Qarshi Muhandislik-Iqtisodiyot Instituti Geologiya va Konchilik ishi fakulteti Ekologiya va Mehnat muhofazasi kafedrasi


IQLIM O’ZGARISHINI OLDINI OLISH MASALALARI



Yüklə 119,9 Kb.
səhifə5/7
tarix11.02.2023
ölçüsü119,9 Kb.
#100649
1   2   3   4   5   6   7
KURS ISHI (2)

2.3 IQLIM O’ZGARISHINI OLDINI OLISH MASALALARI
Insoniyatning taraqqiyotga erishish yo`lida tabiatga nisbatan xo`jasizlarcha munosabatda bo`lishi atrof-muhitdagi muvozanatning izdan chiqishiga olib keldi. Buning salbiy oqibatlari dunyoning turli mintaqalarida tez-tez yuz berayotgan suv toshqinlari, to`fonlar, o`rmon yong`inlari, qurg`oqchilik, muzliklarning erishi, qush va hayvon turlarining yo`qolib borayotgani, qish kuzatilmaydigan joylarda kutilmaganda qor yog`ishi, aksincha, doimo sovuq ob-havo hukm suradigan o`lkalarda haroratning iliq kelishi va yana shunga o`xshash ko`plab anomal hodisalar misolida yaqqol namoyon bo`lmoqda. Ayniqsa, bir mavsumda xilma-xil iqlim sharoitining ro`y berayotgani, haqiqatan ham, kishini jiddiy o`yga toldiradi. Poyoniga yetgan qish faslidagi holatni eslang-a. AQSHning o`nlab shtatlarida qalin qor yog`ib, qahraton sovuq zabtiga olgan bir paytda Atlantika okeanining boshqa tarafida — Yevropa davlatlarida daryolar o`zanidan toshdi. Portugaliya, Ispaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Irlandiyada takror va takror qayd etilgan kuchli shamol hamda jala talafotlarga sabab bo`ldi. Qurbonlar kuzatildi. Avstraliyada esa mutlaqo boshqacha manzara — haroratning haddan ziyod ko`tarilib ketgani natijasida o`rmon 20 yong`inlari kelib chiqdi. “Tilsiz yov” minglab gektarlardagi daraxtlarning kulini ko`kka sovurdi. Mazkur davlat iqtisodiyotiga, o`simlik va hayvonot dunyosiga katta zarar yetdi. Garchi Sharqiy va Janubiy Osiyo davlatlari uchun to`fonlar azaldan katta tashvish sanalsa-da, so`nggi yillarda ularning ko`lami ancha oshgani xavotir keltirib chiqarmoqda. Vaziyat jiddiyligiga qaramay, sanoat korxonalari tomonidan atrof-muhitga chiqarilayotgan zaharli moddalar hajmining hamon yuqoriligi, ekologiyaga xavf soluvchi turli tadqiqotlarning davom ettirilayotgani iqlim o`zgarishlari bilan bog`liq inqirozni yanada murakkablashtirayapti. Agar tezkor choralar ko`rilmasa, kelgusida global tusdagi muammolar bundan-da ayanchli ko`rinish olishi mumkin. BMTning Iqlim o`zgarishi bo`yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi tomonidan yaqinda e’lon qilingan navbatdagi ma’ruzada bayon etilgan tahlillar ana shunday xulosa chiqarishga asos bo`lmoqda. Mutaxassislarning fikricha, iqlimdagi o`zgarishlar dunyoning barcha okean va qit’alaridagi tabiiy tizimlarda sezilarli o`zgarishlarga sabab bo`layotir. Kelgusi o`n yillikdan boshlab fasllar bilan bog`liq noodatiy jarayonlar boshlanishi mumkin. Masalan, juda qattiq sovuq hukm suradigan qish o`rnini birdaniga jazirama yoz egallashi hech gap emas. Hatto bir kecha-kunduz oralig`ida issiq va sovuq haroratning almashinuvi tez-tez ro`y berishi ehtimolga yaqin. Boshqacharoq izohlansa, yil davomida faqat qish va yoz fasli hukm sursa, ne ajab. Buning oqibatida havo tarkibida atrof-muhitga, inson salomatligiga salbiy ta’sir qiluvchi moddalar miqdori, ummon suvlarining esa kislotalilik darajasi ortishi taxmin qilinmoqda. 2016 yildan 2035 yilga qadar sayyoramizda harorat taxminan 0,7 daraja, 2081 yilga borib esa, 1986 — 2005 yillardagi ko`rsatkichga nisbatan qiyoslaganda, qariyb 2 daraja ko`tarilishi kutilmoqda. Natijada doimiy muzliklarning erish jarayoni tezlashib, okeanlar sathi yuksaladi. Xususan, 2081 — 2100 yillarda ummon suvlari sathi 1986 — 2010 yillardagiga nisbatan 0,58 dan 0,98 metrgacha ko`tariladi. Bu esa, o`z navbatida, toshqinlar ko`payishiga, yer ko`chkilari va eroziyaga, baliqlar hamda quruqlikdagi jonzotlarning pala-partish migratsiyasiga sabab bo`ladi. 21 Iqlim o`zgarishi oziq-ovqat xavfsizligiga ham salbiy ta’sir ko`rsatmasdan qolmaydi. Hisob-kitoblardan kelib chiqib, 2050 yilga borib, makkajo`xori, guruch va bug`doy yetishtirish hajmi 25 foizgacha qisqarishi bashorat qilinmoqda. Aytish kerakki, BMTning Iqlim o`zgarishi bo`yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi tomonidan taqdim etilgan mazkur ma’ruza qariyb ikki ming sahifadan iborat bo`lib, undan ana shu kabi ko`plab yo`nalishlarga oid bashoratlar o`rin olgan. Ma’ruzani tayyorlashda 310 nafarga yaqin muallif va taqrizchi, 400 nafar hammuallif ishtirok etgan. Hujjat Yaponiyaning Yokogama shahrida o`tkazilgan xalqaro anjumanda keng omma e’tiboriga havola qilinib, tadbir chog`ida “Xo`sh, endi nima qilish kerak?” degan savolga ham javoblar, mulohazalar bildirildi. Asosiy fikrlar shu bo`ldiki, aslida iqlim o`zgarishlarini butunlay to`xtatishning iloji yo`q. Chunki, dunyo aholisining iste’mol talabi bunga imkon bermaydi. Lekin kelib chiqishi ehtimoli bo`lgan jiddiy xavf-xatarlarning oldini olish yoki ularning ta’sir darajasini yumshatish mumkin. Ekspertlarning ta’kidlashicha, eng avvalo, havoga chiqarilayotgan karbonat angidrid gazi miqdorini 80 foizgacha qisqartirish zarur. Buning uchun esa Kioto protokolining o`rnini bosadigan yangi global hujjat tayyorlanib, qabul qilinishi lozim. Ishlab chiqarishga zamonaviy, ekologik sof texnologiyalarni joriy etish, aholi o`rtasida targ`ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish samaradorlikka erishishda, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Gap atrof-muhit musaffoligini saqlash, global iqlim o`zgarishi ta’sirini kamaytirish haqida borar ekan, bu yo`nalishda bevosita mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar haqida to`xtalib o`tmoqchimiz. O`zbekiston Respublikasi BMTning iqlim o`zgarishi bo`yicha konvensiyasini ratifikatsiya qilgan. Ushbu konvensiya ijrosi yuzasidan yurtimizda qator tadbirlar bajarilmoqda. Ishlab chiqarishga ekologik sof mexanizmlarni tatbiq etish, avtomashinalarni ekologik sof yoqilg`iga o`tkazish, qishloq xo`jaligida tejamkor texnologiyalarni qo`llash, muqobil energiya manbalaridan foydalanish kabi vazifalar shular jumlasidandir. Davlatimiz rahbarining 2013 yil 1 martdagi “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni bu boradagi islohotlarning mantiqiy davomi bo`ldi, deyish mumkin. Vazirlar Mahkamasining “2013 — 2017 yillarda O`zbekiston Respublikasida atrof-muhit 22 muhofazasi bo`yicha harakatlar dasturi to`g`risida”gi qarori asosida atrof-muhitga salbiy ta’sir ko`rsatayotgan issiqlik gazlari emissiyasini kamaytirish, neft, gaz, kimyo, energetika korxonalarini rekonstruksiya qilish, ekologik sof energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish bo`yicha qator loyihalar amalga oshirilayotir. SHuningdek, o`tgan yil dekabr oyida O`zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to`g`risida”gi Qonuni qabul qilindi. Targ`ibot-tashviqot masalalari ham e’tibordan chetda qolayotgani yo`q. Xususan, ekologik ta’limni takomillashtirish, ekologik muammolarni bartaraf etishda yoshlarning faolligini oshirish borasida ibratli ishlar qilinmoqda. O`zbekiston ekologik harakati, Oliy va o`rta maxsus ta’lim, Qishloq va suv xo`jaligi vazirliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, boshqa davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida an’anaviy tarzda o`tkazib kelinayotgan “Global iqlim o`zgarishiga moslashish bo`yicha eng yaxshi g`oya” tanlovi bunga bir misoldir. Aytaylik, bu galgi tanlovga mamlakatimizning turli hududlaridagi oliy o`quv yurtlari talabalaridan bir yuz yigirmadan ortiq ilmiy loyiha, ma’ruza va maqolalar qabul qilindi, g`olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi. Eng muhimi, yosh tadqiqotchilarning ilmiyijodiy ishlarida qishloq xo`jaligi, sanoat, neft-gaz tarmog`i, chiqindilarni boshqarish sohalariga ekologik sof texnologiyalarni tatbiq etish, suvni tejash, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish borasidagi dolzarb masalalar qamrab olingani diqqatga molikdir. Turli xalqaro anjumanlar, konferensiyalarda global iqlim o`zgarishi oqibatida kelib chiqayotgan salbiy holatlar juda ko`p muhokama qilinadi. Taklifmulohazalar bildiriladi. Lekin ana shunday tadbirlarning aksariyati yakunida yakdil bir qarorga kelinmasligi ham bor gap. Vaholonki, global tusdagi muammoni bir yoki ikki davlatning sa’y-harakati bilan bartaraf etib bo`lmaydi. Bunga birgalikda kurashish talab etiladi. Musaffo osmon, go`zal tabiat va uning bebaho ne’matlari kelgusi avlodlar uchun ham atalganini dildan his qilganlargina, farzandlariga uni bekamu ko`st holda yetkazishga intiladilar. Binobarin, insoniyatning asl vazifasi va maqsadlaridan biri ham mana shunda. 23 Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2030 yilga borib, global isish tufayli jahon iqtisodiyotiga yiliga 2 trillion AQSH dollari miqdorida zarar etishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda “Independent” nashri xabar tarqatdi. Bunga sabab, jazirama odamlarning ishlash layoqatiga salbiy ta’sir ko`rsatib, ish samaradorligini tushirib yuborarkan. Prognozlarga ko`ra, bundan, ayniqsa, Hindiston, Malayziya, Tailand kabi davlatlar nisbatan ko`proq aziyat chekadi.


Yüklə 119,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə