Qayd etilganidek, mobil qurilmalarni hisobga olish tizimining joriy etilishi mamlakatimizda 019 yilning aprelidan boshlanadi



Yüklə 14,73 Kb.
tarix10.04.2023
ölçüsü14,73 Kb.
#104931
14 mavzu


aqinda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan “Respublikamiz hududlarida mobil aloqa tarmoqlarini kengaytirish va mobil qurilmalarni hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tizimini joriy etish boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida” matbuot anjumani oʻtkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumki, axborot texnologiyalarini joriy etish mamlakatimiz uchun muhim iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyat kasb etadi, shuningdek, mamlakatimizning raqobatbardoshlilik darajasiga bevosita taʼsir koʻrsatadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda 22 milliondan ziyod mobil aloqa abonentlari, shuningdek, 16 milliondan koʻproq mobil internet foydalanuvchilari mavjud. Respublikamizdagi mobil aloqa tizimi AKT sohasining barcha yoʻnalishlarini rivojlantirishda ulkan ahamiyatga ega. Aynan shuning uchun matbuot anjumanida hududlarda mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish, aholiga hamda korporativ mijozlarga koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish va infratuzilmalarini modernizatsiyalash masalalari muhokama etildi.
Tadbir mamlakatimizning barcha mobil aloqa operatorlari ishtirokida oʻtdi. Unda ular oʻz mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, yangi xizmatlar va texnologiyalarni joriy etish borasidagi taqdimotlarini oʻtkazdilar.
2019 yilda Oʻzbekiston mobil aloqa operatorlari respublikamizning barcha hududlari boʻylab 3000 ta yangi baza stansiyasini oʻrnatadi.
Matbuot anjumani doirasida respublikamiz uchun yangi boʻlgan xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari boʻyicha mobil qurilmalarni roʻyxatdan oʻtkazish tizimini joriy etish haqida ham batafsil maʼlumot berildi. Mazkur jarayonlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 oktyabrdagi 847-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Qayd etilganidek, mobil qurilmalarni hisobga olish tizimining joriy etilishi mamlakatimizda 2019 yilning 1 aprelidan boshlanadi.
Nega shunday qilinmoqda?
“Telekommunikatsiyalar bozorida kontrafakt yoki noqonuniy yoʻllar bilan olib kelingan mobil qurilmalar juda katta solishtirma ogʻirlikka ega, - dedi vazirlikning telekommunikatsiya tarmoqlarini istiqbolli rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Timur Mashanpin. – Statistikaga koʻra, har yili 10-15 foiz abonentlar oʻz mobil qurilmalarini oʻzgartirishadi. Biroq amaliyot shuni koʻrsatmoqdaki, rasman olib kirilgan mobil qurilmalar juda kam va mamlakatga 95-96 foiz mobil qurilmalar noqonuniy yoʻl bilan olib kirilmoqda deb taxmin qilish mumkin”.
Uning soʻzlariga koʻra, vazirlikka odamlar aloqa sifati boʻyicha koʻplab shikoyatlar qilishadi. Vazirlik va mobil aloqa operatorlari, shuningdek, Elektrmagnit moslashuv markazi vakillari joylarga borib, vaziyatni oʻrganib, tegishli oʻzgartirishlarni amalga oshirishganda, qiziqarli xulosaga kelishmoqda.
“Shikoyat qiluvchilarda aloqa signali darajasi qonunchilik standartlari talablariga mos kelishi aniqlanmoqda. Biroq foydalanuvchining mobil qurilmasi umumqabul qilingan xalqaro talablarga mos emas. Odam aloqadan emas, balki kontrafakt yoʻl bilan olib kirilgan mobil qurilmasidan shikoyat qilayotgan boʻlib chiqyapti”, - dedi u.
Oʻzbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tizimining operatori sifatida “Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” Davlat unitar korxonasi belgilangan boʻlib, mazkur korxona negizida mobil qurilmalarni hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tizimi oʻrnatildi. Mazkur tizim Oʻzbekiston Respublikasining barcha GSM-operatorlari tarmoqlariga ulangan boʻlib, ular oʻrtasida onlayn rejimida oʻzaro maʼulumot almashish imkonini beradi. Shuningdek, mazkur tizim import qilinadigan mobil qurilmalarning registratori vazifasini bajaradi.
1 apreldan boshlab Oʻzbekiston GSM-operatorlari tarmoqlarida foydalaniladigan barcha mobil qurilmalarning avtomatik tarzda roʻyxatga olish amalga oshiriladi.
Qurilmani avtomatik roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun haq olinmaydi.
Mahalliy GSM-operatorlar tarmogʻida oʻzining mobil qurilmasidan foydalanayotgan abonentlardan ularga tegishli qurilmani roʻyxatdan oʻtkazish uchun hech qanday harakatlar talab etilmaydi – roʻyxatga olish harakatlari tizim operatori va aloqa operatorlari tomonidan amalga oshiriladi.
“Yangi tizim IIV, Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya qilinadi, bu kontrafaktni kamaytirish imkonini beradi. Qolaversa, bunday tizimlar Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Rossiyada ham joriy etilyapti. Uning ishga tushirilishi bilan telefon oʻgʻirlash va ularni qoʻshni davlatlarga olib chiqish puchga chiqadi, sababi ular “qora roʻyxat”ga tushadi va baribir ishlamaydi”, - dedi u.
Hisobga olish va qurilmani roʻyxatdan oʻtkazish tizimi quyidagilardan foydalanishni cheklashga imkon beradi:
1) kontrafakt qurilmalarni – yaʼni IMEI-kodi qurilmaning haqiqiy modeliga muvofiq kelmaydigan qurilmani,
2) oʻgʻirlanganlik yoki yoʻqotganlik sababidan “qora roʻyxat”ga kirib qolgan qurilmani, 
3) bojxona nazoratidan oʻtmagan qurilmalarni.
Telefon sotib olishdan avval qurilma IMEI-kodi maqomini toʻgʻriligini – uzimei.uz tizimining rasmiy saytida tekshirib olish tavsiya etiladi.
Hisobga olish va roʻyhatdan oʻtkazish tizimi, shuningdek, GSMA assotsiatsiyasi bilan axborot almashinuvini oʻrnatishga, qolaversa, oʻgʻirlangan yoki yoʻqolgan abonent qurilmalari roʻyxati almashinuvini yoʻlga qoʻyish imkonini beradi.
Hozirgi paytda GSMA bazasiga 43 mamlakatning 118 ta mobil operatori ulangan. Belgiya, Chili, Kosta-Rika, Kipr, Daniya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Gana, Vengriya, Irlandiya, Italiya, Malta, Norvegiya, Portugaliya, JAR, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Venesuela shular jumlasidandir. GSMA bilan axborot almashinuvi boshqa mamlakatlar hududida oʻgʻirlangan yoki yoʻqolgan qurilmalarni ishlatishni cheklash imkonini beradi. Ayni paytda, Oʻzbekiston hududida va aksincha GSMAʻga aʼzo kompaniyalar tarmoqlarida Oʻzbekiston Respublikasining “qora roʻyhati”ga kiritilgan qurilmalarni ishlatishning imkoni boʻlmaydi.
Mobil terminallarni hisobga olish nazorati tizimi quyidagilarga imkon beradi:
Abonent qurilmalaridan foydalanish yoki oʻgʻirlangan qurilmalar bilan bogʻliq jinoyatlarni oldini olish va aniqlash.
Oʻzbekiston Respublikasiga noqonuniy, kontrabanda yoʻl bilan abonent qurilmalarini olib kelinishini cheklash.
Xaridorlarga abonent qurilmalarini sotib olish paytida ularning maqomini tekshirishga, xarid qilinayotgan mahsulot sifati va servis xizmati kafolatini taʼminlashga yordam berish.
Xavfsizlik talabiga javob bermaydigan kontrafakt abonent qurilmalaridan foydalanishni kamaytirish hisobiga fuqarolar sogʻligʻi himoyalash.
Kontrabanda va kontrafakt abonent qurilmalari noqonuniy aylanmasining pasayishi hisobiga telekommunikatsiya bozorida sogʻlom raqobatni taʼminlash.
Matbuot anjumanida muhokama qilingan masalalar millionlab abonentlar uchun oʻta muhimligi sababli Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish dazirligi mutaxassislari jurnalistlarga murojaat qilib, aholini mobil aloqa qurilmalarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tizimining joriy etilayotgani yuzasidan keng xabardor qilishni soʻrashdi.
Oʻz navbatida, Vazirlik 2019 yil mobaynida Oʻzbekiston mobil aloqa abonentlari uchun noqulaylik tugʻilishining oldini olish va aholi xabardorligini oshirish maqsadida keng tushuntirish ishlarini yoʻlga qoʻyadi.
Yüklə 14,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə