Qatnashdi: mmibdo‘ Sh. Yangiboyeva, Chqbt rahbari N. O‘razmetov, kutubxonachi Sh. Atadjanova, Davlat va huquq asoslari fani o‘qituvchisi A



Yüklə 19,1 Kb.
tarix26.08.2023
ölçüsü19,1 Kb.
#120946
BMT bayonnoma

Yangibozor tumani 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lganligining 31 yilligi munosabati bilan “BMT ” mavzusida o‘tkazilgan tadbir to‘g‘risida


BAYONNOMA
02.03.2023-yil Boshqirshix qishlog‘i
Yig‘ilish raisi: Sh.Yangiboyeva
Kotiba: G.Qadirova
Qatnashdi: MMIBDO‘ Sh.Yangiboyeva, ChQBT rahbari N.O‘razmetov, kutubxonachi Sh.Atadjanova, Davlat va huquq asoslari fani o‘qituvchisi A.Abdullayev, 31 nafar o‘quvchi
KUN TARTIBI
21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi BMT a’zo bo‘lganligining 31 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir to‘g‘risida
ESHITILDI
Kun tartibidagi masala yuzasidan MMIBDO‘ Sh.Yangiboyeva so‘zga chiqib, barchani O‘zbekiston Respublikasi BMT a’zo bo‘lganligining 31 yilligi munosabati bilan tabrikladi. Birlashgan millatlar tashkiloti — dunyoda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash maqsadida tashkil etilgan, jahon mamlakatlari integratsiyasida muhim oʻringa ega xalqaro tashkilot. Unga Oʻzbekiston 1992-yil 2-mart kuni, demokratik islohotlarning ilk bosqichlaridayoq teng huquqli aʼzo sifatida qabul qilingan. O'zbekiston va BMT o'rtasidagi hamkorlikning bosh maqsadi – dunyoda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash, davlatlararo hamjihatlik va do'stona qo'shnichilik aloqalarini mustahkamlash, xalqaro iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, inson huquqlari va erkinligini qo'llab-quvvatlashdan iborat ekani ta'kidlab o‘tdi. So‘zni maktabning CHQBT rahbari N.O‘razmetovga berdi.

CHQBT rahbari N.O‘razmetov o‘z nutqida, O'zbekiston o'tgan o‘ttiz bir yil mobaynida BMTning faol a'zolaridan biriga aylanganligi, ayniqsa 2020 yil 23 sentyabrda bo'lib o'tgan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev global va mintaqaviy ahamiyatga ega tashabbuslarni ilgari surgani e'tirof etildi.


Tadbirda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ishtirokida raqs ijro qilindi, 6-sinf o‘quvchilari tomonidan yod olingan she’r hamda ma’lumotlar tinglandi.
Kun tartibidagi masalalar atroflicha o‘rganilib yig‘ilish
QAROR QILADI

  1. Kun tartibidagi masala yuzasidan MMIBDO‘ Sh.Yangiboyeva axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. 2-mart O‘zbekiston Respublikasi BMTga a’zo bo‘lganligining 31 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir namunali deb topilsin.

  3. Huquq fani o’qtuvchisi A.Abdullayevga ;

-o‘quvchilarga BMT haqida keng ma’lumot berib borish va davra suhbatlar o‘tkazib borish vazifasi toshirildi.
-o‘quvchilarga inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va Unisef haqidagi kitoblarni o‘qishni tavsiya berish.

  1. Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash huquq fani o‘qtuvchisi A.Abdullayev, ijrosini nazorat qilib borish MMIBDO‘ Sh.Yangiboyeva zimmasiga yuklatilsin.

Yig‘ilish raisi: Sh.Yangiboyeva


Kotiba: G.Qadirova
Yüklə 19,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə