham o‘quv faoliyati mazmuniga taaluqlidir. O‘qishning natijasi haqida gapirilganda o‘rganish tushunchasidan foydalaniladi.
O‘quv faoliyatini o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siriga asoslangan o‘quv-bilish jarayoni sifatida turli tomondan tavsiflaganda, biz to‘rt tushunchadan ham foydalanamiz, o‘qituvchi va o‘quvchi ta’sirining qaysi jihati nazarda tutilayotganligiga bog‘liq ravishda biriga urg‘u beramiz.Dastlab o‘rganish haqidagi masalasiga to‘xtalamiz.
Rivojlanish bilan bog‘liq barcha narsani o‘rganish deb aytish mumkin emasligini ta’kidlash joiz. Masalan, unga organizmning biologik jihatdan yetilish jarayonlarini kiritish mumkin emas. Chunki organizmning biologik jihatdan yetilishi ta’lim va o‘rganishga bog‘liq emas. Lekin o‘rganish deb ataladigan barcha jarayonlar yetilishga umuman bog‘liq emas deb bo‘lmaydi.Bu barcha olimlar tomonidan tan olingan. Lekin rivojlanish qay darajada yetilish bilan bog‘liqligini aniqlash muhim. O‘rganish doimo ma’lum darajada organizmning biologik yetilishiga tayanadi. Masalan, bolaga bosh miyadagi nutq uchun javob beradigan bo‘limlar yetilmaguncha gapirishni o‘rgatib bo‘lmaydi.Bu ikki jarayon o‘rtasida teskari aloqa ham mavjud: ta’lim va o‘qish organizmning yetilishiga ham ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatadi.
Insonda bir necha o‘rganish turlari mavjud.Ulardan birinchisi markaziy nerv sistemasi rivojlangan hayvonlarda ham mavjud.
Bu – imprinting mexanizmi bo‘yicha o‘rganish, ya’ni tez, avtomatik ravishda o‘rganishdir. Masalan, o‘rdakchalar tug‘ilishi bilan ona o‘rdakning yurishini ko‘rib orqasidan ergashib yura boshlaydi. Chaqaloqlarda so‘rish reflekslari mavjud bo‘ladi. I.P.Pavlov davridan beri xulq-atvorning bunday shakllari shartsiz reflekslar deb atalgan, ularni ko‘proq “instinkt” deb atash to‘g‘riroq bo‘lur edi.
O‘rganishning ikkinchi turi - shartli reflektor o‘rganishdir. Bu bo‘yicha ham tadqiqotlarni dastlab I.P.Pavlov olib borgan. O‘rganishning bu turi dastlabki neytral qo‘zg‘atuvchiga shartli reaksiyalar sifatida xulq-atvorning yangi shakllari vujudga kelishini nazarda tutadi. Organizmning shartli reflektor reaksiyalarini tug‘diradigan stimullar qabul qilinishi lozim. Masalan, “limon” so‘zini aytishimiz bilan ko‘z oldimizga sariq rangli, nordon ta’mli meva keladi.
O‘rganishning uchinchi turi operant o‘rganishdir. Bunday o‘rganish turida bilim, ko‘nikma va malakalar sinab ko‘rish va xato qilish metodi orqali o‘rganiladi.Individ duch keladigan vaziyatlar unda turli instinktiv, shartsiz, shartli reaksiyalarni vujudga keltiradi. Organizm ketma-ket amalda masalani yechish uchun har birini sinab ko‘radi va bunda avtomatik ravishda erishilgan natijani baholaydi. Eng yaxshi natijaga olib kelgan reaksiya, vujudga kelgan vaziyatda organizmning qulay moslashishini ta’minlagani boshqalaridan ajralib chiqadi va tajribada mustahkamlanadi. Mana shu sinab ko‘rish va xato qilish metodi bilan o‘rganishdir.
Yuqorida tavsiflangan o‘rganish turlari hayvonlarda ham, insonlarda ham uchraydi. Lekin insonlarda o‘rganishning maxsus, oliy turlari mavjud.
Bu birinchidan, boshqa odamlar xulq-atvorini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish orqali o‘rganish bo‘lib, unda inson kuzatilayotgan xulq-atvor shakllarini o‘zlashtiradi.Bu vikar o‘rganish deb ataladi.
Ikkinchi verbal o‘rganish, ya’ni insonning yangi tajribani til orqali o‘zlashtirishidir.Bunday o‘rganish natijasida inson nutqni egallagan boshqa odamlarga, bilim, ko‘nikma va malakalarni uzatishi mumkin.
O‘rganish va ta’lim orasidagi ikki muhim qo‘shimcha farqlarni ta’kidlab o‘tamiz.Ta’lim o‘rganishdan farqli ravishda rejali va ongli boshqariladigan tashkiliy jarayondir. O‘rganish esa stixiyali ravishda ro‘y beradi. O‘qish o‘quv faoliyatining tarkibiy qismi sifatida, o‘quvchilarning ishi bilan bog‘liq ravishda tashkiliy jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Birinchi holda o‘qish ta’limning bir tomoni hisoblanadi, ikkinchi holda ijtimoiylashuvning natijasidir.O‘rganish har qanday faoliyatning natijasi bo‘lishi mumkin, ta’lim va o‘qish tushunchalari esa maxsus o‘quv faoliyati bilan bog‘liqdir.
Agar faoliyatning asosiy motivi sifatida bilishga qiziqish yoki individning psixologik taraqqiyoti nazarda tutilsa, o‘quv faoliyati haqida gapiriladi. Agar motiv individning u yoki bu ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘lsa, ,”o‘rganish” tushunchasidan foydalaniladi. Bunday yo‘l-yo‘lakay o‘rganishga misol sifatida ma’lumotlarni ixtiyorsiz ravishda eslab qolish, o‘quv maqsadlarini ko‘zda tutmagan harakatlarni misol keltirishimiz mumkin. Ta’lim va o‘qish – har doim ongli jarayonlardir, o‘rganish esa ongsiz darajada ham ro‘y berishi mumkin. Ta’lim, o‘qish va o‘rganish orasidagi yana bir farq ma’lumotlarni o‘zlashtirishga tayyorlik turli yosh davrlarida namoyon bo‘ladi. O‘rganishning elemantar turlari – imprinting, shartli reflektor va operant turlariga – bola tug‘ilishi bilanoq amalda tayyor bo‘ladi. O‘qish bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun ongli, maqsadga yo‘naltirilgan qobiliyat sifatida bolada 4-5 yoshligida namoyon bo‘ladi, mustaqil o‘qishga tayyorlik maktabning birinchi sinflarida, 7-8 yosh atrofida vujudga keladi.
O‘rganish jarayoni faoliyat sifatida quyidagi o‘quv-intellektual mexanizmlar hisobiga amalga oshadi:
1.Assotsiatsiyalarning shakllanishi. Bu mexanizm alohida bilimlar orasida yoki tajriba qismlari o‘rtasida vaqtinchalik bog‘lanishlar o‘rnatish asosida yotadi.
2. Taqlid qilish. Ko‘nikma va malakalar shakllanishi uchun asos bo‘ladi.
3. Farqlash va umumlashtirish.Tushunchalar shakllanishi bilan bog‘liq.
4. Insayt ( taxmin).Inson tomnonidan qandaydir yangi informatsiyani qarab chiqish, o‘tmish tajribadan ma’lum narsada noma’lumni ko‘rishdir. Insayt bolaning intellekti rivojlanishi uchun kognitiv baza hisoblanadi.
5. Ijod.Yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni yaratish uchun asos hisoblanadi.
O‘rganishning muvafaqqiyati ko‘p omillarga bog‘liq, ular ichida quyidagi psixologik omillar ham muhimdir: o‘quv faoliyati motivatsiyasi, bilish jarayonlari idrok, diqqat, xayol, xotira, tafakkur va nutqning ixtiyoriyligi, o‘quvchilarda irodaviy va boshqa shaxs hislatlari: ma’suliyat,tirishqoqlik, maqsadga intiluvchanlik, intizomlilik, onglilik, tartiblilik va boshqalarning mavjudligi. O‘quv faoliyati samaradorligining psixologik omillariga hamkorlikdagi faoliyatdagi insonlar bilan o‘zaro ta’sir qila olish ko‘nikmasi, o‘qituvchilar va sinfdoshlari bilan, intellektual rivojlanganlik va boshqalar kiradi. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘rganishga bo‘lgan tayyorlik (ustanovka) muhim hisoblanadi, bunda o‘quv vazifalarining o‘qituvchi tomonidan qo‘yilishi, o‘quvchi tomonidan qabul qilinishi muhim bo‘lib, bunda o‘qituvchi o‘rgatadi, o‘quvchi o‘rganadi.
Rus psixologi A.N.Leontyev inson faoliyatining psixik va amaliy shakllari mavjudligini, bola ongi aynan o‘quv faoliyatida o‘sishini ta’kidlaydi.D.B.El’konin esa o‘quv faoliyatining xususiyatlarini ko‘rsatib, uni mohiyatiga, mazmuniga va o‘zini namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra ijtimoiyligini ta’kidlaydi. O‘quv faoliyati bu shunday faoliyatki, uning natijasida avvalo o‘quvchida o‘zgarish yuz beradi. Uning mahsuli turli motivlar asosida qurilgan bo‘lishi darkor. Bu motivlar bevosita o‘quvchi shaxsining o‘sishi va rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. O‘quv faoliyati ta’lim, o‘qish va o‘rganish degan tushunchalar bilan bevosita bog‘likdir. Ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligidagi o‘quv faoliyati, o‘qituvchining bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘quvchilarga o‘rgatish jarayonidir.
Ta’lim jarayoni bevosita muayyan axborotni, harakatlarni, xulq-atvorning shakllarini o‘zlashtirishga qaratilgandir. O‘qish va o‘rgatish tushunchalari o‘quv faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, ular bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga, o‘rgatishga xizmat qiladi.
O‘quv faoliyatining besh elementi mavjud:
D.B.El’koninning ta’kidlashicha, o‘quv faoliyatining shakllantirilishi bu faoliyat ayrim kishilar bajarilishini asta-sekinlik bilan o‘quvchining o‘ziga o‘qituvchining ishtirokisiz mustaqil bajarish uchun o‘tkazilishidir.
Ta’lim jarayoni alohida tashkil etiladigan hamda boshqariladigan faoliyat bo‘lib, u o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarini tashkil etadi va ularni boshqaradi. Ta’lim jarayoni besh elementdan iborat:
Ta’limning maksadi - nima uchun o‘qitish kerak?
Ta’limning mazmuni - nimaga o‘qitish kerak?
Ta’limniig metodlari, usullari va pedagogik muloqot yo‘llari.
Ta’lim beruvchi.
O‘quvchi.
Ta’lim jarayonini tashkil etish: ideal va amaliy faoliyatning u yoki bu turini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan tashqi olamning muhim ahamiyatli xossalari xususidagi axborotning o‘zlashtirilishi:
faoliyatning ana shu barcha turlari tarkib topgan usullari va
jarayonlarining o‘zlashtirilishiga;
maqsadga muvofik keladigan usullar va jarayonlarni to‘g‘ri
tanlash va foydalanishga bog‘liq.
Ta’lim jarayoni muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun o‘quv faoliyati quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Motivatsiya, ya’ni o‘qituvchi yaxshiroq o‘qitishga, o‘quvchi esa yaxshiroq o‘qishga harakat qilishi kerak.
Ta’limning rivojlangan va egiluvchan tuzilishga egaligi.
3. Turli shakllarda amalga oshirilishi. O‘qituvchiga o‘z ijodiy pedagogik imkoniyatlarini to‘liq amalga oshiradigan, o‘quvchilarga bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish uchun o‘z individual imkoniyatlaridan foydalanish uchun turli shakllarda amalga oshiriladi.
4.Ta’limning zamonaviy texnik vositalar yordamida bajarilishi.
Yuqorida keltirilgan ta’lim va o‘qishga quyilgan talablarni alohida o‘quv faoliyatining o‘zaro bog‘liq ikki jihatidan ko‘rib chiqamiz.
Ta’lim motivatsiyasi o‘quvchilarning o‘quv materialini yaxshiroq o‘zlashtirishiga shaxsiy qiziqishini anglatadi.O‘qituvchining faqat moddiy qiziqishlarini qondirish, yoki ishsiz qolmaslik, qisqarishga tushmaslik uchungina ta’lim berishi, muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, bunda pedagogik faoliyatda yaxshi natijalarga erishish mumkin emas. Ta’lim mahsuldorligini oshirishdagi dastlabki vazifa uni chuqur va ko‘p motivatsiyali jarayonga aylantirishdir.O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘qitish jarayonida o‘z hayotining asosiy mazmuni va maqsadini ko‘ra boshlaganida ta’lim samarali bo‘ladi.
Ta’lim va ta’lim jarayonida bolaning rivojlanishi muammosi yosh davrlari va pedagogik psixologiya fanining asosiy masalalaridan biridir. Ta’lim va rivojlanish muammosiga doir qator nazariyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan biri:
1. Aqliy xatti-harakatlar, bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish nazariyasi (P.Y.Gal’perin).
P.Y.Gal’perin nazariyasi bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni olti bosqichni boshidan kechirib, ularga:
Motivatsiya.
Tushuntirish.
Moddiy formadagi xatti-harakatlarni bajarish.
Baland ovozda xatti-harakatlar va vazifalarni bajarish.
Bajariladigan xatti-harakatlarni ichki rejada ovoz chiqarmaybajarish.
Faoliyatni fikran bajarish kiradi.
Ushbu nazariyada ta’limning uchta asosiy turlari ajratiladi:
- birinchi turda - xatti-harakatlarni o‘zlashtirish xatolar bilan kechadi, berilayotgan material yetarli darajada anglanilmaydi, ta’lim oluvchi ta’limning asl mohiyatini tushunib yetmaydi;
- ikkinchi turda - materialni nisbatan dadil va to‘la tushunilishi va material bilan bog‘liq tushunchalarni ajratilishi bilan xarakterlanadi;
- uchinchi tur - tez, samarador va bexato xatti-harakatlar-ni o‘zlashtirilishini ta’minlab beradi.
2. V.V.Davidov nazariyasi. Ushbu nazariya kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirishini tashkil qiladi. Bunda o‘quvchilar tomonidan ta’lim jarayonida nazariy tushunchalar tizimini o‘zlashtirilishi lozim bo‘lib, bu o‘z o‘rnida xususiydan umumiy bilimlarga o‘tilishni ta’minlaydi.
3.Qator nazariyalar muammoli ta’lim bilan bog‘liq bo‘lib, L.V.Zankov va A.M.Matyushkin tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ta’limda muammoli darslarni tashkil etishga qaratilgandir.
Ta’limning psiholik asoslari muammosi ko‘pgina masalalarni qamrab oladi. Ta’limning muvaffaqiyati bir qator psixologik omillarga bog‘liq bo‘ladi. Avvalo o‘quvchining o‘qishga bo‘lgan munosabatiga to‘xtaylik. Bu munosabat diqqatda, his-tuyg‘ularda, qiziqishlar va irodada, shuningdek, shaxsning tutgan yo‘lida namoyon bo‘ladi.
Ta’lim jarayoni avvalo o‘quvchilar diqqatini yo‘lga solishni talab etadi. Darslarda ko‘rgazmali qurollardan, axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish ta’lim oluvchida ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradi. Ta’lim jarayonida ta’lim beruvchining vazifasi darsda ishlash holatini yuzaga keltirishgina emas, balki o‘quvchilarning darsda o‘tiladigan materialini idrok etishga tayyor turishlarini kuzatish hamdir. Dars jarayonida o‘quvchilarning diqqati o‘zgarib turadi. O‘qitish jarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish va o‘quvchilar diqqatini materialning asosiy jihatlariga jalb etish hamda ularni takrorlash kerak.
Ta’lim jarayonining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchi tomonidan beriladigan ko‘rsatmalarga ham bog‘liq. O‘qituvchining roli shundan iboratki, u o‘quvchilarga tegishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod esda olib kolishi kerakligini, nimani butunlay esda olib qolmasdan, faqat tushunib olish kifoya qilishini, nimani so‘zma-so‘z esda olib qolishni, nimaning ma’nosini o‘z so‘zlari bilan aytib berish uchun esda olib qolish zarurligini ko‘rsatib o‘tishi lozim. Kuzatishlar ko‘rsatadiki, bunday ko‘rsatmalar berilmaganda, o‘quvchilarda ko‘pincha noto‘g‘ri tasavvurlar vujudga keladi.
O‘qitishning emotsionalligi ta’limning muvaffaqiyatliligini ta’minlovchi omillardan biridir. Ta’lim berish jarayoni emotsional jarayon. Agar o‘quvchilarga berilayotgan axborot ularda hech qanday his-tuyg‘u uyg‘otmasa, uni o‘quvchilar yaxshilab esda olib qolmaydilar. Gap o‘quvchilarning psixik holatlari, ya’ni ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari haqida ham borishi kerak, albatta. Ulardagi quvonchli, optimistik kayfiyat o‘quv faoliyatini juda samarali qiladi. O‘quvchilar emotsional ruhdagi materialni durustroq o‘zlashtirib oladilar.


MAVZU. TA’LIM OLISH KOBILIYATI UKUV FAOLIYATI
SUBYEKTLARINING XARAKTERISTIKASI SIFATIDA
Reja:


1.Psixologiyada subyekt tushunchasi.
2.Subyektning asosiy xarakteristikalari.
3. Ta’lim jarayoni subyektlarining maxsus xususiyatlari.
4.Ta’lim olishning umumiy xarakteristikasi va uning kursatkichlari.
5 Ta’lim olish omillari va ta’lim oluvchilar xarakteristikasi.


Insonning hayotiy tajribani bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar tariqasida o‘zlashtiradigan bir necha tushunchalar mavjud.Bu o‘quv faoliyati, ta’lim, o‘qish va o‘rganishdir.
Bunday faoliyat unga atrof-muhitga moslashishga, o‘zining asosiy ehtiyojlari, shuningdek, aqliy o‘sish va shaxsiy rivojlanish ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi.
O‘quv faoliyati bu shunday faoliyatki, unda shaxsning psixik jarayonlari shakllanadi va rivojlanadi, uning asosida yangi faoliyatlar yuzaga keladi. O‘quv faoliyati insonning butun hayoti davomida namoyon bo‘luvchi uzluksiz jarayondir.
Ta’lim haqida gapirilganda o‘qituvchining ta’lim jarayonidagi maxsus funksiyalariga e’tibor qaratiladi.
Bunda bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash uchun qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan o‘quvchi tomonidan amalga oshiriladigan o‘quv harakatlari nazarda tutiladi.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan uch tushuncha ham o‘quv faoliyati mazmuniga taaluqlidir. O‘qishning natijasi haqida gapirilganda o‘rganish tushunchasidan foydalaniladi.
O‘quv faoliyatini o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siriga asoslangan o‘quv-bilish jarayoni sifatida turli tomondan tavsiflaganda, biz to‘rt tushunchadan ham foydalanamiz, o‘qituvchi va o‘quvchi ta’sirining qaysi jihati nazarda tutilayotganligiga bog‘liq ravishda biriga urg‘u beramiz.Dastlab o‘rganish haqidagi masalasiga to‘xtalamiz.
Rivojlanish bilan bog‘liq barcha narsani o‘rganish deb aytish mumkin emasligini ta’kidlash joiz. Masalan, unga organizmning biologik jihatdan yetilish jarayonlarini kiritish mumkin emas. Chunki organizmning biologik jihatdan yetilishi ta’lim va o‘rganishga bog‘liq emas. Lekin o‘rganish deb ataladigan barcha jarayonlar yetilishga umuman bog‘liq emas deb bo‘lmaydi.Bu barcha olimlar tomonidan tan olingan. Lekin rivojlanish qay darajada yetilish bilan bog‘liqligini aniqlash muhim. O‘rganish doimo ma’lum darajada organizmning biologik yetilishiga tayanadi. Masalan, bolaga bosh miyadagi nutq uchun javob beradigan bo‘limlar yetilmaguncha gapirishni o‘rgatib bo‘lmaydi.Bu ikki jarayon o‘rtasida teskari aloqa ham mavjud: ta’lim va o‘qish organizmning yetilishiga ham ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatadi.
Insonda bir necha o‘rganish turlari mavjud.Ulardan birinchisi markaziy nerv sistemasi rivojlangan hayvonlarda ham mavjud.
Bu – imprinting mexanizmi bo‘yicha o‘rganish, ya’ni tez, avtomatik ravishda o‘rganishdir. Masalan, o‘rdakchalar tug‘ilishi bilan ona o‘rdakning yurishini ko‘rib orqasidan ergashib yura boshlaydi. Chaqaloqlarda so‘rish reflekslari mavjud bo‘ladi. I.P.Pavlov davridan beri xulq-atvorning bunday shakllari shartsiz reflekslar deb atalgan, ularni ko‘proq “instinkt” deb atash to‘g‘riroq bo‘lur edi.
O‘rganishning ikkinchi turi - shartli reflektor o‘rganishdir. Bu bo‘yicha ham tadqiqotlarni dastlab I.P.Pavlov olib borgan. O‘rganishning bu turi dastlabki neytral qo‘zg‘atuvchiga shartli reaksiyalar sifatida xulq-atvorning yangi shakllari vujudga kelishini nazarda tutadi. Organizmning shartli reflektor reaksiyalarini tug‘diradigan stimullar qabul qilinishi lozim. Masalan, “limon” so‘zini aytishimiz bilan ko‘z oldimizga sariq rangli, nordon ta’mli meva keladi.
O‘rganishning uchinchi turi operant o‘rganishdir. Bunday o‘rganish turida bilim, ko‘nikma va malakalar sinab ko‘rish va xato qilish metodi orqali o‘rganiladi.Individ duch keladigan vaziyatlar unda turli instinktiv, shartsiz, shartli reaksiyalarni vujudga keltiradi. Organizm ketma-ket amalda masalani yechish uchun har birini sinab ko‘radi va bunda avtomatik ravishda erishilgan natijani baholaydi. Eng yaxshi natijaga olib kelgan reaksiya, vujudga kelgan vaziyatda organizmning qulay moslashishini ta’minlagani boshqalaridan ajralib chiqadi va tajribada mustahkamlanadi. Mana shu sinab ko‘rish va xato qilish metodi bilan o‘rganishdir.
Yuqorida tavsiflangan o‘rganish turlari hayvonlarda ham, insonlarda ham uchraydi. Lekin insonlarda o‘rganishning maxsus, oliy turlari mavjud.
Bu birinchidan, boshqa odamlar xulq-atvorini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish orqali o‘rganish bo‘lib, unda inson kuzatilayotgan xulq-atvor shakllarini o‘zlashtiradi.Bu vikar o‘rganish deb ataladi.
Ikkinchi verbal o‘rganish, ya’ni insonning yangi tajribani til orqali o‘zlashtirishidir.Bunday o‘rganish natijasida inson nutqni egallagan boshqa odamlarga, bilim, ko‘nikma va malakalarni uzatishi mumkin.
O‘rganish va ta’lim orasidagi ikki muhim qo‘shimcha farqlarni ta’kidlab o‘tamiz.Ta’lim o‘rganishdan farqli ravishda rejali va ongli boshqariladigan tashkiliy jarayondir. O‘rganish esa stixiyali ravishda ro‘y beradi. O‘qish o‘quv faoliyatining tarkibiy qismi sifatida, o‘quvchilarning ishi bilan bog‘liq ravishda tashkiliy jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Birinchi holda o‘qish ta’limning bir tomoni hisoblanadi, ikkinchi holda ijtimoiylashuvning natijasidir.O‘rganish har qanday faoliyatning natijasi bo‘lishi mumkin, ta’lim va o‘qish tushunchalari esa maxsus o‘quv faoliyati bilan bog‘liqdir.
Agar faoliyatning asosiy motivi sifatida bilishga qiziqish yoki individning psixologik taraqqiyoti nazarda tutilsa, o‘quv faoliyati haqida gapiriladi. Agar motiv individning u yoki bu ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘lsa, ,”o‘rganish” tushunchasidan foydalaniladi. Bunday yo‘l-yo‘lakay o‘rganishga misol sifatida ma’lumotlarni ixtiyorsiz ravishda eslab qolish, o‘quv maqsadlarini ko‘zda tutmagan harakatlarni misol keltirishimiz mumkin. Ta’lim va o‘qish – har doim ongli jarayonlardir, o‘rganish esa ongsiz darajada ham ro‘y berishi mumkin. Ta’lim, o‘qish va o‘rganish orasidagi yana bir farq ma’lumotlarni o‘zlashtirishga tayyorlik turli yosh davrlarida namoyon bo‘ladi. O‘rganishning elemantar turlari – imprinting, shartli reflektor va operant turlariga – bola tug‘ilishi bilanoq amalda tayyor bo‘ladi. O‘qish bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun ongli, maqsadga yo‘naltirilgan qobiliyat sifatida bolada 4-5 yoshligida namoyon bo‘ladi, mustaqil o‘qishga tayyorlik maktabning birinchi sinflarida, 7-8 yosh atrofida vujudga keladi.
Psixologiyani o‘qitish jarayonida ishlab chiqilgan qonuniyatlar asosida metodika fan sifatida belgilandi. Metodika o‘zining o‘rganish obektiga ega bulib u psixologiyaning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi o‘qitishning barcha masalalarini qamrab oladi. Uning boshqa o‘quv fanlari metodikalaridan farq qiluvchi jihati psixologiyani o‘rganish xususiyatlari, sabablari o‘ziga xosliklari mavjud, bo‘lib shunga bog‘lik ravishda o‘qitish usullari qo‘llaniladi. Fan o‘zining kashf etgan qonuniyatlari asosida hodisalarning bog‘liqlik sabablarini tushuntirib beradi va shu bilan bu hodisani ma’lum sharoitlarda deyarli takrorlash imkonini beradi. Metodikada bunday qonuniyatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
psixologiya o‘quv materiallari tuzilishi va mazmunida fanlarni birlashtirib olib borish;
ko‘nikma va mahoratlarini asta sekin rivojlantirib borib o‘quvchilar, talabalarning anglab yetgan mustahkam bilimlarni egallashlari;
uquv materialining asosiy roli va dars berishning shakl va usullari unga mos kelishi;
uqitish jarayonida tarbiyaning barcha tomonlarini bir biriga bog‘liqligi;
dars o‘tish jarayoninig yaxlitligi va tizimlilig;
Ana shu qonuniyatlar asosida psixologiya ukitish metodikasida tarbiyalovchi funksiyasining umumiy tizimi aniqlandi, ular quyidagilardan iborat:
psixologik tushunchalar tizimi;
uqitish usullari tizimi;
psixologiyani o‘qitish jarayonida tarbiya va ta’limni rivojlantirish tizimi;
uquv ishlarining shakli, tizimi;
dars o‘tishning moddiy bazasini yaratish bilan boglik tizimi;
Metodika amaliy tekshirib ko‘rilgan ilmiy nazariyani beradi, u kuchni tejab sarflash va o‘quv vaqtidan to‘g‘ri foydalanish orqali o‘qitishga imkon beradi. Metodika ta’lim va tarbiya maqsadlarini tushunib yetish, bu maqsadlarga olib boruvchi butun pedagogik jarayonni ko‘ra olishni, dars berishning eng samarali va qulay shakllari, metodlari va vositalarini egalab olishga imkon beradi.
«Birgina nazariyasiz pedagogik tajribaning o‘zi - deb ta’kidlaydi K.D.Ushinskiy, - bu tibbiyotda tabiblikning o‘zidir». Bilimi yo‘q o‘qituvchi ko‘pincha bir qator pedagogik xatolarga yo‘l qo‘yganidan so‘ng, metodikada ancha yillar oldin ma’lum bo‘lgan narsalarni kashf etadi. Metodik nazariyani bilmay turib o‘qituvchi ko‘pincha o‘zi puxta egallab olgan, lekin o‘qitishning muhim bo‘lmagan tomonlariga berilib ketib, har doim ham butun tizimni qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi, buning natijasida o‘qitishning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi maqsadlariga erisha olmaydi.
Bilim, mahorat va o‘qituvchining shaxsiy qiyofasi, sinf e’tiborini mohirlik bilan jalb etishi o‘qitish sifatini oshiradi, lekin shu bilan birga o‘qituvchining o‘qitish san’ati tug‘ma qobiliyatlariga bog‘liq deb xulosa chiqarishga asos bo‘la olmaydi. O‘qituvchi fanning faqatgina ilmiy mazmuninigina bilishi kerak, degan fikr ham noto‘g‘ri. Bunday qarashlar nazariya va metodikaga fan sifatidagi munosabatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘qituvchining pedagogik ijodi u metodika nazariyasini yaxshi egallab olganidagina yuksak samara berishi mumkin. Metodika o‘qituvchi uchun ijod qilishga, turli usullarni bilib olishga, o‘qitish va tarbiyalashda qulay uslub va vositalarni egallashlariga keng yo‘l ochib beradi.
Psixologiya yosh fiziologiyasi, falsafa, pedagogika bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi va psixologiyani o‘qitishda bu bog‘liqlik o‘rnatiladi. Falsafiy pedagogik bilimlar o‘qituvchilar uchun juda zarurdir.Metodika xususan psixologik o‘ziga xoslik bilangina belgilanmaganligi, balki o‘quvchilarning yosh xususiyatlari bilan ham belgilanganligi sababli yosh psixologiyasiga ham tayanadi. Tushunish, tasavvurlarining to‘g‘riligi tushunchasi va mahoratlarning rivojlanishi, bilimlarini mustahkamlash, o‘quvchilarning yosh psixologiyasi asosida amalga oshirilishi kerak. Psixologiya o‘qitish metodikasi pedagogik fan hisoblanib, pedagogika bilan didaktika yo‘nalishi bo‘yicha uning hamma fanlar uchun umumiy bo‘lgan va tarbiya yo‘nalishi bo‘yicha uzviy bog‘liq hisoblanadi.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə