QATTIQ JISMNING HARAKAT KINEMATIKASI VA
DINAMIKASI
Nazorat savollari
1.
Qattiq jismni aylanish o‘qiga nisbatan aylanma harakatini asosiy
kinematik haraktyeristikalari (burchakli siljish, burchakli tezlik, burchakli
tezlanish, davr va aylanish chastotasi)ni ta’riflang.
2.
Ilgarilanma va aylanma harakatlarning kinematik xarakateristikalari
bir-biri bilan qanday bog‘langan?
3.
Aylanma harakatni asosiy dinamik harakateristikalari (inertsiya
momenti, kuch momenti, jismning impuls momenti, kuchning impuls
momenti) nimaga bog‘liq?
4.
Aylanma harakat dinamikasini asosiy qonunlarini ta’riflang, ularga
kiruvchi fizik kattaliklarni tushuntirib bering.
5.
Burchakli tezlik, burchakli tezlanish, kuch momenti, Impuls
momenti vektorlarining yo‘nalishi qanday aniqlanadi?
6.
Ilgarilanma va aylanma harakatlar xarakateristikalari va qonunlari
orasidagi o‘xshashlikni ko‘rib chiqing.
7.
Aylanish o‘qi parallel ko‘chirilganda jismning inertsiya momenti
qanday aniqlanadi?
Masalalarni yechish uchun uslubiy ko‘rsatmalar
Qattiq jismning aylanma harakat mexanikasi bo‘yicha masalalar
yechish metodikasi burilish burchagi, burchakli
tezliklariga asoslangan
kinematik tenglamalar tuziladi. Bunday tenglamalarni tuzishda burchakli
tezlik va burchakli tezlanish vektor kattaliklar ekanligini nazarda tutish
kerak. Tekis tezlanuvchan aylanma sharakatda burchakli tezlanishi
vektorlarining yo‘nalishi, burchakli tezlikning yo‘nalishi bilan ustma-ust
tushadi. Bunday sholda
ε musbat ishora bilan olinadi. aylana bo‘ylab tekis
sekinlanuvchan sharakatda burchakli tezlik vektorining yo‘nalishi
bilan
qarama-qarshi tushadi. Bunday hollarda
minus ishora bilan olinishi
kerakligini esda tutish kerak.
Umuman olganda qattiq jismning
aylanma harakat mexanikasi
bo‘yicha masalalar yechish metodikasi ilgarilanma harakat mexanikasi
bo‘yicha masalalar yechish metodikasidan farq qilmaydi.
Jismning massa markazi harakat dinamikasi uchun ∑
𝐹
𝑖
= 𝑚𝑎 va
aylanma harakat dinamikasi uchun ∑
𝑀
𝑖
= 𝐼𝛽 asosiy qonunlar
tenglamalari qattiq jismni harakat tenglamalaridir. Ular qattiq jism tekis
o‘zgaruvchan harakat qilganda kuch
va tezlanishni hisoblashda
qo‘llaniladi. Harakat tenglamasi sistemaning har bir jismi uchun alohida
tuziladi. Agarda qattiq jismlar harakatida inersiya momentiga oid
masalalar qo‘llanilsa Shteyner teoremasini ham to‘g’ri qo‘llash zarur.